Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
17.9K subscribers
12.6K photos
961 videos
10 files
5.16K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: {

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
O88 a
Download Telegram
#Faoliyat

Kattaqoʻrgʻon shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda!

🏢Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida toʻgaraklar faoliyati uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Bugungi kunda ushbu binoda 28 nomdagi toʻgaraklar tashkil etilib, bu toʻgaraklarda 1626 nafar toʻgarak a’zolari shugʻullanib kelmoqdalar.

Bundan,
"Karate",
"Mini futbol",
"Shaxmat",
"Ingliz tili”,
“Oila hamshirasi”,
“Munchoqli bezak”,
“Bichish-tikish”,
“Avtomodel”,
“Yosh pazanda”,
“Robototexnika”,
"Mental arifmetika"
yoʻnalishlarida doimiy tarzda toʻgarak mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

📚Yaratilgan sharoitlar yosh avlodga oʻzlarini bilimlarini va qobilyatlarini namoyon etishga keng yordam berib kelmoqda. Hozirda toʻgarak a’zolarimiz yaratilgan sharoitlardan mamnunligini bildirmoqdalar.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥2🤝1
📣📣DIQQAT DIQQAT📣📣

"Barkamol avlod bolalari" festivalining respublika bosqichi oʻtkazilmoqda!

▪️ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari" festivalining respublika bosqichini oʻtkazish rejalashtirilgan edi.

📚Shu munosabat bilan ERTAGA mazkur festivalning respublika bosqichi Namangan viloyati, Davlatobod tumanida o‘tkazilmoqda.

✔️Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi festival ishtirokchilariga omad tilaydi!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏6💯3🔥1
Assalomu alaykum!

Bugun 26-yanvar, Juma.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🔺 Xalqaro Internetsiz kun
🔺 Xalqaro bojxona xodimi kuni
🔺 O‘zbekistonda bojxona xodimlari kuni
🔺 Hindistonda Respublika kuni

🌎 VOQEALAR:

👍 1911-yil — Glenn Kertiss tomonidan boshqariladigan gidroplanning birinchi parvozi amalga oshirildi.
👍 1934-yil — Germaniya va Polsha oʻrtasida hujum qilmaslik haqida bitim tuzildi.
👍 1992-yil — Oʻzbekiston va Yaponiya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
👍 1992-yil — Qoraqalpog'iston universitetiga Berdaq nomi berildi.

🔃TAVALLUDLAR:

🎉 1831-yil — Anton de Bari — nemis botanigi va mikrobiologi, mikologiya va fitopatologiya asoschisi.
🎉 1904-yil — Shon Makbrayd — irlandiyalik siyosatchi va jamoat arbobi, tinchlik boʻyicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1921-yil — Akio Morita — yapon tadbirkori, “Sony” korporatsiyasi asoschisi.
🎉 1962-yil — Oskar Rudjyeri — argentinalik futbolchi, jahon chempioni.
🎉 1977-yil — Vins Karter — amerikalik basketbolchi, Olimpiya oltin medali sovrindori.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#jarayon

“BARKAMOL AVLOD BOLALAR” FESTIVALI

Xabaringiz bor "Barkamol avlod bolalari festivali" Namanganda start olgani haqida ma'lum qilgan edik.

❗️ 26-yanvar kuni Namanganda mazkur Festivalning viloyatdagi yakuniga bag'ishlangan tadbir bo'lishi belgilangan edi.

🔵 Ayni kunlarda Namangan viloyatida tadbirga qizg'in hozirlik ko'rilmoqda.

🔶 Bugun "Barkamol avlod" respublika bolalar maktabi mutaxasislari, tadbirni yuqori suratda tashkil etish va ko'tarinki kayfiyatda o'tkazish borasida amaliy-uslubiy yordam berish maqsadida Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on, To'raqo'rg'on, Mingbuloq, Kosonsoy, Chortoq, Uchqoʻrgʻon, Norin tuman hamda Namangan shahar "Barkamol avlod" bolalar maktablarida boʻlib, amaliy-uslubiy yordam berildi.

📌Eslatib oʻtamiz festival quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san`at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili)

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10