Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
39.5K subscribers
10.7K photos
732 videos
9 files
4.46K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
YASHIL MAKON LOYIHASI “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABLARIDA!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish boʻyicha "Eko barkamol maktab" aksiyasini e'lon qilingan edi.

📌Bugun aksiya doirasida Surxondaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi tomonidan maktab hududida obodonlashtirish ishlari olib borilib, gul hamda daraxt ko'chatlari ekildi.

Siz ham "Yashil_makon umummilliy loyihasi"da daraxt koʻchatlari ekish boʻyicha "Eko barkamol maktab" aksiyasiga qoʻshiling va daraxt eking!

"Barkamol avlod" bolalar maktablarida "Yashil makon loyihasi" davom etadi!

☝️Tabiatni birgalikda asraylik!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

📺 Oʻzbekiston 24 telekanalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol laureati” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi va taqdirlash marosimi o'tkazilganligi keng yoritildi.

#30oct #uzbekiston24

📌 Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣 DIQQAT DIQQAT📣📣

“Bayrog‘imiz- faxrimiz” challenge o‘tkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunining 32 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘imiz - faxrimiz” challenge tashkil etilmoqda!

Challenge quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
🖼Rasm chizish;
📹Mavzuga oid videorolik.

📌Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan ijodiy ishlar nizom shartlari asosida toʻgʻri tasvirlanganligiga e'tibor qaratiladi.

📌Challenge nizomi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishing👇
https://surl.li/mroda

❗️Challenge 17-noyabr kuniga qadar davom etadi.

➡️Challengeda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

🎁Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan MAXSUS DIPLOM bilan taqdirlanadilar.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar challengeda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!

Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABLARI FAOLIYATIDAGI NAVBATDAGI XALQARO GʻALABA

🇰🇿Qozogʻiston davlatining Olmaota shahrida “Badiiy gimnastika” boʻyicha XALQARO OCHIQ OLIMPIADA boʻlib oʻtdi.

🏆Bunda, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Badiiy gimnastika” toʻgaragi aʼzosi Zinnura Begaliyeva ishtirok etib, faxrli 🥇1-oʻrinni egalladi.

🎉G'oliblikni qo'lga kiritgan Zinnura Begaliyevani erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqada Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 1-noyabr, Chorshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Rossiyada sud ijrochilari kuni
🗄 Qirg‘izistonda militsiyachilar kuni
🗄 Bolgariyada milliy yetakchilar kuni
🗄 Antigua va Barbududa Mustaqillik kuni
🗄 Jazoirda inqilob kuni

🌎 VOQEALAR:

👨‍💻 1800-yil — Jon Adams — Oq uy istiqomat qilgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi.
⚽️ 1897-yil — Turin universiteti talabalari Italiyaning mashhur “Yuventus” futbol klubiga asos soldi.
😱 1952-yil — AQSh birinchi marta vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi.
🔥 1993-yil — Turkmanistonda milliy valyuta — manat muomalaga kiritildi.
🎟 1998-yil — Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi tashkil etildi.

🌺TAVALLUDLAR:

1636-yil — Nikola Bualo-Depreo — fransuz shoiri, tanqidchi, klassitsizm nazariyotchisi.
1863-yil — Jorj Parker — amerikalik ixtirochi, “Parker Pen Company” kompaniyasi asoschisi.
1889-yil — Filipp Noel-Beyker — britaniyalik diplomat, pasifist, tinchlik boʻyicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1968-yil — Silvio Fauner — italiyalik chang‘ichi, Olimpiya va jahon chempioni.
1989-yil — Gabriela Koukalova — chexiyalik biatlonchi, 2 karra jahon chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyohlik_bazasi

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Bolalar sayyohlik bazasi" binosining qurilish jarayonlari bilan tanishdi

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori v.v.b Yo‘ldoshxo‘ja Akbarov Samarqand viloyatidagi sayyohlik bazasida boʻlib, rekonstruksiya qilinayotgan binoning bugungi kundagi holati va amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

💸Xususan, joriy yilning 3-yanvar sanasida 200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi”ni ta’mirlash ishlari boshlanib, bugungi kunga qadar qurilish tashkiloti tomonidan 90% ishlar bajarilgan.

📶Binoni ko‘zdan kechirish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish hamda binoning fasadiga alohida ahamiyat qaratish lozimligi ta'kidlandi.

📌Ma'lumot uchun, Samarqand viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi huzurida 200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi”ni tashkil etish 2022-yilda belgilangan edi. Rekonstruksiya ishlari uchun 2,5 millard pul sarflandi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Andijon viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabiga direktor tayinlandi

Xayitoxunov Xusanboy Shukurovich - Andijon viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.

✔️Bunga qadar Xusanboy Xayitoxunov Andijon viloyati, Jalaquduq tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining direktori lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

👏Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi Xayitoxunov Xusanboyni mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga omad tilaydi!

❗️Ma'lumot uchun, tayinlov Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshirildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 2-noyabr, Payshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Belarusda ajdodlar xotirasi kuni
🗄 Qirg‘izistonda madaniyat xodimlari kuni
🗄 AQSHda Ogayo shtati kuni

🌎 VOQEALAR:

📝 1903-yil — “The Daily Mirror” gazetasining birinchi soni nashr etildi.
📺 1936-yil — BBC Kristal Palasdagi studiyasidan birinchi yuqori aniqlikdagi televizion eshittirishlarini boshladi.
🎇 1953-yil — Pokistonda Konstitutsiyaviy assambleya Pokiston Islom Respublikasini e'lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
💸 1970-yil — Buyuk Britaniyada Narxlar va daromadlar departamenti tugatildi.

TAVALLUDLAR:

🎉 1795-yil — Jeyms Noks Polk — AQShning 11-prezidenti.
🎉 1815-yil — Jorj Bul — ingliz matematigi, mantiqiy algebra asoschisi.
🎉 1911-yil — Odisseas Elitis — gretsiiyalik shoir, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎉 1913-yil — Bert Lankaster — amerikalik aktyor va siyosatchi, “Oltin globus” va boshqa mukofotlar sovrindori.
🎉 1917-yil — Darvard Noulz — bagamiyalik sportchi, 1964 yilgi Olimpiya chempioni, 8 ta Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣 DIQQAT DIQQAT📣📣

“Active sport” respublika sport musobaqalari o‘tkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Active sport” respublika sport musobaqalari tashkil etilmoqda!

🧪Musobaqa shaxmat, shashka va stol tennisi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

🫥Musobaqa nizomi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishing!

🎗Musobaqa g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

➡️Musobaqada 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Musobaqaning asosiy maqsadi kuzgi ta’til mobaynida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar!
Musobaqada faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!


Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan navbatdagi videokonferensiya oʻtkazildi

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ZOOM platformasida Andijon viloyatidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlari va monitoring boʻyicha mutaxassislar ishtirokida videokonferensiya tashkil etildi.

📶Bunda, monitoring mutaxasislari tomonidan taqdim qilinayotgan ma'lumotlarning aniqligiga etibor qaratish, topshiriqlarni o'z vaqtida taqdim etish va tarmoq to'garaklari faoliyatini to'g'ri yuritish masalalari koʻrib chiqildi.

📌Videokonferensiya davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

☝️Mazkur videokonferensiyadan maqsad maktabdan tashqari ta’lim sifatini yanada oshirish va yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM