Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
18.4K subscribers
12.4K photos
946 videos
10 files
5.11K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: {

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
O88 a
Download Telegram
👍👍👍

Online toʻgaraklar
⚡️

📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan, ertaga 🕐1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣da, respublikamizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun Facebookdagi rasmiy sahifamizda online toʻgarak tashkil etilmoqda.

Yo‘nalish: "Madaniyat va san'at"
Mavzu: "Tabiat manzarasi"

🔊Diqqat!🔊
📝Mavzuga oid bo'lgan savollarni trening tashkil etilayotgan vaqt izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

✔️Savollarga Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining ilg'or ish tajribaga ega bo'lgan mutaxassislari tomonidan javob olishingiz mumkin.

Mazkur online toʻgaraklardan maqsad, to'garak mashg'ulotlarining samaradorligini yanada oshirish va mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berishdan iborat.

Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍151
Assalomu alaykum!

Bugun 17-aprel, Chorshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🔮 Xalqaro sirk kuni
💎 Tojikistonda Dushanbe shahri kuni
📰 Qozogʻistonda yongʻin xavfsizligi kuni
👶 Yaponiyada bolalarni himoya qilish kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸 1492-yil — Xristofor Kolumb Ispaniya bilan Hindistonga yangi yo‘l ochish haqida shartnoma imzoladi.
🌸 1980-yil — Janubiy Rodeziya oʻz nomini Zimbabvega oʻzgartirdi.
🌸 1982-yil — Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadaning yangi konstitutsiyaviy qonunini tan olib, uni to'liq mustaqil deb e'lon qildi.
🌸 1992-yil — Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federatsiyasi” va “Rossiya”.

TAVALLUDLAR:

🌹 1403-yil — Ali Qushchi — ilmiy faoliyat ko‘rsatgan matematik va astranom. Unga nisbatan Ulug‘bek “farzandi arjumand” sifatida ishonch bildirgan.
🌹 1598-yil — Jovanni Battista Richcholi — italiyalik astronom va ilohiyotchi, Oy xaritasini tuzgan birinchi olim.
🌹 1837-yil — Jon Pirpont Morgan — amerikalik moliyachi, sanoatchi, “General Electric” kompaniyasi asoschisi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111
#Xalqaro_Tanlov_2024

🆕 NEW TALENTS Osiyoning yetakchi Xalqaro tashkiloti bo‘lib, musiqa va san’atga qiziquvchi yoshlarni o‘z bag‘riga chorlaydi.

New Talents xalqaro tashkiloti san’atsevar iqtidorli yoshlarni xalqaro festivallar, mahorat darslari, xalqaro forumlar, ijodiy maktab va xorijiy davlatlarda bo’lib o’tadigan tanlovlarda ishtirok etishga ko’maklashadi shuningdek, yoshlarning jahon sahnalarida o'z ijodini namoyon etishda yordam beradigan yetakchi tashkilotdir.

Siz New Talents bilan dunyo sahnalarida jahon estrada yulduzlari bilan bir qatorda bo'lishingiz mumkin.

Buning uchun hoziroq biz bilan bog’laning va o'z kelajagingizni kashf eting!

🕊 Murojaat uchun:
🕊Telegram
@newtalents_24

☎️ Telefonlar:
+998 95-008-59-29
+998 95-008-69-29

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali ham kuzatishda davom eting!

Instagram | Facebook | YouTube
👏122👍2
GʻOLIBLAR ANIQLANDI!

▪️Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Uzbekistan Foreign Experts group tashkiloti bilan hamkorlikda “Entry ijodkorlik” respublika onlayn tanlovi e’lon qilingan edi.

🎉Mazkur tanlov g'oliblari aniqlandi!

🔺Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

1-chi toifa (9-11 yosh) g'oliblari:

🥇1 - o'rin: "Kameramen", Buxoro viloyati, Qorako'l tuman BABM to‘garak a'zosi Alibek Husenov;
🥈2 - o'rin: "Koinotga sayohat", Buxoro viloyati, Qorako'l tuman BABM to‘garak a'zosi Muhammadqulov Muhammadjon;

2-chi toifa (12-14 yosh) g'oliblari:

🥇1 - o'rin: "Tenglamalar", Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani 1-maktab o'quvchisi Javohir Haydarov;
🥈2 - o'rin: "Sayyoramiz qutqaruvchisi", Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 19-maktab o'quvchisi Temurbek Bekmurodov;
🥈2 - o'rin: "Koreys tilini o'rganamiz", Samarqand viloyati, Samarqand shahar 9-maktab o'quvchisi Otabek Abdumutalibov;
🥉3 - o'rin: "Kitob - bilim manbai", Toshkent sh., Uchtepa tumani 193-maktab o'quvchisi Abdulaziz Vohidov;
🥉3 - o'rin: "Qiziqarli test yechish dasturi", Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumani BABM to‘garak a'zosi Sevara Saidolimova.

3-chi toifa (15-17 yosh) g'oliblari:

🥇1 - o'rin: "Korean language", Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani BABM to‘garak a'zosi Dilorom Obiddinova;
🥈2 - o'rin: "HELP-ECO", Toshkent viloyati, Piskent tumani BABM to‘garak a'zosi Dilorom Abdurahimova.

O'tgan yillarda ham yuqori o'rin olib, davomiy ishtirok etganlar uchun maxsus mukofotlarga loyiq o'quvchilar:


🏅- "Dasturlash qobilyatni rivojlantirish o`yini", Namangan viloyati, Chortoq tumani 6-maktab o'quvchisi Mumtoz Qodirjanov;
🏅- "Kids games", Navoiy viloyati, Karmana tumani 19-maktab o'quvchisi Elshod Adilov.

🔰G'oliblar maxsus DIPLOM bilan taqdirlanadilar.

👏 G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍171👏1
HUDUDLARDA TAJRIBA ALMASHUVI JARAYONIGA START BERILDI

📄Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tashabbusi bilan Buxoro viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari xodimlari Navoiy viloyati, Navoiy shahar hamda Navbahor tuman "Barkamol avlod" bolalar maktablariga tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.

📌Tashrif chog‘ida viloyatdagi "Barkamol avlod" bolalar maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda maktablarda qat’iy nazoratdagi hujjatlarni yuritilishi bilan tanishdilar.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad hududlardagi "Barkamol avlod" bolalar maktab hodimlari oʻrtasida oʻzlarining bilim va koʻnikmalarni hamda tajriba sifatida o'zlarining ish faoliyatlarini ommalashtirishdan iborat.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122🔥1
Yangi metodlarda malaka oshirgan to‘garak rahbarlarni mashg‘ulotlarini samarali olib bormoqda...

✔️Kadrlarning raqobatbardosh sifatlari hamda bilim va ko‘nikmalarning zamon talablariga javob bera oladigan darajada bo‘lishni ta'minlash uchun ularning malakasini oshirish muhum ahamiyat kasb etadi.

▪️Qashqadaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktablaridan jami 400 nafar xodim malakasini oshirgan bo'lsa, shulardan 29 nafari Yakkabog' tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi toʻgarak rahbarlarini tashkil qiladi.

🦠Xususan, Yakkabogʻ tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Robototexnika konstruktor" to'garak rahbari Rauf Toshkentov Janubiy Koreya mutaxassislari tomonidan oʻqitish kurslarini malaka oshirganidan so'ng to'garak mashg'ulotlari davomida "Interfaol" metodidan foylanib to'garak a'zolarining qamrovini oshirmoqda.

🎗Shu metodlar orqali to'garak a'zolarining soni sezilarli darajada oshdi va ko‘p yillik tajribaga ega ilg‘or pedagog sifatida zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quvchi-yoshlarni barkamol voyaga yetkazish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍161
Assalomu alaykum

Bugun 18-aprel, Payshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🎙 Butunjahon radioni sevuvchilar kuni
🏠 Xalqaro obidalar va tarixiy joylar kuni
👩‍💻 O‘zbekistonda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni
💡 Yaponiyada kashfiyotlar kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸 1846-yil — Amerikalik Royal Xaus telegraf apparatiga patent oldi.
🌸 1853-yil — Osiyoda birinchi temir yo‘l ishga tushirildi.
🌸 1902-yil — Buyuk Britaniyada jinoyatni aniqlash uchun ilk bor daktiloskopiyadan foydalanildi.
🌸 1975-yil — “Microsoft” kompaniyasi tashkil topdi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1838-yil — Pol Emil Lekok de Buabodran — galliy, samariy va disproziy elementlarini kashf etgan fransiyalik kimyogar.
🌹 1872-yil — Bernard Dodj — amerikalik botanik, zamburug‘larni tadqiq qilgan hamda tasniflagan olim.
🌹 1907-yil — Mitxat Bulatov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan binokor.
🌹 1939-yil — Anatoliy Bushuy — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, tilshunos.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91
Royal Society of Biology competition: barcha havaskor fotograflar uchun fotosuratlar tanlovi. Bosh sovrin — £1000!

Talablar
— Tanlovda o'tgan mavsum g'oliblaridan tashqari barcha qatnashishi mumkin;
— Har bir ishtirokchi tanlovga 3 tagacha fotosurat bilan yuborishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Tanlovda bepul ishtirok etish;
— Yil fotografi (18 yosh va undan yuqori) - 1000 funt sterling pul mukofoti; yilning yosh fotografi (18 yoshgacha) - 500 funt sterling pul mukofoti.

Oxirgi muddat
21.06.2024 03:59

Batafsil👈

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥21👏1
"Barkamol avlod" bolalar maktablarida oʻquvchilar qamrovi boʻyicha hududlar va tuman/shaharlar kesimida REYTING tuzildi

📈 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod" bolalar maktablarida Texnika, konstruktorlik va modellashtirish yoʻnalishida tashkil etilgan to'garaklarga qamrab olingan oʻquvchi-yoshlar koʻrsatkichi boʻyicha joriy oʻquv yilining mart oyi holatiga koʻra REYTING belgilandi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad:

☝️maktabdan tashqari ta'lim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish,
☝️toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish,
☝️hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini jonlantirish.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:👇
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍121
Favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanish bo'yicha seminar o'tkazildi

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Fuqaro muhofazasi kuni" munosabati bilan favqulodda vaziyatlardan fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

➡️Seminarda Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining barcha xodimlari ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🔰Seminarga Ta'lim jarayonini tashkil etish, fan va innovatsiyani rivojlantirish boshqarmasi bosh inspektori, mayor Maxmud Jumaniyazov hamda Aholini va hududlarni muhofaza qilish boshqarmasi bo'lim boshlig'i, polkovnik Raxmutdin Nuraliyev taklif etilib, bahor mavsumida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanish bo'yicha tushunchalar berildi.

☝️Bundan ko'zlangan asosiy maqsad xodimlaro'rtasida favqulodda vaziyatlar hamda yong'in kelib chiqqan vaqtda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirib borishdan iborat.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
👍👍👍👍👍

USLUBIY YORDAM KO'RSATISH GURUHIDAGI FAOL HUDUDLAR KOʻRSATKICHI TAHLIL QILINDI


▪️Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Uslubiy yordam guruhi" ishga tushurildi.

Guruhda 2024-yil mart oyida faol qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan hududlar boʻyicha monitoring ishlab chiqildi.

☝️Batafsil infografikada tanishishingiz mumkin.

Guruh bilan tanishish:
⌨️ @RBABM_Uslubiy_yordam

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏1