Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
18.6K subscribers
10.5K photos
699 videos
9 files
4.32K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
Tarmoq to'garaklar faoliyati bilan tanishildi

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Toshkent shahar Chilonzor tumani 188-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Toʻqish” to'garagi faoliyati bilan tanishdi.

☝️Dastlab mashgʻulot jarayoni mas'ul xodimlar tomonidan kuzatilib, amaliy-uslubiy yordamlar ko'rsatildi.

📌 Tarmoq toʻgaraklar faoliyati bilan tanishishdan asosiy maqsad, toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish, ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordamlar ko'rsatishdan iborat.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahorat mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda!

▪️Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etiladigan mahorat mashg‘ulotlari (master klass) hamda o‘quv-treninglar rejasi shakllantirilgan edi.

Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Nukus shahar 1-sonli Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi milliy assotsiatsiyasi mutaxassislari ishtirokida mahorat mashg'uloti o'tkazildi.

💠Mahorat mashg‘uloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Barkamol avlod" bolalar maktablarining "Jismoniy tarbiya va sport" yoʻnalishidagi to'garak rahbarlari va a’zolari uchun tashkil etildi.

☝️Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, "Hunarmand" uyushmasi, O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Taekwon-do ITF milliy assotsiatsiyasi, Axborot Texnologiyalari Universiteti bilan imzolangan hamkorlik Memorandumlari asosida onlayn va oflayn mahorat mashg‘ulotlari hamda o‘quv-treninglar tashkil etiladi.

Hududlarda mahorat mashgʻulotlari davom etadi!

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 31-oktabr, Seshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Butunjahon shaharlar kuni
🗄 Butunjahon tejamkorlik kuni
🗄 Qozog‘istonda ijtimoiy soha vakillari kuni
🗄 Qirg‘izistonda mahalliy hamjamiyat kuni

🌎 VOQEALAR:

👏 1864-yil — Nevada AQShning 36-shtatiga aylandi.
👨‍💻 1892-yil — Artur Konan Doyl “Sherlok Xolmsning sarguzashtlari” kitobini nashr etdi.
👨‍👩‍👧‍👦 1906-yil — Italiyaning Milan shahrida “Expo-1906” Butunjahon ko‘rgazmasi yakunlandi.
👶 2011-yil — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Yerda 7 milliardinchi odam tug‘ildi.
🦋 2018-yil — Hindistonda sayyoradagi eng baland — Birlik haykali ochildi.

🎉TAVALLUDLAR:

1737-yil — Jeyms Lovell — amerikalik davlat arbobi, pedagog, “Amerika kriptografiyasi otasi”.
1835-yil — Adolf fon Bayer — nemis organik kimyogari, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1892-yil — Aleksandr Alekxin — rus shaxmatchisi, 4-jahon chempioni.
1947-yil — Herman Van Rompyey — belgiyalik va yevropalik siyosatchi, Yevropa kengashi prezidenti, Belgiya bosh vaziri.
1958-yil — Janni Longo — fransuz velosportchisi, Olimpiada va13 karra jahon chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YASHIL MAKON LOYIHASI “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABLARIDA!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish boʻyicha "Eko barkamol maktab" aksiyasini e'lon qilingan edi.

📌Bugun aksiya doirasida Surxondaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi tomonidan maktab hududida obodonlashtirish ishlari olib borilib, gul hamda daraxt ko'chatlari ekildi.

Siz ham "Yashil_makon umummilliy loyihasi"da daraxt koʻchatlari ekish boʻyicha "Eko barkamol maktab" aksiyasiga qoʻshiling va daraxt eking!

"Barkamol avlod" bolalar maktablarida "Yashil makon loyihasi" davom etadi!

☝️Tabiatni birgalikda asraylik!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

📺 Oʻzbekiston 24 telekanalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol laureati” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi va taqdirlash marosimi o'tkazilganligi keng yoritildi.

#30oct #uzbekiston24

📌 Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣 DIQQAT DIQQAT📣📣

“Bayrog‘imiz- faxrimiz” challenge o‘tkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunining 32 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘imiz - faxrimiz” challenge tashkil etilmoqda!

Challenge quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
🖼Rasm chizish;
📹Mavzuga oid videorolik.

📌Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan ijodiy ishlar nizom shartlari asosida toʻgʻri tasvirlanganligiga e'tibor qaratiladi.

📌Challenge nizomi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishing👇
https://surl.li/mroda

❗️Challenge 17-noyabr kuniga qadar davom etadi.

➡️Challengeda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

🎁Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan MAXSUS DIPLOM bilan taqdirlanadilar.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar challengeda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!

Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABLARI FAOLIYATIDAGI NAVBATDAGI XALQARO GʻALABA

🇰🇿Qozogʻiston davlatining Olmaota shahrida “Badiiy gimnastika” boʻyicha XALQARO OCHIQ OLIMPIADA boʻlib oʻtdi.

🏆Bunda, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Badiiy gimnastika” toʻgaragi aʼzosi Zinnura Begaliyeva ishtirok etib, faxrli 🥇1-oʻrinni egalladi.

🎉G'oliblikni qo'lga kiritgan Zinnura Begaliyevani erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqada Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 1-noyabr, Chorshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Rossiyada sud ijrochilari kuni
🗄 Qirg‘izistonda militsiyachilar kuni
🗄 Bolgariyada milliy yetakchilar kuni
🗄 Antigua va Barbududa Mustaqillik kuni
🗄 Jazoirda inqilob kuni

🌎 VOQEALAR:

👨‍💻 1800-yil — Jon Adams — Oq uy istiqomat qilgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi.
⚽️ 1897-yil — Turin universiteti talabalari Italiyaning mashhur “Yuventus” futbol klubiga asos soldi.
😱 1952-yil — AQSh birinchi marta vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi.
🔥 1993-yil — Turkmanistonda milliy valyuta — manat muomalaga kiritildi.
🎟 1998-yil — Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi tashkil etildi.

🌺TAVALLUDLAR:

1636-yil — Nikola Bualo-Depreo — fransuz shoiri, tanqidchi, klassitsizm nazariyotchisi.
1863-yil — Jorj Parker — amerikalik ixtirochi, “Parker Pen Company” kompaniyasi asoschisi.
1889-yil — Filipp Noel-Beyker — britaniyalik diplomat, pasifist, tinchlik boʻyicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1968-yil — Silvio Fauner — italiyalik chang‘ichi, Olimpiya va jahon chempioni.
1989-yil — Gabriela Koukalova — chexiyalik biatlonchi, 2 karra jahon chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyohlik_bazasi

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Bolalar sayyohlik bazasi" binosining qurilish jarayonlari bilan tanishdi

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori v.v.b Yo‘ldoshxo‘ja Akbarov Samarqand viloyatidagi sayyohlik bazasida boʻlib, rekonstruksiya qilinayotgan binoning bugungi kundagi holati va amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

💸Xususan, joriy yilning 3-yanvar sanasida 200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi”ni ta’mirlash ishlari boshlanib, bugungi kunga qadar qurilish tashkiloti tomonidan 90% ishlar bajarilgan.

📶Binoni ko‘zdan kechirish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish hamda binoning fasadiga alohida ahamiyat qaratish lozimligi ta'kidlandi.

📌Ma'lumot uchun, Samarqand viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi huzurida 200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi”ni tashkil etish 2022-yilda belgilangan edi. Rekonstruksiya ishlari uchun 2,5 millard pul sarflandi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM