Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
46.3K subscribers
10.7K photos
722 videos
9 files
4.41K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
"GIMNASTRADA SPORT FESTIVALI" o'tkazildi

Bugun Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan Sport vazirligi hamda O'zbekiston Gimnastika federatsiyasi bilan hamkorlikda 15-may - Xalqaro oila kuniga bagʻishlangan "GIMNASTRADA SPORT FESTIVALI" boʻlib oʻtdi.

📌Bunda, Mudofaa vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bojxona qo'mitasi, Milliy gvardiya hamda Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoalari ishtirok etdi.

☝️Festivalda Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi "Eng harakatchan jamoa" nominatsiyasi g'olibi deb topilib, mutasaddilar tomonidan DIPLOM va QIMMATBAHO SOVG'ALAR bilan taqdirlandilar.

Tadbir kuy-qo'shiqlar va iqtidorli yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlarga boy holda o‘tdi.

➡️Festival maqsadi - sportning "Gimnastrada" turini ommalashtirish, xotin-qizlarni ommaviy tarzda sportga jalb qilish va yanada rivojlantirishdan iborat.

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi faol ishtirok etganligi uchun minnatdorchilik bildirgan holda, "Eng harakatchan jamoa" nominatsiyasi bilan samimiy qutlaydi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 8-may, Choshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🪩 Butunjahon Qizil Xoch kuni
🕊 Butunjahon ko‘chib yuruvchi qushlar kuni
🤝 Butunjahon adolatli savdo kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸 1794-yil — Fransiyalik olim, zamonaviy kimyo otasi Antuan Lavuazye korrupsiyada ayblanib qatl etildi.
🌸 1886-yil — Doktor Jon Pemberton tomonidan yaratilgan ichimlik — “Coca-Cola” birinchi marta ishlab chiqarildi.
🌸 1953-yil — Butunjahon Qizil Xoch tashkiloti kuni tashkil topdi.
🌸 1996-yil — Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li XX asrda: yangicha falsafa” mavzuida sopol plastika bo‘yicha Xalqaro simozium bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1828-yil — Anri Jan Dyunan — shveytsariyalik xayriyachi, “Qizil Xoch” xalqaro jamiyatini tuzish tashabbuskori, Tinchlik bo'yicha “Nobel” mukofotining birinchi sovrindori.
🌹 1902-yil — Andre Lvov — genetik kodni ochgan fransiyalik mikrobiolog, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🌹 1929-yil — Toʻlepbergen Qayipbergenov — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍

Online toʻgaraklar
⚡️

📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan, bugun 🕐1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣da, respublikamizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun Facebookdagi rasmiy sahifamizda online toʻgarak tashkil etilmoqda.

Yo‘nalish: "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati"
Mavzu: "Toʻqish"

🔊Diqqat!🔊
📝Mavzuga oid bo'lgan savollarni trening tashkil etilayotgan vaqt izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

✔️Savollarga Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining ilg'or ish tajribaga ega bo'lgan mutaxassislari tomonidan javob olishingiz mumkin.

Mazkur online toʻgaraklardan maqsad, to'garak mashg'ulotlarining samaradorligini yanada oshirish va mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berishdan iborat.

Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XOTIRA AZIZ - XOTIRA MUQADDAS SHIORI OSTIDA TADBIR OʻTKAZILDI

▪️Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira aziz - xotira muqaddas” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

✔️Tadbirda II jahon urushi hamda jadidlar hayotiga oid sahna koʻrinishlari xodimlar tomonidan ijro etildi.

☝️Zero ajdodlarimizning oʻchmas xotirasi doimo qalbimizda mangu yashaydi!

🔹Inson manfaatlari e’zozlanayotgan mustaqil yurtimizning tinchligi abadiy bo’lsin!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
“Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!”

🎗Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlaydi!

Bu kun xotiralari – Ikkinchi jahon urushi oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

🇺🇿Tinchligimizga ko‘z tegmasin!

#9mayXotiravaqadrlashkuni

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Professional va havaskor rassomlar uchun Cheltenxam illyustratsiyalar tanlovi. G'olib asari Britaniyaning mashhur ko'rgazmalarida namoyish etiladi!

Talablar
— Tanlovda 18 yoshdan katta barcha havaskor yoki professional rassomlar (illyustratorlar) qatnashishi mumkin;
— Yakka tartibda ham jamoaviy tartibda ham 5 tagacha ijodiy ish topshirish mumkin;
— Topshirilayotgan ishlar mualliflik ishi bo'lishi shart.

Foydali tomonlari
— Tanlangan ishlar barcha mashhur galereyalarda namoyish etiladi, London parkidagi muzeyda, Britaniya va London kitob ko'rgazmalari kabi boshqa joylarda ko'rgazma qilinadi;
— G'oliblar bilan kontrakt tuziladi (pul beriladi), portfoliosiga professional fikr beriladi, tanlovning yillik to'plamida chop etiladi.

Oxirgi muddat
23.09.2024 03:59

Batafsil👈

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E'tirof

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi uslubchisi SSENARIYLAR TANLOVIDA GʻOLIBLIKNI QOʻLGA KIRITDI

▪️Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan mamlakatimiz durdonasi bo‘lmish Samarqand shahrining turistik salohiyatini namoyish qilish maqsadida “Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylar tanlovi eʼlon qilingan edi.

📣Ushbu tanlovda Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi uslubchisi Abbos Xurramov mutlaq gʻolib deb topilib, 30 million pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👏Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Abbos Xurramovni erishayotgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etgan holda kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM