Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
39.9K subscribers
10.7K photos
731 videos
9 files
4.45K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi

BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TUMANLARDA O'TKAZILMOQDA!

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi  tomonidan "Barkamol avlod bolalari" festivali Qoraqalpogʻiston Respublikasida start olgani haqida ma'lum qilgan edik.

📌 Hozirda festival Qoraqalpogʻiston Respublikasida mavjud tuman (shahar) "Barkamol avlod" bolalar maktablarida ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda.

Jumladan, Shumonay tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Barkamol avlod bolalari" festivalining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Bunda,
🔹Liboslar dizayni”
🔹"Robototexnika"
🔹"Landshaft"
🔹"Milliy kashtachilik"
🔹"Shaxmat"
🔹“Mental arifmetika”
🔹"Ingliz tili" to'garak a'zolari ishtirok etishdi.

🎁Festival davomida faol ishtirok etgan to'garak a'zolari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 4-aprel, Payshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

📲 Xalqaro Internet kuni
🕺 Yoqutistonda otalar kuni
👶 Tayvanda bolalar kuni
💼 AQSHda maktab kutubxonachilari kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸 1500-yil — P. Kabral Braziliyani kashf etdi.
🌸 1785-yil — Ingliz kashfiyotchisi Edmund Kartrayt oyoq bilan ishlaydigan to‘quv mashinasiga patent oldi.
🌸 1947-yil — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) faoliyati boshlandi.
🌸 1973-yil — Nyu-Yorkda (Manxetten) Butunjahon savdo markazi ochildi.
🌸 1914-yil — “Sadoi Turkiston” gazetasining ilk soni nashr etildi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1758-yil — Pyer Pol Prudon — fransiyalik rassom, Napoleon saroyining bezakchisi.
🌹 1821-yil — Linus Yel — amerikalik silindrli eshik qulfi ixtirochisi.
🌹 1948-yil — Den Simmons — amerikalik ilmiy-fantastik janrda qalam tebratgan yozuvchi, oʻz janridagi barcha mashhur mukofotlar laureati.
🌹 1980-yil — Bekzat Sattorxonov — qozog‘istonlik bokschi, yengil vazn toifasida Olimpiya chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

“Biz Temur avlodimiz” respublika onlayn ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 9-aprel — Buyuk Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Biz Temur avlodimiz” respublika onlayn ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda!

✔️Ko‘rik-tanlov nizomda belgilangan shartlar asosida 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

⭕️⭕️⭕️
Ko‘rik-tanlov "Madaniyat va san'at" (Teatr olamiga sayohat) yoʻnalishida tashkil etiladi.

📌To‘rik-tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havola tanishing!

🎗Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

➡️Ko‘rik-tanlovda 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar!
Tanlovda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!


Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Barkamol avlod" bolalar maktablarida faoliyat yuritayotgan Oliy ma'lumotli kadrlar boʻyicha REYTING tuzildi

📈 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod" bolalar maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy ma'lumotli kadrlar koʻrsatkichi boʻyicha joriy oʻquv yilining mart oyi holatiga koʻra REYTING belgilandi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad:

☝️maktabdan tashqari ta'lim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish,
☝️toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish,
☝️hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini jonlantirish.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:👇


🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barkamol avlod" bolalar maktablari “Turizm va ekologiya” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida…

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida hozirgi kunda “Turizm va ekologiya” yo‘nalishi bo‘yicha 1205 ta to‘garaklarga jami 37 323 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.

Xususan, Toshkent viloyati, Bekobod shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida faoliyat olib borayotgan "Yosh ekolog va tabiatshunos" to'garak a'zolari Ekologiya, atrof-muhitni muhofoza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan "1-Aprel-Xalqaro qushlar kuni" munosbati bilan "Qushlar bizning do'stimiz" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib faxrli o'rinlarni egallashdi.

🤖To‘garak mashg'ulotlarimiz sizni qiziqtirgan bo‘lsa ONLINE ro‘yxatdan o‘ting!

Roʻyxatdan oʻtish
👈

SHOSHILING!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍👍

Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar ''Barkamol avlod'' bolalar maktabining ''Yosh qalamkash'' to‘garagi rahbari O‘LMASXON NISHONOVAga Qirg'iziston Respublikasi “Qirg'iz shoir-yozuvchilari” uyushmasi hamda Qozog'iston Respublikasi "Jahon iste'dodlari ittifoqi" uyushmasi tomonidan a'zolik guvohnomalari topshirildi.

⚠️ Ma’lumot uchun

Oʻlmasxon Nishonovaning "Muhabbat bekati", "Xarorat" nomli she’riy to‘plamlari chop etilib, qozoq hamda qirgʻiz tillariga tarjima qilingan.

👏Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak rahbarimiz Oʻlmasxon Nishonovani kelgusi ish faoliyatida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qoladi!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11-17 yoshdagi shoirlar uchun The Foyle Young Poets of the Award sheʼrlar tanlovi

Talablar
Tanlovda 2024-yil 31-iyulgacha 11-17 yosh oralig'ida bo'lgan barcha davlat fuqarolari ishtirok eta oladi. She'rlar ingliz tilida yozilishi kerak, ammo ishtirokchi o'z ona tiliyoki boshqa tildagi iboralarni ham she'rga kiritishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Ushbu she'riyat tanlovida TOP 100 nafari (Top 15 nafar g'olib va 85 nafar maqtovga sazovor) g'olib deb topiladi;
— She'riyat Jamiyatining (The Poetry Society) bir yillik Yoshlar a'zoligiga ega bo'ladilar;
— Kitoblar va boshqa qimmatbaho sovgʻalarni oʻz ichiga olgan sovgʻa sumkasi beriladi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil👈

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IQTIDORLI BOLALAR KENGASHI FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH MUHOKAMA ETILDI

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Toshkent viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

🔵Bunda, viloyatdagi barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarining iqtidorli bolalar bilan ishlash boʻyicha mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

⚠️ Seminar “Bolalar iqtidorini aniqlashda jahon tajribasi” mavzusida tashkil etilib, ishtirokchilarning taklifi va mavzuga oid savollariga javob berildi.

Mazkur seminardan ko'zlangan maqsad:

✍️"Barkamol avlod" bolalar maktablarining to‘garak a'zolari qamrovini oshirish
✍️o'quvchilar o'rtasida jamoaviy muhitni shakllantirish,
✍️o'quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda Iqtidorli bolalar Kengashi a'zolari ko'magini oshirish.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 5-aprel, Juma.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

👨‍👩‍👧‍👦 Janubiy Afrikada oila kuni
👶 Falastinda bolalar kuni
💼 Qirg‘izistonda sud tizimi xodimlari kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸 1868-yil — Angliyada stepler patentlandi.
🌸 1976-yil — Tarixda birinchi marta AQSh valyutasiga nisbatan funt sterling 2 dollardan pastga tushdi.
🌸 1989-yil — «Disney Channel» telekanali “Chip va Deyl yordamga shoshmoqda” multserialini namoyish eta boshladi.
🌸 1998-yil — Yaponiyada dunyodagi eng uzun osma koʻprik qurib bitkazildi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1820-yil — Feliks Nadar —dunyoda birinchi boʻlib aerofotosuratlar olgan fransuz fotografi, karikaturachi va fotojurnalistika asoschisi.
🌹1827-yil — Jozef Lister — tibbiy amaliyotga antiseptiklarni olib kirgan ingliz jarrohi.
🌹1869-yil — Sergey Chapligin — rossiyalik mexanik olim, akademik, aerodinamika asoschilaridan biri.
🌹1971-yil — Kim Su Nyon — janubiy koreyalik sportchi, kamondan oʻq uzish boʻyicha 4 karra jahon chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM