Bekobod diyori
729 subscribers
14.1K photos
2.06K videos
10 files
3.69K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani

❇️ Bugun Bekobod tumani "Farxod" mahallasi APK Bekobod klaster dala maydonida chigit ekish ishlarini qisqa va maqbul muddatlarda sifatli ekishga bag’ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

⚡️ Unda viloyat hokimining hamda tuman hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, sohaga mas’ul tashkilot va korxonalar, fermer xo’jaliklari rahbarlari hamda klasterlar ishtirok etdi.

Seminarda soha mutaxassislari mutasaddilarga chigit ekishni qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash, chigit ekish seyalkalarni rostlash, yerni ekishga tayyorlash kabi muhim masalalar bo’yicha tavsiyalar berib o’tdilar.

🌱 Shuningdek, yerni chigit ekishga tayyorlash va chigitni sifatli qadash jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o’zaro tajriba almashishdi va barcha xududlarda chigit ekishga start berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ажойиб_шеър

Бу дунё бир ажиб ердир,
муҳаббат бор, саодат йўқ.
Муҳаббатдан пайдо минг хил
жиноят бор, адолат йўқ.
😢
⚡️Ҳаётда ҳам шундай: эгрилар билан ҳеч кимнинг иши йўқ, ҳамма зарба тўғриларнинг бошига тушади.

Зарбалардан чўчиманг, тўғри бўлинг!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Davlat rahbarlari Anqarada uchrashuv o‘tkazdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eshitmadim_demanglar
#chorlov

🌸Bekobod tumani markazi — Zafar shaharchasiga barchani katta Navro’z sayliga chorlaydi!

🔸Aziz yurtdoshlar!
Qadrli tumanimiz ahli va mehmonlari!

🎗Yurtimiz bo’ylab yasharish va yangilanish, tinchlik va ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – Navro’zi olam shukuhi kezmoqda. Har yili xalqimizning asl milliy bayrami bo’lgan Navro’z sayliga katta tayyorgarlik ko’rish an’anaga aylangan. Biroq, bu yilgi ayyom tantanalari har qachongidan ham o’zgacha, hayrat va taassurotlarga boy egzotik tomoshalar, ko’ngilochar dasturlarga boy bo’lishi kutilmoqda.

💫Bekobod tumani hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan umumxalq sayli 17- mart kuni tumanning— Zafar shahridagi markaziy "Mustaqillik" ko’chasi bo’ylab ertadan kechga qadar davom etadi.
📣📣📣 E’LON📣📣📣

🎗Aziz tumandoshlar Yurtimiz bo’ylab yasharish va yangilanish, tinchlik va ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – Navro’zi olam shukuhi kezmoqda. Har yili xalqimizning asl milliy bayrami bo’lgan Navro’z sayliga katta tayyorgarlik ko’rish an’anaga aylangan. Biroq, bu yilgi ayyom tantanalari har qachongidan ham o’zgacha, hayrat va taassurotlarga boy egzotik tomoshalar, ko’ngilochar dasturlarga boy bo’lishi kutilmoqda

🚧Shu munosabati bilan bayram tadbiri o'tkaziladigan maydonga eltuvchi asosiy Mustaqillik ko'chasida transport qatnovini 2023- yil 16-mart soat 22:00 dan 17-mart soat 22:00 ga qadar avtomobillar harakatlanishlari to’xtatilishini uchun to'siqlar joylashtirish ma’lum qilamiz.
⚡️⚡️Jarayon⚡️⚡️

🌳Ayni damda Bekobod tumanida Tabiat resursalri vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi Davlat ekologik espertizasi vakili hamda tuman bo’limi va tuman hokimligi, Fermerlar kengashi bilan hamkorlikda “Yashil makon”umummilliy loyihasi doirasida seminar o’tkazildi.

🌴Erta tongdan tumandagi 40dan ziyod fermer xo’jaliklarga 50 ming tup terak va 50 ming tup uzum ko’chatlari tarqatildi. Hozirda mazkur fermer xo’jaliklari dala maydonlari yo’l chetlariga ko’chat ekish ishlari qizg’in davom etmoqda.

⚜️Shuni ham ta’kidlash joizki, ertangi kun 100000 tup daraxt ko’chatlari olib kelinishi hamda mutasaddi tashkilotlarga tarqatilishi rejalashtirilgan.
#Bekobod_tumani

Jaholatga qarshi ma'rifat

“Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“

📍Bugun Din ishlari bo'yicha qo'mitaning rejasiga asosan , tumanimizning 1- maktabida Din ishlar bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi va Diniy soha va jamoatchilik vakillari hamkorligida maktab jamoasi va o‘quvchi yoshlar bilan “Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“ shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

⚜️Suhbat davomida N.Mirsaidov, U. Berdiyorov, U. Mallayev va M. Sherbekovlar so'zga chiqib yoshlarni mazkur illatlardan ogohlantirib, qaytarish bilan birgalikda ularni ko‘ngillarini egallay oladigan, har taraflama foydali va samaraliroq bo‘lgan g‘oyalar bilan ta’minlash yuzasidan erkin, fikr munozaralar almashildi.

Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.
#Bekobod_tumani

Jaholatga qarshi ma'rifat

“Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“

📍Bugun Din ishlari bo'yicha qo'mitaning rejasiga asosan , tumanimizning 58- maktabida Din ishlar bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi va Diniy soha va jamoatchilik vakillari hamkorligida maktab jamoasi va o‘quvchi yoshlar bilan “Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“ shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

⚜️Suhbat davomida N.Mirsaidov, U. Berdiyorov, U. Mallayev va M. Sherbekovlar so'zga chiqib yoshlarni mazkur illatlardan ogohlantirib, qaytarish bilan birgalikda ularni ko‘ngillarini egallay oladigan, har taraflama foydali va samaraliroq bo‘lgan g‘oyalar bilan ta’minlash yuzasidan erkin, fikr munozaralar almashildi.

Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.