Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
18.6K subscribers
10.5K photos
697 videos
9 files
4.31K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
#Yurist_maslahati

"DEKRET"DAGI XODIM KASALLIK VARAQASI TAQDIM ETSA, UNGA NAFAQA TO‘LANADIMI?

⁉️SAVOL
Xodima ikki yoshgacha bola parvarishi davrida kasallik varakasi taqdim etsa hisobchi kasallik varaqasi uchun hisob-kitob qilib, nafaqa to‘laydimi?

JAVOB
Yo‘q, to‘lamaydi.
Sababi, Adliya vazirligi tomonidan 08.05.2002-yilda 1136-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 22-bandiga asosan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri kelganda nafaqa to‘lanmaydi:
ish haqi saqlanmagan ta’til;
bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;
ish vaqtincha to‘xtatilgan;
xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;
harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til.

Demak, ushbu qoidadan ko‘rib turibmizki, bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan xodim kasallik varaqasi taqdim etsa, ishxona unga kasallik nafaqasi to‘lamaydi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

▪️ Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan HAFTALIK DAYJEST🔰

▶️"Barkamol avlod" bolalar maktabining toʻgarak a’zolaridan ADRENALIN!
▶️Marg'ilon shahar "Barkamol avlod” bolalar maktabidagi "Kompyuter dizayni va grafikasi" to'garaklari haqida...
▶️Paxtakor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda!
▶️YANGI ONLINE TANLOVLAR TELEGRAM KANALI OCHILDI
▶️ “MADANIYАT VA SAN’AT” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida…
▶️Kitob tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak mashgʻulotlari olib borilmoqda!
▶️XAYRIYA TADBIRI OʻTKAZILDI
▶️“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI OʻTKAZILMOQDA
▶️ “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI NAMANGANDA!
▶️24-yanvar - Xalqaro ta'lim kuni
▶️“Turizm va ekologiya” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida…
▶️#Audioertak
▶️Yangi metodlarda malaka oshirgan to‘garak rahbarlar mashg‘ulotlarini olib bormoqda...
▶️XAYRIYA TADBIRI OʻTKAZILDI
▶️Grantlar
▶️“Jismoniy tarbiya va sport” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida…
▶️Hududlarda seminar-trening oʻtkazilmoqda
▶️Kattaqoʻrgʻon shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda!
▶️"Barkamol avlod bolalari" festivalining respublika bosqichi oʻtkazilmoqda!
▶️BARKAMOL AVLOD BOLALAR” FESTIVALI
▶️Namangan viloyatida seminar oʻtkazildi
▶️“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI NAMANGANDA!
▶️"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” RESPUBLIKA FESTIVALI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI
▶️Sirdaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida toʻgarak mashgʻulotlari ravishda olib borilmoqda!
▶️Uzun tuman “Barkamol avlod” bolalar maktablarida to‘garak mashg‘ulotlari ravishda olib borilmoqda
▶️Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Zoom platformasida onlayn davra suhbati tashkil etildi.
▶️#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida
▶️#Xalqaro_tanlov
▶️#Yurist_maslahati
▶️PEDAGOG-XODIMLAR VA TOʻGARAK A’ZOLARI DIQQATIGA!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

“DEKRET”DAGI XODIM QAYTYAPTI, MENI ISHDAN BO‘SHATGANDA NAFAQA TO‘LASHADIMI?

⁉️SAVOL
Men davlat korxonasiga ta’tildagi kishining joyiga chiqib yetti oy ishladim, ta’tildagi xodim ishga chiqdi. Men yana ishsiz qoldim, shu ishlagan korxonam ish topib ishga joylashganimga qadar konpensatsiya toʻlaydimi?

JAVOB
Demak siz bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan xodimning o‘rniga muddatli asosda ishga olingansiz, to‘g‘rimi?
Ta’tilda bo‘lgan xodim o‘z ishiga qaytadigan bo‘lsa, uning o‘rnida muddatli asosda ishlab kelgan xodim (ya’ni siz) bilan tuzilgan mehnat shartnomasi MK 158-moddasiga asosan bekor qilinadi.

Mehnat kodeksining 100-moddasida ishdan bo‘shatilganidan keyingi ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadigan, 173-moddasida esa ishdan bo‘shatish davrida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadigan holatlar birma-bir ko‘rsatib o‘tilgan.
Bu ikki moddadagi ro‘yxatda mehnat shartnomasini uning muddati tugaganligi munosabati bilan, MK 158-moddaga asosan bekor qilish holati ko‘rsatilmagan.

Shu sababli, muddatli mehnat shartnomangizni ta’tildagi xodim qaytishi munosabati bilan MK 158-moddaga asosan bekor qilishda sizga ish qidirish davri uchun o‘rtacha ish haqi ham, ishdan bo‘shatish nafaqasi ham to‘lanmaydi.
Biroq, barcha holatlar kabi ishdan bo‘shashingiz munosabati bilan sizga “raschetniy”, ya’ni 7 oylik davrga to‘g‘ri keladigan, biroq foydalanilmagan mehnat ta’tilingiz uchun kompensatsiya hamda qilgan mehnatingiz uchun oxirigacha olinmagan ish haqi to‘lovlari to‘lab beriladi (MK 172-modda).

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI XODIM BIRINCHI ISH DAVRI UCHUN OLTI OY O‘TMASDAN HAM MEHNAT TA’TILI OLSA BO‘LADIMI?

⁉️Savol

Bizda bir xodim o‘rindosh bo‘lib ishlaydi, asosiy ishidan ta’tilga chiqibdi. Endi bizdan ham mehnat ta’tili so‘ramoqda, lekin uning ishga kirganiga olti oy bo‘lgani yo‘q. Nima qilsak bo‘ladi?

Javob
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kdeksining 439-moddasida o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat ta’tillari berish tartibi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta’tillar, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha mehnat ta’tillari asosiy ish joyidagi yillik mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi, deyilgan.

Agar o‘rindoshlik asosida ishning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishda yillik mehnat ta’tili uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.

Asosiy ish joyi bo‘yicha yillik mehnat ta’tilining davomiyligi o‘rindoshlik asosidagi ishdagi mehnat ta’tilining davomiyligidan ko‘p bo‘lgan hollarda, ish beruvchi o‘rindoshning iltimosiga ko‘ra unga o‘rindoshlik asosidagi ishdagi yillik mehnat ta’tilidan tashqari asosiy ishidagi yillik mehnat ta’tili va o‘rindoshlik asosidagi ishning yillik mehnat ta’tili davomiyligi o‘rtasidagi farqni tashkil etuvchi kunlarga ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham berishi shart.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

XODIMNI BOSHQA ISHGA O‘TKAZISHDA SINOV MUDDATI QO‘LLANILMAYDI

⁉️Savol
Bir xodimimizni boshqa lavozimga o‘tkazyapmiz, albatta o‘z xoxishi bilan. Unga qancha muddat sinov muddati belgilasak bo‘ladi? Yangi vazifani qay darajada eplab ketishini bilmaymizda, shunga sinov bilan o‘tkazmoqchimiz.

Javob
Sinov muddati belgilay olmaysiz.
Amaldagi Mehnat kodeksining 129-moddasining 4-qismiga ko‘ra dastlabki sinov faqat xodimni ishga qabul qilish chog‘ida belgilanishi mumkin. Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda va boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilganda dastlabki sinov belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu sababli xozirgi xolatda ushbu xodimingizni boshqa lavozimga o‘tkazishga sinov muddati belgilay olmaysiz. Agarda xodim yangi vazifani eplab ketishiga shubhangiz bo‘lsa, ushbu lavozimga vazifani eplab bajarib ketadigan boshqa malakali xodimni o‘tkazganingiz ma’qul bo‘ladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

NOGIRONLIGI BO‘YICHA KASALLIK VARAQASIDA BO‘LGAN XODIMNING ISH O‘RNI SAQLANADIMI?


⁉️SAVOL
Bir xodimimizga 22-fevral kuni sog‘lig‘ida muammosi bo‘lganligi uchun 2-guruh nogironligi berildi. 180 kun kasallik varaqasida bo‘ladi. Kasbi o‘qituvchi. Endi bu xodimning maktabda ish o‘rni saqlanib qolinadimi?

JAVOB
Xodimning kasallik varaqasida bo‘lishi yoki unga sog‘lig‘iga ko‘ra nogironlik guruhi berilishi mehnat shartnomasini bekor qilish uchun yetarli asos bo‘lmaydi.

Agar xodim TIEK (tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi)ning tibbiy xulosasida bajarayotgan ishiga loyiq deb topilgan bo‘lsa, u o‘z ishini bemalol davom ettirishi mumkin. Hozircha bu xodim mehnatga layoqatsizlik davrida bo‘lsa, unga kasallik varaqasiga asosan mehnatga layoqati tiklanguniga qadar nafaqa ham to‘lab beriladi.

Agar TIEK tomonidan yengilroq, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan ishga doimiy o‘tkazishga muhtojlik yuzasidan tibbiy xulosa berilgan bo‘lsa, bu holatda xodimning roziligi bilan ish beruvchi shunday yengilroq ishga o‘tkazishi shart. Xodim yengilroq ishga o‘tishdan bosh tortsa yoki ish beruvchida uning sog‘lig‘i holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ish bo‘lmasa yoxud tibbiy xulosaga ko‘ra xodimga o‘z ishni bajarishi umuman to‘g‘ri kelmasa, ta’lim muassasasi a’zolariga yoki u dars beradigan o‘quvchilar uchun xavf tug‘dirsagina, mehnat shartnomasi sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

⁉️SAVOL:
Bir tashkilot o‘rinbosarining mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilindi, lekin kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligi olinishi shart emas, deb topishdi. Shu to‘g‘rimi?

JAVOB:
Yo‘q, noto‘g‘ri
Mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan tashkilot rahbari o‘rinbosari bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligi olinadi. Faqat, korxona tugatilgan hollarda va korxonaning mulkdori o‘zgarganda olinmaydi va agar jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qolgan holatlarda olinishi kerak.

To‘g‘ri, MK 489-modda birinchi qism 1-bandda tashkilot rahbari, uning o‘rinbosari, bosh buxgalter va alohida bo‘linma rahbari bilan mehnat shartnomasi tashkilotning mulkdori almashishi munosabati bilan bekor qilinganda kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligi talab etilmasligi ko‘rsatilgan. Yana qaytaraman, agar tashkilot rahbari o‘rinbosari bilan mehnat shartnomasi TASHKILOTNING MULKDORI O‘ZGARGANLIGI sababli bekor qilinsa, haqiqatdan Kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligi olinmaydi. Bunda esa, mulkdor o‘zgarishi emas, ish beruvchining tashabbusi ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinmoqda! Demak Kasaba uyushmasining roziligi olinishi kerak.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

Mehnat shartnomasi tuzilmasdan ishga qabul qilingan xodimga maosh to‘lanmaydimi?


⁉️SAVOL:
Bir necha kun oldin bir xodim ishga qabul qilingan edi, lekin u bilan mehnat shartnomasi tuzilmagan ekan. Endi bu xodimga oylik maoshi mehnat shartnomasi tuzilgan kundan hisoblanadimi?

JAVOB:
Yo‘q, xodim ish boshlagan kundan hisoblanadi.
Chunki amaldagi mehnat Kodeksining 128-moddasida
Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoxud uning ruxsati bilan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish, ishga qabul qilish lozim darajada rasmiylashtirilganligidan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, mehnat shartnomasini ish boshlangan kundan e’tiboran tuzish deb hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish ish beruvchini xodimning ishga qabul qilinishini lozim darajada rasmiylashtirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Haqiqatda ishga qo‘yilganda ish beruvchi ish boshlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda mehnat shartnomasini tuzish va xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarish orqali xodim bilan yakka tartibdagi mehnat munosabatini rasmiylashtirishi shart.
Agar jismoniy shaxs ish beruvchi bunga vakolat bermagan xodim tomonidan haqiqatda ishga qo‘yilgan bo‘lsa hamda ish beruvchi yoki uning vakolatli vakili haqiqatda ishga qabul qilingan shaxs va ushbu ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan munosabatlarni yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb tan olishni (haqiqatda ishga qo‘yilgan shaxs bilan mehnat shartnomasini tuzishni, ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarishni) rad etayotgan bo‘lsa, manfaatlarini ko‘zlab ish bajarilgan ish beruvchi bunday jismoniy shaxsga u haqiqatda ishlagan vaqt (bajargan ishi) uchun tegishli murakkablikdagi (malakadagi) ishni bajarganlik uchun belgilangan tarif stavkasidan (maoshdan) kelib chiqib haq to‘lashi shart.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

XODIM BIR XAFTA HECH NARSA QILMAGAN, ENDI SHU BIR XAFTAGA HAM ISH HAQI BERISHIMIZNI SO‘RAYAPTI

⁉️SAVOL
Xodim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarmadi, hisoblaganimizda bir xafta ishda o‘tirgan, lekin bu bir xafta ichida birorta ish bilan shug‘ullanmagan. Bu vaqtga ish haqi to‘lamaymiz desak, xodim kompyuterim buzilib qolgan edi, shuning uchun hech narsa qilolmadim, bunda mening aybim yo‘qku, ish haqi to‘lashlaring kerak deyapti. Shu to‘g‘rimi?

JAVOB
MKning 266-moddasiga ko‘ra, ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun xodimning o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanishi lozim.
Lekin, siz aytgan vaziyatda xodimning bir xafta davomida bekor qolganida ish beruvchining aybi bormi yoki yo‘qmi, shuni aniqlab olish kerak.
Chunki, MKning 266-moddasi 4-qismida mana bunday qoida bor: asbob-uskunaning buzilishi va xodim tomonidan o‘z mehnat vazifalarini bajarishni davom ettirishni imkonsiz qiladigan boshqa sabablar yuzaga keltirgan bekor turib qolingan vaqt boshlanganligi haqida xodim darhol o‘zining bevosita rahbariga, ish beruvchining boshqa vakiliga xabar berishi shart.
Ya’ni, agar kompyuter vositasi buzilganligi haqida xodim hech kimga xabar bermagan va aynan shu sababli ish beruvchi (yoki xodimning rahbari) xodimning bekor qolganidan xabari bo‘lmagan bo‘lsa, bunda ayb xodimning o‘zida bo‘lib chiqadi.
Bunday holatlarda MK 266-moddaning 3-qismiga muvofiq xodimning aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lanmaydi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

Shunaqa tilhat olinishi to‘g‘rimi?


⁉️Savol:
Bizning korxonada xodimlardan, ishga sababsiz kelmasam, berilgan topshiriqlarni, yuklatilgan vazifalarni vaqtida bajarmasam men bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishingizga roziman, degan mazmunda tilxat oliniyabdi, shartnoma tuzish vaktida, bu qanchalik to‘g‘ri?

Javob:

Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan “korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi”.

Siz aytgan bu tilxat ichki-mehnat tartibi qoidalari o‘rnini bosolmaydi, ya’ni bu tilhat shunchaki ortiqcha va befoyda hujjat. U ishxonadagi tartib-qoidani belgilash uchun va mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lib o‘tmaydi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

Qulayligiga qarab sudni tanlash mumkinmi?


⁉️Savol:
Xodim Chirchiqdagi korxonada ishlaydi, lekin Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashaydi. Xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilganligi yuzasidan yashash manzili bo‘yicha sudga murojaat qilishi mumkinmi?

Javob:
FPKning 33-moddasiga asosan tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga berilishi ko‘rsatilgan. Agar bu qoidaga qaraladigan bo‘lsa, xodim Chirchiq tumanlararo sudiga da’vo kiritishi kerak. Lekin, Chirchiq unga uzoq va sudga qatnash uchun juda noqulay.

FPKning 34-moddasida fuqaroning mehnat huquqini tiklash borasidagi da’volar uning yashash joyida joylashgan sudga taqdim etilishi ham mumkinligi belgilangan. Demak, sobiq xodim agar istasa, o‘zi yashaydigan joydagi fuqarolik sudiga, ya’ni Chilonzor va Uchtepa tumanlari biriktirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da’vo kiritsa ham bo‘ladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM