Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
18.5K subscribers
12.4K photos
945 videos
10 files
5.11K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: {

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
O88 a
Download Telegram
📣 🔤🔤🔤🔤🔤🔤📣

“Siz mo‘tabarsiz aziz onajon” respublika onlayn koʻrik-tanlovi o‘tkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Siz mo‘tabarsiz aziz onajon” respublika onlayn ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda!

📹Ko‘rik-tanlov Madaniyat va san’at yoʻnalishi “Rejissorlik, jurnalistika va notiqlik” boʻyicha bo‘lib o‘tadi.

📌Ko'rik-tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havola tanishing!

🎗Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

➡️Ko‘rik-tanlovda 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan "Barkamol avlod" bolalar maktabining barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

🗓Tanlov 2024-yil 1-mart kunidan 7-mart kuniga qadar
“Siz mo‘tabarsiz aziz onajon” sarlavhasi ostida @Online_tanlovlar telegram kanalida o‘tkaziladi. Ijodiy ishlarni @tanlov_admin01 telegram manziliga yuborishlarishingiz mumkin.

✔️Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar!
Ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!


Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25👏3🔥1
Assalomu alaykum

Bugun 27-fevral, Seshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🔺 Xalqaro optimistlar kuni
🔺 Xalqaro oq ayiqlar kuni
🔺 Xalqaro nohukumat tashkilotlari kuni
🔺 Vyetnamda shifokorlar kuni

🌎 VOQEALAR:

1693-yil — Londonda dunyodagi birinchi ayollar jurnali nashr etildi.
1990-yil — Bektemir tumani Toshkent shahriga kiritildi.
1932-yil — Jeyms Chadvik neytronni kashf etdi.
1997-yil — “Jahon adabiyoti” jurnali tashkil etildi.

TAVALLUDLAR:


🎉 1902-yil — Jon Steynbek — amerikalik yozuvchi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1908-yil — Tojiali Boboyev — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. Berlin boʻsagʻalarida boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatgan.
🎉 1925-yil — Azim Rahimov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi serjant, “Qahramon” unvoni sohibi.
🎉 1926-yil — Devid Xubel — kanadalik va amerikalik neyrofiziolog, kognitiv olim, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1939-yil — Kenzo Takada — yaponiyalik modelyer va “Kenzo” brendi asoschisi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
👍👍👍👍👍

BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI DIREKTORIGA TAKLIF VA MUROJAATLAR TELEGRAM-BOTI YARATILDI

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktoriga taklif va murojaaatlar telegram-boti ishga tushurildi.

🔵Endilikda siz oʻz murojaat va takliflaringizni toʻgʻridan-toʻgʻri Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktoriga ushbu telegram-bot orqali yoʻllashingiz mumkin.

🦠Har bir murojaat va taklif roʻyxatga olinib, oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

❗️Zero sizning fikringiz biz uchun muhim

BOT bilan tanishish:👇
@RBABM_direktorga_murojaatBot

📌Eslatib o‘tamiz, “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatiga oid murojaat va takliflar bilan ishlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarining murojaatlar markazini (call-center) ishga tushirilgan edi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81
#Faoliyatimizdan

Barkamol avlod" bolalar maktablari “MADANIYАT VA SAN’AT” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida…

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida hozirgi kunda “Madaniyat va san’at” yo‘nalishi bo‘yicha 1582 ta to‘garaklarga jami 44 798 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.

🔰Xususan, ushbu yo‘nalishning 134 ta “Rejissiyorlik, jurnalistika va notiqlik” to‘garagida 3 672 nafar toʻgarak a’zolari mavjud.

Sirdaryo viloyati, Boyovut tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Rejissiyorlik, jurnalistika va notiqlik" to'garagida ham bir qator o'quvchi-yoshlar sohaning sir-sinoatlarini o'rganib kelishmoqda.

🤖To‘garak mashg'ulotlarimiz sizni qiziqtirgan bo‘lsa ONLINE ro‘yxatdan o‘ting!

Roʻyxatdan oʻtish
👈

SHOSHILING!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤝1
#Faoliyat

Buloqboshi tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda!

▪️Andijon viloyati, Buloqboshi tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida toʻgaraklar faoliyati uchun barcha qulayliklar yaratildi.

📈Bugungi kunda ushbu binoda 10 ta toʻgarak xonalari tashkil etilib, bu toʻgaraklarda 940 ta toʻgarak a’zolari shugʻullanib kelmoqdalar.

Bundan,
▶️"Kompyuter laboratoriyasi"
▶️"Mental arifmetika"
▶️"Bichish-tikish"
▶️"Floristika va fauna"
▶️"Boks"
▶️"Yosh pazanda"
▶️"Yosh tabiatshunos" yoʻnalishlarida doimiy tarzda toʻgarak mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

📚Yaratilgan sharoitlar yosh avlodga oʻzlarini bilimlarini va qobilyatlarini namoyon etishga keng yordam berib kelmoqda. Hozirda toʻgarak a’zolarimiz yaratilgan sharoitlardan mamnunligini bildirmoqdalar.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Hamkorlik

TO'GARAK RAHBARLARIMIZ XALQARO EKSPERTLARDAN MALAKA OSHIRADI

▪️ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan muzokara uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish, “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi STEM, IT va robototexnika toʻgarak rahbarlari malakasini oshirish yuzasidan oʻzaro fikr almashinildi.

🤝Bunda, joriy yilning aprel oyidan Janubiy Koreyalik mutaxassislar, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida to'garak rahbarlar malakasini oshirishni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib olindi.

💻Bundan tashqari hamkorlikda keng qamrovda IT hamda robototexnika yoʻnalishlarida koʻrik-tanlovlar oʻtkazilishi rejalashtirildi.

☝️Uchrashuv yakunida amalga oshiriladigan rejalar belgilanib, bularni bajarishda har ikkala tomon ham bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishlarini ta’kidladilar.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏1