Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
28.2K subscribers
10.9K photos
753 videos
9 files
4.53K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
#Faoliyatimizdan

Mirzaobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda!

▪️Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida 37 nomdagi toʻgaraklar tashkil etilgan bo'lib, bu toʻgaraklarda 860 ta toʻgarak a’zolari tahsil olib kelmoqda.

Xususan,
✔️"Mohir qo'llar"
✔️"Doira"
✔️"Gitara"
✔️"Ingliz tili”,
✔️“Rus tili”,
✔️“Milliy va jahon raqs”,
✔️“Munchoqli bezak”,
✔️“Mental arifmetika”,
✔️“Floristika va fauna”,
✔️“Maktabga tayyorlov”
✔️"Shaxmat"
✔️"Gimnastika"
✔️"Radiotexnika va aloqa"
✔️"O'zbek jang san'ati" yoʻnalishlariga o'quvchilarning qiziqishlari yuqori.

💸Bu to'garaklar ta'til davrida o'quvchilarga turli bilim va hunar sirlari uchun zo'r imkoniyat bo'lib, xizmat qilmoqda va mashg'ulot jarayonlari qizg'in tarzda olib borilmoqda.

Yaratilgan sharoitlar yosh avlodga oʻzlarini bilimlarini va qobilyatlarini namoyon etishga keng yordam berib kelmoqda.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 11, 2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 11, 2024
“Barkamol avlod" bolalar maktablaridagi “FLORISTIKA VA FAUNA” to‘garaklari haqida…

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi Turizm va ekologiya yo'nalishining 147 ta “Floristika va fauna” to‘garaklariga jami 4480 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.

Jumladan:
Bugungi kunda Xorazm viloyati, Yangibozor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Turizm va ekologiya” yo‘nalishi bo‘yicha 220 dan ortiq a'zolari mavjud.

Ushbu yo'nalishning "Floristika va fauna" to'garagida ta'lim olayotgan o'quvchilar qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida Xorazm viloyatidagi tarixiy joylarga sayohat tashkil qilishdi.

🌀“Floristika va fauna” to‘garagining asosiy vazifasi - Turli mahsulotlardan guldastalar yasash bilan birga yoshlarda ekologik ong va estetik didni bugungi kundagi ekologik ahvoldan xabardor etish, yangi ekologik g‘oyalar va bilimlar bilan tanishtirish orqali ularda estetik tafakkurni shakllantirishdan iborat.

🤖To‘garak mashg'ulotlarimiz sizni qiziqtirgan bo‘lsa ONLINE ro‘yxatdan o‘ting!

Roʻyxatdan oʻtish
👈

SHOSHILING!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 11, 2024
#POP_tumani

“BARKAMOL AVLOD” FESTIVALI TUMANLARDA O'TKAZILMOQDA!

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari" festivali Namanganda start olgani haqida ma'lum qilgan edik.

❗️ Hozirda festival Namangan viloyatda mavjud tuman (shahar) "Barkamol avlod" bolalar maktablarida ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati, Pop tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Barkamol avlod" festivalining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Bunda,
🔹”Tasviriy san’at”
🔹"Robototexnika"
🔹"Munchoqli bezak"
🔹"Shaxmat-shashka"
🔹"Ingliz tili" to'garaklarining o'rtasida bo'lib o'tdi.

🎁Festival davomida faol ishtirok etgan to'garak a'zolari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

FESTIVAL TUMANLARDA DAVOM ETADI!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 11, 2024