Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
41.7K subscribers
10.7K photos
724 videos
9 files
4.43K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
YOGʻOCH OʻYMAKORLIGI TOʻGARAKLARIMIZGA MARHAMAT!

🇺🇿Oʻzbek zamini azaldan oʻzining boy madaniy me’rosi, boqiy an`analari, xalq amaliy san’ati bilan mashhur.

⚡️Ayniqsa "Hunarmandchilik va qol mehnati" yo’nalishining "Yogʻoch oʻymakorligi" faoliyatida yaratilgan durdona asarlar asrlar oshsa hamki oʻz qimmatini yoʻqotgani yoʻq!
📣Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida faoliyatini boshlayotgan "Yogʻoch oʻymakorligi" toʻgaragi bolajonlarga unutilib ketayotgan ushbu kasbni oʻrgatishni maqsad qilgan

Ushbu toʻgarakka farzandlaringiz,
kasb sirlari,
yogʻoch bilan ishlash texnikasi,
yangi hunar kabi mashgʻulot asoslarini tajribali ustalardan oʻrganadi.

Murojaat uchun:
☎️ Tel: 99-818-17-52

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

Inson quvvat manbaini bo'sh vaqtini samarali tashkil etish orqali toʻldiradi

📳Gadjetlarning quvvati tugaganda o'z quvvatlagich qurilmasi bo'lgani kabi, insonlarni ham quvvat manbai mavjud.

🧎‍♂️Meditatsiya va tafakkur: Bu stressni kamaytiradi, qalb va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini yaxshilaydi va umuman olganda ruhni qattiq qiladi.

📖 Sevimli faoliyatlar: masalan to'garaklar, sevimli hobbi, musiqa tinglash, kitob o‘qish, rasm chizish va boshqalar. Bu faoliyatlar sizda xursandlik hissiyotini oshiradi.

👥 Bog‘lanish: Do‘stlar, oila a’zolari yoki ruhiy mentorlar bilan bog‘lanish ruhni qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning bilim va tajribalaridan foydalanish, qiziqishlaringizni baholash, maslahat olish va o‘z fikrlaringizni ularga taqdim etish sizning ruhingiz uchun muhimdir.

❗️Bularning barchasini o'zida jamlagan kompleks maskan izlayapsizmi?!

Unda, "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABI xizmatingizda!

Farzandlaringizga hozirdanoq bo'sh vaqtini samarali tashkil etishni o'rgating!

"Barkamol avlod" bolalar maktablariga online ro‘yxatdan o'ting!

Roʻyxatdan oʻtish👈

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Jonajon Vatanimizning mard o'g'lonlari!

▪️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan Sizlarni "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!

☝️Zero, Vatan sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash, har bir yurtdoshimizning oldiga qo‘yilgan muqaddas burchidir.

🇺🇿 Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotining mustahkam kafolati bo‘lgan mustaqilligimizni asrash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz!

Yurtimizning qadrli posbonlari!

👏Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar hamda el-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi doimo yor bo‘lsin!

#14yanvar #Vatanhimoyachilarikuni

©️Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.

Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.

Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.

Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Xalqaro_tanlov

"Tell the world about your motherland" ijodiy tanlovi.

Tashkilotchi: Innovatsion ta’lim va taraqqiyot akademiyasi, Yoshlar taraqqiyoti va ta’limi innovatsion markazi.
Hamma ishtirok etishga taklif qilinadi.
Ishlar quyidagi toifalarda qabul qilinadi:

- Matn sahifasi - "O'z vataningiz haqida dunyoga ayting" taqdimoti.
- "O'z vataningiz haqida dunyoga ayting" videosi.

Tanlov natijalariga ko‘ra barcha ishtirokchilarga elektron sertifikatlar, murabbiylarga elektron tashakkurnomalar, g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi. Barcha g‘oliblar Moskvada davlat va jamoat arboblari ishtirokidagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

Batafsil👈

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

BO‘LIM BOSHLIGʻIMDAN RUHSAT OLGAN BO‘LSAM HAM ISHGA KECH KELGANLIGIM UCHUN BARIBIR MENGA JAZO QO‘LLASHDI


⁉️SAVOL
Men bir korxonada ishlayman, bo‘lim boshlig‘imdan ruxsat olib, 1-kuni 7 daqiqaga, 2-chi kuni 16 daqiqaga kechikib kelganman, lekin bo‘lim boshlig‘im rahbarlarni ko‘rsatmasiga ko‘ra ruhsat bermaganini, o‘zboshimchalik bilan kechikib kelgan deb, tushuntirish xati yozib bergan, menga 1-chi kun uchun "XAYFSAN", 2-chisiga ish xaqimdan 30 % jarima qilishdi. Nima qilsam, bu intizomiy jazolarni bekor qilish mumkin?

JAVOB
Mehnat kodeksining 313-moddasi 3-qismiga ko‘ra:
“Intizomiy jazo chorasini qo‘llashda sodir etilgan qilmishning og‘ir-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi”

Ya’ni, ish beruvchi intizomiy jazo qo‘llashdan avval Sizdagi asl holatga, ishga kechikib kelishning aniq sabablariga, ularning uzrli yoki uzrsiz ekanligiga e’tibor berishi lozim.
Masalan, bir ayol xodim harorati ko‘tarilgan yosh bolasining issig‘ini tushiraman deb va bundan havotirlanib, ishga 10 daqiqa (balkim 20-30 daqiqadir) kechikib keldi. Xodim o‘z tushuntirish xatida bu holat to‘g‘risida, kechikishning ana shu sababi haqida ish beruvchiga ma’lum qildi. Shuningdek, bu xodimning ish faoliyatida muammo yo‘q, intizomli va mehnatkash xodim, xulq-atvori yaxshi, ya’ni u tartibli xodimlardan. Mana shu kabi vaziyatlarda ish beruvchi bunday xodimning holatini, uni ishga kechikishi sababini to‘g‘ri qabul qilish kerak.
Bunaqangi holatlarda agar xodim yuqoridagi uzrli vaziyatni tasdiqlovchi dalillarni taqdim etsa, intizomiy jazo qo‘llanmasligiga asos bo‘ladi.

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

▪️ Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan HAFTALIK DAYJEST🔰

➡️Qishki ta’tilda;

➡️“Kompyuter dizayni va grafikasi” toʻgaraklari haqida;

➡️#Faoliyat;

➡️Uslubiy yordam koʻrsatish guruhi ochildi;

➡️#Natijalar_gapirsin;

➡️#Foydali;

➡️#Mening_armiyam_mening faxrim;

➡️#Faoliyatimizdan;

➡️#Faoiliyat;

➡️ENDILIKDA TOʻGARAK RAHBARLAR RESPUBLIKA "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABIDA MALAKA OSHIRISHADI;

➡️Qishki ta’tilda;

➡️Shaxmat toʻgaragiga marhamat;

➡️#Faoliyat;

➡️#Barkamol_avlod_bolalari;

➡️#Grantlar;

➡️Vatanga xizmat - oliy fazilat;

➡️#Faoliyatimizdan;

➡️ZAMONAVIY ROBOTOTEXNIKA VA KONSTRUKTORLIK  TO‘GARAGIGA MARHAMAT!

➡️“Barkamol avlod" bolalar maktablaridagi “FLORISTIKA VA FAUNA” to‘garaklari haqida…

➡️“BARKAMOL AVLOD” FESTIVALI TUMANLARDA O'TKAZILMOQDA!

➡️Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabida kasting e’lon qilinadi;

➡️#Faoliyat;

➡️#Tadbir;

➡️#Tadbir;

➡️IQTIDORLI BOLALAR KENGASHI TOMONIDAN NAVBATDAGI YIG‘ILISH O‘TKAZILDI;

➡️Yangi metodlar ostida toʻgʻarak mashgʻulotlari samarali olib borilmoqda

➡️Raqs toʻgaragiga marhamat;

➡️#Faoliyatimizdan;

➡️Davra suhbati oʻtkazildi;

➡️#Foydali

➡️#Bayram_tabrigi;

➡️Xalqaro tanlov;

➡️#Yurist_maslahati.


© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 15-yanvar, Dushanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🔺 Iordaniyada daraxtlar kuni
🔺 Indoneziyada dengiz va daryolar kuni
🔺Hindistonda armiya kuni

🌎 VOQEALAR:

❄️ 1892-yil — James Neysmit basketbolning 13 qoidasini tuzdi.
❄️ 1938 — Fargʻona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari tashkil topdi.
❄️ 1943-yil — Pentagon binosi qurilishi yakunlandi.
❄️ 2006-yil — “Stardust” kosmik kemasining kapsulasi Yerga tushdi.

🔃TAVALLUDLAR:

🗄 1842-yil — Yozef Breyer — avstriyalik shifokor, Zigmund Freydning ustozi, psixoanaliz asoschilaridan biri.
🗄 1925-yil — Malohat Isʼhoqova — oʻzbek raqqosasi, baletmeyster, Oʻzbekiston xalq artisti.
🗄 1956-yil — Xayriddin Sultonov — yozuvchi, publitsist.
🗄 1910-yil — Sulton Jo‘ra — shoir.
🗄 1934-yil — Xayriddin Soloh — shoir.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

⁉️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan qishki ta'til davrida o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida qanday ishlar amalga oshirildi?

📺Bu haqida Oʻzbekiston 24 telekanalida keng yoritildi.

#13Jan #uzbekiston24

📌 Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Для учащихся проводятся творческие, технические и спортивные занятия
#12jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Barkamol_avlod_bolalari

“BARKAMOL AVLOD” FESTIVALI TUMANLARDA O'TKAZILMOQDA!

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari" festivali Namanganda start olgani haqida ma'lum qilgan edik.

❗️ Hozirda festival Namangan viloyatda mavjud tuman (shahar) "Barkamol avlod" bolalar maktablarida ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Barkamol avlod" festivalining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Bunda,
🔹”Tasviriy san’at”
🔹"Karving"
🔹"Robototexnika"
🔹"Munchoqli bezak"
🔹"Shaxmat-shashka"
🔹“Mental arifmetika”
🔹"Ingliz tili" to'garaklarining o'rtasida bo'lib o'tdi.

🎁Festival davomida faol ishtirok etgan to'garak a'zolari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

FESTIVAL TUMANLARDA DAVOM ETADI!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM