Bekobod tumani MMTB
470 subscribers
4.89K photos
291 videos
126 files
1.16K links
Bekobod tumani maktabgacha va maktab bo'limi,
Manzil: Zafar shaharchasi Porloq k-si 13-uy
E-mail: [email protected]
Telefon:(+998 70) 935-21-80 Murojaatlar uchun bot: @bekobodtmmtbmurojaat_bot
Download Telegram
⚡️ Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yigʼilishining 298-son Bayoni "Yoshlar turizm haftaligi" doirasida "Yangi yilda-Yangi Oʼzbekiston boʼylab sayohat" tadbirini tashkil etish va oʼtkazish maqsadida Bekobod tuman XTB ga qarashli umumtaʼlim maktablari iqtidorli 7-11-sinf oʼquvchilari uchun Olmaliq shahridagi "Oʼlkashunoslik" muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Soʼngra Ohangaron tumanidagi Shoabdumalik ota ziyoratgohini ziyorat qilishdi hamda Nurafshon shahridagi Davr restoranida tushlik qilindi va Nurafshon shahridagi "Smart city" hududidagi yangi yil archasi tadbirida ishtirok yetishdi.

Sayohat davrida oʼquvchilar bir olam taassurotlar bilan hamda koʼtarinki kayfiyatda qaytishdilar.

@BekobodtumaniXTB
⚡️2023 йил учун дам олиш кунлари белгиланди

ЎзАнинг (@uzauz) хабар беришича, Президентнинг тегишли фармонига кўра, 2023 йилда қуйидаги қўшимча дам олиш кунлари белгиланди:

Барча ходимлар учун (иш ҳафтасининг туридан қатъи назар):

2 январь – душанба;
30 июнь – жума
.

Олти кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун:

3 январь – сешанба;
20 март – душанба;
22 март – чоршанба;
24 апрель – душанба;
1 июль – шанба;
2 сентябрь – шанба;
30 декабрь – шанба.

Беш кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун дам олиш кунлари қуйидаги тартибда кўчирилади:

7 январь – шанба кунидан 3 январь – сешанба кунига;
11 март – шанба кунидан 20 март – душанба кунига;
25 март – шанба кунидан 22 март – чоршанба кунига;
29 апрель – шанба кунидан 24 апрель – душанба кунига.


@BekobodtumaniXTB
Forwarded from Rustam Karimjonov
⭕️ Universitet talabalari hamda startuplar diqqatiga!
Sovrin fondi jami 500 ming AQSh dollariga teng tanlovda ishtirok eting!

💬 Ushbu tanlov BAA hukumati tomonidan tashkil etilayotgan bo'lib, tanlovda dunyoning turli mamlakatlar OTMlarida tahsil olayotgan talabalar hamda Bir million o'zbek dasturchilar (One Million Coders) dasturi ishtirokchilari uchun moʻljallangan.

🥇1-o'rin uchun - $272 000 AQSh dollari
🥈2-o'rin uchun - $136 000 AQSh dollari
🥉3-o'rin uchun - $68 000 AQSh dollari

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun:
➡️ 2-6 kishilik guruh bilan mobil ilovalar va yechimlar ishlab chiqilgan yoki ishlab chiqilayotgan bo'lishi lozim
➡️ Arizani belgilangan talablar asosida 2023-yil 10-yanvar kuni soat 21:00 ga qadar topshirishingiz kerak.

🔔 G‘oliblar 2023-yil 13–15-fevral kunlari Dubayda bo‘lib o‘tadigan World Government Summitda e’lon qilinadi.

Tanlov shartlari bilan tanishish hamda arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:
https://mgovaward.worldgovernmentsummit.org/en
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023- yilning 18-yanvaridan boshlanadi.

Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10-18-yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023- yilning 18-yanvaridan boshlanadi.

Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati



@BekobodtumaniXTB
Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi

SAVOL: Men maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlayman. Qishki taʼtil kunlarining uzaytirilishi mening oylik ish haqimga taʼsir qilmaydimi?


Javob: Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10-18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati



@BekobodtumaniXTB
Farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga borayotgan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi

Joriy yilning 10-18-yanvar kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim yoshidagi (3-7 yoshli) bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga toʼlanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati


@BekobodtumaniXTB
#BEKOBOD_TXTB
#XALQARO_SERTIFIKAT
#GOOGLE_FOR_EDUCATION

🟢 XALQARO SERTIFIKAT SOHIBLARI!

📌2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab umumta'lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

👉 Yuqoridagi farmonga asosan tumanimizdagi jami 80 nafar Informatika fani o'qituvchilaridan ro'yhatda keltirilgan 28 nafar (35%) o'qituvchilar GOOGLE FOR EDUCATION o‘quv kursi mashg‘ulotlarida faol qatnashib o‘quv kursini yakunlagani haqidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

➡️Salohiyatli o‘qituvchilarimiz buning natijasida 3 yil davomida 50% ustama olish huquqini beruvchi "Google for Education level 1 and level 2" o‘quv kurslarini yakunlaganligi va xalqaro imtihonni topshirib, tan olingan "Google Certified" maqomiga ega bo‘ldilar.

@BekobodtumaniXTB
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Bekobod_tumani

🎓O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori hamda xalq ta’limi vazirligining
2022-yil 23-noyabrdagi 02-02/2-2652-sonli xatiga asosan keltirilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

📍 Xususan Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumta’lim maktablarining 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Matematika, Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning tuman bosqichi o‘tkazilmoqda.

Tuman bosqichida jami 444 nafar o'quvchilar ishtirok etib, ulardan 12 nafari viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

Viloyat bosqichida ishtirok etadigan o'quvchilarimizga omad tilab qolamiz.

@BekobodtumaniXTB
Forwarded from Bekobod tumani MMTB
⚡️⚡️ Bekobod tumani xalq ta’limi bo`limida fuqoralarni qabul qilish va ularning murojaatlarini o'rganish bo'yicha xalq ta'limi bo'limi huzurida umumta’lim maktablari, ularning faoliyati borasida fuqarolarning fikr mulohazalari, takliflari va murojaatlarini ko`rib chiqish ularni ijobiy hal etish maqsadida ishonch telefoni ☎️ (+99870-935-21-80) muntazam ishlashi yo`lga qo`yilgan.

📭📫 Shuningdek fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu murojaatlarni onlayn tarzda yo`llash maqsadida maxsus telegram boti (@BekobodTXTBbot) ham ishga tushirilgan. Ushbu telegram bot orqali ham ta’lim sohasiga oid har qanday murojaatlar qisqa fursatlarda ko`rib chiqiladi va javob beriladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
https://t.iss.one/BekobodtumaniXTB