Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
19.1K subscribers
12K photos
861 videos
10 files
4.92K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
OʻQUVCHILAR YANGI LOYIHA ASOSIDA TOʻGARAKLARNI BIR OY BEPUL OʻRGANDI

🇺🇿Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida tumandagi 10-,42-,59-,324-,19-,115-,20-maktablaridan jami 50 nafar oʻquvchilarga bilim va kasb-hunar o'rgatish loyihasiga start berilgan edi.

📌Bunda, oʻquvchilarning qiziqishlarini aniqlash maqsadida ular oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilib, oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan toʻgaraklarda bir oy davomida tajriba tariqasida BEPUL jalb qilindi.

▪️Bugun ushbu toʻgaraklarni toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchilarga sertifikatlar topshirildi.

📌Ma’lumot o'rnida: ushbu loyiha respublikamizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablariga bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 19-mart, Seshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🕺 Italiyada otalar kuni
🐳 Rossiyada suvosti dengizchilari kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸 1958-yil — Strasburgda Yevropa parlamentining birinchi majlisi ochildi.
🌸 1964-yil — Alp dovonidan oʻtuvchi tunel ishga tushdi.
🌸 1992-yil — O‘zbekiston va Polsha davlatlari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1883-yil – Valter Xovort — ingliz organik kimyogari va biokimyogari, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🌹 1900-yil — Frederik Jolio-Kyuri — fransuz fizigi, kimyo boʻyicha “Nobel” mukofoti sovrindori, tinchlik faoli.
🌹 1900-yil — Solih Mutallibov — tilshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

📣"Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!

25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.

📍 Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:

Offlayn yo'nalishlar:
3D dizayn,
Raqamli dizayn,
Startup loyihalar,
Grafik dizayn.

Onlayn yo'nalishlar:
Python,
Sun'iy intellekt (AI),
Frontend (React.js),
Web dizayn,
Back-end (.Net),
Back-end (Go),
Mobile flutter.

❗️Shoshiling!

👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/

✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.

⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari-2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!

👉Batafsil: https://t.iss.one/digitalgeneration_uz

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Faoliyatimizdan

Barkamol avlod" bolalar maktablari “MADANIYАT VA SAN’AT” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida…

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida hozirgi kunda “Madaniyat va san’at” yo‘nalishi bo‘yicha 1582 ta to‘garaklarga jami 44798 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.

📈Xususan, ushbu yo‘nalishning 261 ta "Milliy va jahon raqslari" to‘garagida 7552 nafar o‘quvchi yoshlar san’at sirlarini o‘rganib kelmoqdalar.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining "Raqs" toʻgaragida 20 nafar to'garak a'zolariga mashg'ulotar muntazam ravishda olib borilmoqda.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FAOLIYAT SAMARADORLIGI MUHOKAMA ETILDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlari ishtirokida ZOOM platformasida choraklik tahliliy hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig'ilish davomida
o‘quvchilarni “Barkamol avlod” bolalar maktablariga qamrab olish ko‘rsatkichi,
tarmoq to‘garaklar faoliyati,
byudjetdan tashqari mablag‘ topish,
o'zaro tajriba almashish,
monitoring yuritish masalalari muhokama qilindi.

⌨️Shuningdek, joylardagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida mavjud muammolar va ularning yechimlari hamda kelgusidagi vazifalar bo‘yicha takliflar berildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_viloyati

“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TUMANLARDA O'TKAZILMOQDA!

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi  tomonidan "Barkamol avlod bolalari" festivali Samarqandda start olgani haqida ma'lum qilgan edik.

📌 Hozirda festival Samarqand viloyatida mavjud tuman (shahar) "Barkamol avlod" bolalar maktablarida ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda.

Jumladan, Samarqand tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Barkamol avlod bolalari" festivalining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Bunda,
🔹”Tasviriy san’at”
🔹"Karving"
🔹"Konstruktor-lego"
🔹"Munchoqli bezak"
🔹"Shaxmat"
🔹“Mental arifmetika”
🔹"Ingliz tili" to'garak a'zolari ishtirok etishdi.

🎁Festival davomida faol ishtirok etgan to'garak a'zolari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM