Toʻyev Baxtiyor || Taʼlimga oid
2.32K subscribers
3.21K photos
356 videos
763 files
2K links
Тўйев Бахтиёр Зариповичнинг таълимга оид шахсий телеграм канали

🗃Халқ таълимига оид:
- ислоҳотлар, янгиликлар;
- меъёрий ҳужжатлар;
- саволларга жавоблар ...

... шахсий фикрлар...

🌐Онлайн тест: @buxoro_tsm_bot

🗣Мурожаат: @BaxtiyorTuyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistanofficial | Расмий канал Тезкор Xабарлар ва Янгиликлар
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган

«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!

Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача давом этади


👉 ОВОЗ БЕРИШ
Toʻyev Baxtiyor || Taʼlimga oid
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган «Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг! Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача…
Албатта, шахсий фикр:
Бу каби рейтинг қилишдан, қайсидир ижтимоий тармоқ(телеграм) каналларига обуначи йиғиш ва кўпайтиришдан бошқа мақсад йўқ.

Шундайлигини яхшигина биламиз-у, лекин, барча соҳаларда республикада пешқадаб бўлган ўз ҳудудинг, ўз тизимининг ва ўз касбдошинг учун овоз беришни лозим топамизда.
❇️BUXOROLIK O‘QITUVCHI HAQIDA GERMANIYA GAZETASIDA MAQOLA E’LON QILINDI

🔹Avval xabar berganimizdek, ZfA- Germaniyaning xorijdagi nemis tilini o'rganayaotgan maktablarni qo'llab-quvvatlash tashkiloti ҳамкорлик лойиҳаси доирасида ayni paytda Vobkent tumanidagi 1-umumta’lim maktabi nemis tili fani o‘qituvchisi Feruza Jo‘rayeva Germaniyada ta'lim safarida bo'lib turibdi.

🔹Kuni kecha Germaniyaning “Neue Westfällische” gazetasida hamyurtimiz Feruza Jo‘rayeva haqida maqola e’lon qilindi.

🔹Maqolada Ikki davlat o‘rtasidagi yaqin munosabatlar, ta’limdagi hamkorlik va bu hamkorlik natijalari o‘laroq, ikki davlat o‘qituvchilari orasida o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yilganligi haqida to‘xtalib o‘tiladi.

🔹 Shuningdek, Feruza Jo‘rayeva misolida o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning salohiyati, mamlakatimizda pedagoglarga berilayotgan e’tibor va buning o‘ziga xos tomonlari alohida e’tirof etiladi.
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHILAR GʻOLIBLAR SAFIDA BUYUK BRITANIYA SAYOHATIGA JO‘NAB KETISHDI

🔹Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun o‘tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining respublika Buxoro tumanidagi 1-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, 300 million so‘m pul mukofoti va Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohati yo‘llanmasiga ega bo‘lishgan edi.

🔹Bugun, vakillarimiz respublika bosqichi g‘oliblari qatorida Buyuk Britaniya davlatiga jo‘nab ketishdi.

🔹Ushbu safar ularni ilm sirlarini yanada chuqur o‘zlashtirishga va yanada ulkan marralarni zabt etishga ilhomlantirishiga ishonamiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Toʻyev Baxtiyor || Taʼlimga oid
Photo
✳️MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI HAMDA TOSHKENTDAGI BRITANIYA MENEJMENT UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

🔹Mazkur hamkorlik memorandumi buxorolik umumta’lim maktablari bitiruvchilarini oliy ta’limga jalb etish va ularning sifatli ta’lim olishiga ko‘maklashish, shuningdek kam ta’minlangan oilalarning iqtidorli farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadini o‘zida mujassam etganligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.

🔹Hamkorlik doirasida ayni paytda talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni tayyorlash, malakasini oshirish va bu bilan ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

🔹Shuningdek, hamkorlikda maktablarda “Ochiq eshiklar kuni”, konferensiyalar, seminarlar, konsultatsiyalar, ko‘rgazmalar, taqdimotlar va mahorat darslarini o‘z ichiga olgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, maxsus dasturlar bo‘yicha maqsadli kurslarni tashkil etish borasida ham kelishib olindi.

🔹Universitet rektori, professor Konrad Ozog bu hamkorlik har ikkala tomon uchun manfaatli ekanligi va samarali natija berishini alohida ta’kidladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat koʻrsatayotgan matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida ikki bosqichli olimpiada oʻtkaziladi.

🗺 Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi tizimdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning 25-noyabr kuni hududlarda boʻlib oʻtadi va unda 914 nafar ishtirokchi, shundan 559 nafar matematika, 355 nafar kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️Olimpiadaning birinchi bosqichidan har bir fan boʻyicha muvaffaqiyatli oʻtib, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkaziladi.

🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali maʼlumot berib boramiz.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Rustam Karimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimyo yechimlari va baholanishi.pdf
1 MB
2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Kimyo fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing.
⚡️ Endi malaka toifasi boʻyicha maʼlumotnomani Telegram botdan yuklab olish mumkin!

📥 Ustoz va murabbiylarga qulaylik yaratish maqsadida JSHSHIR (PINFL) orqali telegram botga kirib malaka toifasi haqidagi maʼlumotlarni bilish va ularni PDF formatidagi maʼlumotnoma koʻrinishida yuklab olish imkoniyati yaratildi.

🗂 Buning uchun Taʼlim nazorati kanalining @uztdibot manzilidagi telegram botiga kirib sertifikat izlash boʻlimini tanlash va har bir pedagog JSHSHIR (PINFL) ni yuborishi kifoya. Ushbu xizmat mutlaqo bepul hisoblanadi.

Taʼkidlash joizki, @uztdibot manzilidagi telegram botimiz ishonchli sifatida Telegram maʼmuriyati tomonidan verifikatsiyalangan boʻlib, qidirganingizda koʻk belgi (галочка )si mavjud.

📬 Ushbu xizmat hozirlikcha test rejimida ishga tushirilgan boʻlib, undan foydalanishni yuzaga kelgan noqulayliklar va uni takomillashtirish boʻyicha takliflaringizni ushbu botning savol yoki taklif yuborish boʻlimi orqali yuborishingiz mumkin.
❇️ASOSIY OLIMPIADANING III (VILOYAT) BOSQICHI 2-GURUH FANLARI YAQINLASHMOQDA

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
АСОСИЙ ФАН ОЛИМПИАДАСИНИНГ ИККИНЧИ ГУРУҲ ФАНЛАРИГА СТАРТ БЕРИЛДИ

Жорий йилнинг 28-30 ноябрь кунлари асосий фан олимпиадасининг иккинчи гуруҳ фанлари (она тили ва адабиёти, рус тили ва адабиёти, ўзбек тили, қозоқ тили, инглиз тили, немис тили, франсуз тили, тарих ва география) бўлиб ўтади.

28-ноябр куни - 9-синф
29-ноябр куни - 10-синф
30-ноябр куни - 11-синф


Бухоро вилоятида ўтказиладиган асосий фан олимпиадасининг барча турлари (ёзма иш, тест) шу куннинг ўзида Когон туман ихтисослаштирилган мактабида ўтказилади.

Олимпиада жараёнларини кузатиб боринг.

Мўлжал: Баҳоуддин Нақшбанд зиёратгоҳи

📲@Baxtiyor_Tuyev
Каналга қўшилиш | Савол юбориш | Гуруҳга қўшилиш