Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
34.9K subscribers
10.8K photos
742 videos
9 files
4.49K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi rahbariyati hududlarda…

▪️Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi rahbariyati Sirdaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida boʻlib, oʻquvchilar qamrovini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab to‘garak mashg‘ulotlari jarayoni kuzatilib, amaliy-uslubiy yordam koʻrsatildi.

📌Soʻng, Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori D.Uralov tomonidan Sirdaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda xodimlarning mazkur chorakda amalga oshirgan ishlari boʻyicha hisobotlari tinglanib, faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha takliflari bilan qiziqdi.

⚡️Shuningdek, seminar soʻnggida mart oyida Sirdaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “BARKAMOLLIK” oyligiga start berilishiga kelishib olindi.

📌Bundan maqsad,

to‘garaklarda o‘quvchi-yoshlar qamrovini oshirish,
madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish
ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish

Hududlarda amaliy-uslubiy yordamlar davom etadi...

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 14, 2024
Assalomu alaykum!

Bugun 15-fevral, Payshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🔺 Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni
🔺 Serbiyada millat kuni
🔺 Singapurda milliy mudofaa kuni
🔺 Tayvanda turizm kuni

🌎 VOQEALAR:

1820-yil — daniyalik fizik gans Kristian Ersted elektrning magnit ta’siri borligini kashf etdi.
1922-yil — Gaagada Xalqaro sudning birinchi majlisi ochildi.
1946-yil — “ENIAC” raqamli kompyuterining ishlashi namoyish etildi.
1949-yil — Xaim Veytsmanning nomzodi Isroilning birinchi prezidenti lavozimiga tasdiqlandi.
1976-yil — Avtriyaning Insbruk shahrida XII qishki Olimpiya o‘yinlari yakunlandi.

TAVALLUDLAR:

🎉 1564-yil — Galileo Galiley — italyan fizigi, astronomi va mexanigi, aniq tabiatshunoslikning asoschilaridan biri, teleskop ixtirochisi.
🎉 1797-yil — Geynrix Shtaynverg — avstriya-amerikalik pianinochi, “Steinway & Sons” kompaniyasi asoschisi.
🎉 1902-yil — G‘ayratiy — O‘zbеkiston xalq shoiri.
🎉 1926-yil — Saida Zunnunova — shoira, yozuvchi Said Ahmadning rafiqasi.
🎉 1965-yil — Luqmon Bo‘rixon — O‘zbekiston yozuvchisi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 15, 2024
Ayol-qizlarni tabiiy va aniq fanlarga jalb qilishga qaratilgan $50,000 mukofotli Inspiring Women in Science tanlovi

Talablar:
Tanlov ikki kategoriya bo'yicha o'tkaziladi.

1️⃣- toifada ayollarni STEM sohasiga rag'batlantira oluvchi g'oyaga ega barcha qatnasha oladi;

2️⃣- toifa esa faqat ayol-qizlar uchun mo'ljallangan. Tanlov ingliz tilida bo'lgani uchun nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.

Foydali tomonlari
✔️Ikki kategoriya bo'yicha g'olibga 50,000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli beriladi;
✔️Londondagi taqdirlash marosimiga taklifnoma beriladi. Londondagi turarjoy, safar xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi;
✔️ G'oliblarning ishlari Nature.com saytida chop etiladi.

📆Oxirgi muddat
08.04.2024

Batafsil👈

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 15, 2024
#Faoliyatimizdan

“Barkamol avlod" bolalar maktablaridagi “Turizm va ekologiya” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida…


▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi “Turizm va ekologiya” yo'nalishining 113 ta “Yosh o'lkashunos va sayyoh” to‘garaklariga jami 3300 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.  
                                              
Xususan, bugungi kunda Farg'ona viloyati, So'x tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Yosh o'lkashunos va sayyoh” to'garagida 90 nafar a'zolari mavjud.

To'garakda ulug' bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ochiq mashgʻulot darsi bo'lib o'tdi.
   
Jumladan,
Ochiq mashgʻulot darsidan koʻzlangan asosiy maqsad toʻgarak aʼzolarini ajdodlar ruhi ostida kamol toptirishdan iboratdir.

🤖To‘garak mashg'ulotlarimiz sizni qiziqtirgan bo‘lsa ONLINE ro‘yxatdan o‘ting!

Roʻyxatdan oʻtish
👈

SHOSHILING!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 15, 2024
#Faoliyat

Quyi Chirchiq tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda!

▪️Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida toʻgaraklar faoliyati uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Bugungi kunda maktabimizda 65 nomdagi toʻgaraklar tashkil etilgan bo'lib, bu toʻgaraklarda 2224 ta toʻgarak a’zolari tahsil olib kelmoqda.

Xususan,
"Milliy va jahon raqslari"
"Estrada vokal",
"Ingliz tili”,
“O'zbek milliy jahon musiqa asboblarini chalish”,
“Oila hamshirasi",
“Logika, o'yinli matematika”,
“Mental arifmetika”,
“Konstruksiya”,
“Ekodizain va interyer”
"Stol tennisi",
"Kompyuter dizayini",
"Sartaroshlik san'ati"
"Yumshoq o'yinchoqlar to'qish"
"Tasviriy sa'nat"
"Karving"
"Shaxmat va shashka"
"Voleybol" 
yoʻnalishlarida doimiy tarzda toʻgarak mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

📚Yaratilgan sharoitlar yosh avlodga oʻzlarini bilimlarini va qobilyatlarini namoyon etishga keng yordam berib kelmoqda.

Hozirda toʻgarak a’zolarimiz yaratilgan sharoitlardan mamnunligini bildirmoqdalar.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 15, 2024
👍👍👍👍👍👍👍

Toʻgarak aʼzolarimizdan navbatdagi XALQARO GʻALABA

🇷🇺Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida "Гордость Страны" V xalqaro tanlov boʻlib oʻtdi.

🌎Ushbu Xalqaro tanlovda 100 dan ortiq davlatlar qatnashib, 1000 ga yaqin ijodiy ishlar saralab olingan.

✔️Bunda, Andijon viloyati, Qoʼrgʻontepa tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining to'garak a'zolari ham "Amaliy san'at" yo'nalishida ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdilar:

Mubinaxon Ashurova - 🥇
Muslimaxon Sotvoldiyeva - 🥇


🎉G'oliblikni qo'lga kiritgan toʻgarak a’zolarimizni erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 15, 2024
Assalomu alaykum!

Bugun 16-fevral, Juma.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🔺 Litvada davlatchilikni tiklash kuni
🔺 Ukrainada birlik kuni
🔺 Islandiyada ayollar kuni

🌎 VOQEALAR:

1923-yil — Govard Karter Fir'avn Tutanxamon qabrini ochdi.
1992-yil — Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Tehronda boʻlib oʻtgan yigʻilishida Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Tojikiston tashkilot aʼzoligiga qabul qilindi.
1962-yil — Sirdaryo viloyati tashkil topdi.
1964-yil — Surxondaryo viloyati tashkil topdi.
1994-yil — O‘zbekiston terma jamoasi qizlari Osiyo chempioni bo‘lishdi.

TAVALLUDLAR:

🎉 1514-yil — Georg Yoaxim fon Retik — nemis matematigi va astronomi, Nikolay Kopernikning yagona shogirdi.
🎉 1698-yil — Pyer Buger — fransuz olimi, fotometriya asoschilaridan biri.
🎉 1822-yil — Frensis Galton — ingliz tadqiqotchisi, antropolog, psixolog, birinchi razvedka testlarining yaratuvchisi.
🎉 1995-yil — Isroil Madrimov — boks boʻyicha jahon chempionati sovrindori.
🎉 1991-yil — Sevara Yusupova — eng fidoiy ayol qahramoni savrindori.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 16, 2024
👍👍👍

Online toʻgaraklarga start berilmoqda
⚡️

📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan respublikamizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun Facebook va You TUBEdagi rasmiy sahifamizda online toʻgaraklar tashkil etilmoqda.

🌐Online toʻgaraklar 7 yoʻnalish 79 nomda oʻtkaziladi.

🔊Diqqat!🔊
📝Mavzuga oid bo'lgan savollarni mashgʻulot tashkil etilayotgan vaqt izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

✔️Savollarga Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining ilg'or ish tajribaga ega bo'lgan mutaxassislari tomonidan javob olishingiz mumkin.

Mazkur online mashgʻulotlardan maqsad, to'garaklarining samaradorligini yanada oshirish va mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berishdan iborat.

Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 16, 2024
“Barkamol avlod" bolalar maktablaridagi “GILAMDO‘ZLIK” to‘garaklari haqida…

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida hozirgi kunda “Hunarmandchilik va qo’l mehnati” yo’nalishi bo‘yicha 2 807 ta to‘garaklarga 87 596 nafar o‘quvchi yoshlar qamrab olingan.

240 ta tashkil etilgan "Gilamdo‘zlik, zardo‘zlik, do‘ppido‘zlik" to‘garaklarida 8243 nafar o‘quvchi yoshlar kasb-hunar sirlarini mukammal egallab kelmoqdalar.

📈 Xususan, Toshkent viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Gilamdo‘zlik, zardo‘zlik, do‘ppido‘zlik” yoʻnalishi boʻyicha 6 ta toʻgarakga 179 nafar oʻquvchi yoshlar jalb qilingan.

Jumladan,
Toshkent viloyati, Olmaliq shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida 3ta tashkil etilgan “Gilamdo‘zlik” to‘garagida 79 nafar o‘quvchi bilim olib kelmoqda.

🤖To‘garak mashg'ulotlarimiz sizni qiziqtirgan bo‘lsa ONLINE ro‘yxatdan o‘ting!

Roʻyxatdan oʻtish
👈

SHOSHILING!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 16, 2024