Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
37.7K subscribers
10.7K photos
737 videos
9 files
4.47K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
“Til - millat koʻzgusi” mavzusida ijodiy davra suhbati oʻtkazildi

📌Ona tili – millat ruhi, tarix koʻzgusi, milliy maʼnaviyat asosidir.

▪️Shu munosabat bilan bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan toʻgarak a’zolari uchun “Til - millat koʻzgusi” mavzusida ijodiy davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📌Davra suhbati Oʻzbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi bilan imzolangan memorandum doirasida oʻtkazildi.

Oʻzbekfilm kinomatografiya aktyori Rixsivoy Aliyev va O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Azimov ishtirok etib, Ona tilining madaniyat va san’atdagi oʻrni” mavzusida ma’lumotlar berib oʻtdilar.

📝Davra suhbati davomida toʻgarak a’zolari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi “21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablarini shu kabi ijodiy tadbirlar o'tkazishda faol ishtirok etishga chaqiradi!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Bugun Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning Angren shahriga tashkil etilgan press-tur o’z nihoyasiga yetdi.


⚡️Unda OAV xodimlari viloyatning:

o’quvchilarni kasb-hunarga o’qitish,
inklyuziv ta’lim,
uydagi ta’lim,
maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati Angren shahri misolida tanishtirildi.
_
Fotolavhalarda shahardagi 17-sonli umumta’lim maktabi va 14-sonli Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#21_oktabr

Bugun O‘zbek tili bayrami kuni!

▪️Millatimiz ruhi, milliy gʻururimiz – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi, “21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami” munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.

☝️2020-yil 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunga qabul qilinib, unga muvofiq 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” etib nishonlash belgilandi.

Davlat tili mamlakat taraqqiyoti, jamiyat rivojida katta oʻrin egallaydi. Shu boisdan ona tilini asrab-avaylash, uning mavqeini yanada mustahkamlash, rivojlantirish mamlakat taraqqiyotning muhim omili sifatida qaraladi.

Til - millat koʻzgusi

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
TIL - MILLAT KOʻZGUSI!

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ona tilimizni ulugʻlash, uning boy xazinasi va nafosatini yosh avlodga yetkazish maqsadida “Til – millat ko‘zgusi” shiori ostida bayram-tadbiri tashkil etildi.

💸Tadbir davomida toʻgarak a’zolari tomonidan ijodiy sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
 
🎵Bayram-tadbiri oʻzbek tilini madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar ijrosida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

📶Mazkur bayram tadbiridan maqsad davlat uchun oʻz ona tili qay darajada muhim ekanligini anglatishdan iborat.

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi “21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablarini shu kabi ijodiy tadbirlar o'tkazishda faol ishtirok etishga chaqiradi!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM