Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
47.2K subscribers
10.7K photos
720 videos
9 files
4.41K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
#Faoliyat

Marg’ilon shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanish ularning bilim samaradorliklarini oshishiga, dunyoqarashlari kengayishiga, kelajak uchun aniq maqsad qo‘yishlarida muhim omil hisoblanadi.

☝️Bugungi kunda Farg‘ona viloyati, Marg’ilon shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida jami 1890 nafar to’garak a’zolari mavjud.

Xususan,
🎼"Madaniyat va san’at" yo‘nalishida 11 to’garak, 370 nafar to’garak a’zolari,
🖥"Texnika, konstruktorlik va modellashtirish" yo‘nalishida 6 to’garak, 230 nafar to’garak a’zolari,
🏓"Jismoniy tarbiya va sport" yo‘nalishida 4 to’garak, 140 nafar to’garak a’zolari,
🏺"Hunarmandchilik va qo’l mehnati" yo‘nalishida 15 to’garak, 630 nafar to’garak a’zolari,
✈️"Turizm va ekologiya" yo‘nalishida 9 to’garak, 260 nafar to’garak a’zolari,
🎓"Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov" yo‘nalishida 4 to’garak, 120 nafar to’garak a’zolari,
👩‍🏫"Xorijiy tillar" yo‘nalishida 5 to’garak, 140 nafar to’garak a’zolari.

➡️ Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tarmoq to’garaklar soni 36 ta bo‘lib, to‘garak a'zolari 930 nafarni tashkil etadi.

📶Barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablarining faoliyati haqida bizning sahifalarimizda tanishishingiz mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YORUGʻ KELAJAK SARI ENG TOʻGʻRI QADAM!

Siz kelajagingiz uchun harakatni boshladingizmi?!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👋 Assalomu alaykum!

Bugun 15-oktabr, yakshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

💃 Xalqaro qishloq ayollari kuni
🤲 Xalqaro qo‘l yuvish kuni
🚑 Belarusda farmatsevtika va mikrobiologiya sanoati xodimlari kuni
👨‍🏫 Braziliyada o‘qituvchilar kuni
🌳 Shri-Lankada daraxt ekish kuni
👨‍💻Hindistonda talabalar kuni
💆AQSHda kosmetologlar kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

1570-yil — hozirgi Shimoliy Koreyaning poytaxti Pxenyan shahriga asos solindi.
1666-yil — Angliya qiroli Charlz II yangi modani taqdim etib, birinchi marta nimcha kiydi.
1864-yil — Amerika fuqarolar urushi davridagi Glazgo jangi yuz berdi.
1880-yil — ilk tamal toshi qo‘yilganidan 632 yil o‘tgach, Kyoln sobori qurilishi yakunlandi.
1932-yil — Hindiston milliy aviakompaniyasi — “Air India” tashkil etildi.
1964-yil — dunyodagi eng yirik neft quvuri — “Drujba” ishga tushirildi.
1991-yil — urushdan oldingi davr fuqarolari uchun Latviya fuqaroligi tiklandi.
1995-yil — Iroqdagi prezidentlik saylovlarida Saddam Husayn 99,96 foiz ovoz oldi.
2003-yil — Ilhom Aliyev Ozarbayjon Prezidenti etib saylandi.

TAVALLUDLAR:

1809-yil — Xachatur Abovyan — arman yozuvchisi, yangi arman adabiyoti asoschisi.
1829-yil — Asaf Xoll — 1877-yilda Marsning ikkita yo‘ldoshini kashf etgan amerikalik astronom.
1917-yil — Artur Meyer Shlesinger — amerikalik tarixchi, yozuvchi, ijtimoiy tanqidchi, siyosatchi, uch karra “Pulitser” mukofoti sovrindori.
1920-yil — Mario Puzo — amerikalik yozuvchi, tanqidchi, ssenariy muallifi, “Cho‘qintirgan ota” kitobi muallifi.
1924-yil — Li Yakokka — amerikalik menejer va sanoatchi, “Ford” va “Chrysler” avtomobil kompaniyalari boshqaruvchisi.
1973-yil — Aleksandr Filimonov — rossiyalik futbolchi, darvozabon, 6 karra Rossiya chempioni.
1988-yil — Mesut O‘zil — turk millatiga mansub nemis futbolchisi, jahon chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurist_maslahati

14 YOSHGACHA BOLASI BOR XODIMLAR ISHGA KIRGANIGA 6 OY BO‘LMASA HAM TA’TIL OLISHI MUMKINMI?

⁉️SAVOL
Bir xodimimiz ishga kelganiga endi 4 oy bo‘ldi. U mehnat ta’tili berishimizni so‘rab ariza yozdi. Men ishga kirganingizga hali 6 oy bo‘lgani yo‘q desam, 14 yoshga to‘lmagan 2 ta farzandim bor, shuning uchun haqqim bor vaqtliroq ta’til olishga, deyapti. Shu to‘g‘rimi?

JAVOB
Mehnat kodeksining 227-moddasiga asosan birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan 6 oy o‘tganidan keyin yuzaga keladi.

To‘g‘ri, ushbu Kodeksning 227-moddasi 3-qismida 6 oy o‘tmasidan ham mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar qatorida 14 yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslar ham bor.

MK 227-modda 3-qismi 3-xatboshisida aslida shunday deyilgan:

14 yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg‘iz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga)” deyilgan.

Ya’ni 14 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan va ishga kirganiga 6 oy bo‘lmagan xodim qaysi holatlarda mehnat ta’tilini muddatidan avval olishi mumkin?

Javob shunday
: agar u yolg‘iz ota-ona maqomida bo‘lsa, agar u beva bo‘lsa, agar u nikohdan ajrashgan bo‘lsa, agar u muddatli xarbiy xizmatni o‘tayotgan shaxsning xotini bo‘lsa va nihoyat agar u 14 yoshga to‘lmagan bola uchun ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs bo‘lsa foydalanishi mumkin.

Siz aytgan o‘sha xodimda yuqoridagi holatlardan birortasi yo‘qmi, demak, u MK 227-moddaning 3-qismida ko‘rsatilgan imtiyozdan foydalana olmaydi.

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

▪️ Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan HAFTALIK DAYJEST🔰

➡️MAKTAB VA MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM INTЕGRATSIYASI O‘QUVCHINING AQLIY QOBILIYATLARI VA IJODIY QIZIQISHLARINI UYG‘UNLASHTIRISHGA YORDAM BЕRADI;

➡️“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABLARI FAOLIYATIDAGI NAVBATDAGI XALQARO GʻALABA;

➡️#Natijalar_gapirsin;

➡️Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan onlayn seminar o‘tkazilmoqda!

➡️Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining qurilish jarayonlari bilan tanishildi;

➡️Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan onlayn seminar o‘tkazildi;

➡️11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni

➡️12 yildan buyon yilning 11-oktabr sanasi dunyo miqyosida “Xalqaro qizlar kuni” sifatida keng nishonlanadi.

➡️HAMKORLIKDA OʻQUV QOʻLLANMALAR VA DASTURLAR TAKOMILLASHTIRILADI

➡️SPORT BIZNI BIRLASHTIRADI!

➡️“Bullingning oldini olishda liderlar salohiyatidan foydalanish”;

➡️“Barkamol laureati” respublika koʻrik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazilmoqda!

➡️#Qadring_baland_boʻlsin_ona_tilim;

➡️Mahorat mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda!

➡️Toʻgarak aʼzolarimizdan navbatdagi XALQARO GʻALABA;

➡️XALQARO GʻALABA;

➡️#Faoliyat;

➡️YORUGʻ KELAJAK SARI ENG TOʻGʻRI QADAM!

➡️#Yurist_maslahati;

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati


Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 16-oktabr, Dushanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Butunjahon oziq-ovqat kuni
🗄 Butunjahon anesteziologlar kuni
🗄 Butunjahon qo‘shiq aytish kuni
🗄 Tojikistonda Tojikiston kinosi kuni
🗄 Armanistonda matbout kuni
🗄 Chilida o‘qtuvchilar kuni
🗄 Bolgariyada harbiy-havo kuchlari kuni

🌎 VOQEALAR:

1824-yil — Aleksandr Pushkin “Yevgeniy Onegin” ning uchinchi bobi bilan bog‘liq ishini yakunladi.
1840-yil — Yangi Zelandiya Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilindi.
1846-yil — AQShda operatsiya paytida tish shifokori Uilyam Morton birinchi marta narkoz berish jarayonini ommaga namoyish qildi.
1853-yil — Turkiya Rossiyaga urush e'lon qildi.
1923-yil — “The Walt Disney Company” kompaniyasi tashkil etildi.
1927-yil — SSSR bosqichma-bosqich 7 soatlik ish kuniga o‘tishni e'lon qildi.
1956-yil — Tinch okeanida hech qanday qurbonlarsiz samolyotning suvga birinchi qo‘nishi amalga oshirildi.
1959-yil — Moskvada birinchi yerosti piyodalar o‘tish joylari qurildi.
1964-yil — Xitoyda birinchi yadroviy sinov o‘tkazildi.
2005-yil — San-Luisda shaxmat bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.

🎉 TAVALLUDLAR:

1758-yil — Noa Uebster — amerikalik filolog, “Ingliz tilining amerikacha lug‘ati” tuzuvchisi.
1840-yil — Kuroda Kiyotaka — yapon davlat arbobi, Yaponiyaning ikkinchi bosh vaziri.
1841-yil — Ito Xirobumi — yapon siyosatchi va davlat arbobi, Yaponiyaning birinchi bosh vaziri.
1863-yil — Jozef Ostin Chemberlen — ingliz davlat va siyosat arbobi, “Nobel” tinchlik mukofoti sovrindori.
1888-yil — Yevgeniy O'Nil — amerikalik dramaturg, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1890-yil — Maykl Jon Kollinz — irland harbiysi, siyosatchi va inqilobchi, Irlandiya mustaqilligi uchun kurashuvchi.
1980-yil — Syu Byord — amerikalik basketbolchi, 4 karra Olimpiya va 4 karra jahon chempioni.
1997-yil — Naomi Osaka — yapon tennischisi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, 4 ta “Katta Dubulg‘a” turkumining g‘olibi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT DIQQAT📣

🏆"Barkamol avlod" bolalar maktabi OAV nigohida

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanish ularning bilim samaradorliklarini oshishiga, dunyoqarashlari kengayishiga, kelajak uchun aniq maqsad qo‘yishlarida muhim omil hisoblanadi.

▪️O'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazishda esa "Barkamol avlod" bolalar maktablari yetakchi!

🗞Shu munosabat bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi "Barkamol avlod" bolalar maktabi faoliyati “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi”ning barcha rasmiy sahifalarida keng yoritildi.

Batafsil o'qish : 👉 https://uza.uz/uz/posts/oquv-seminarda-maktabdan-tashqari-talim-muhokama-qilindi_528117

#OAV_biz_haqimizda
#Uza_uz

⬇️ Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
rasmiy sahifalariga ulanish:
Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab-internatida tashkil etilgan tarmoq to'garaklar faoliyati bilan tanishildi

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Toshkent shahar Olmazor tumani Alohida ta'lim extiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-sonli maktab-internatida bo'lib, "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan “Yosh duradgorlik” tarmoq to'garagi faoliyati bilan tanishdi.

☝️Dastlab dars jarayoni mas'ul xodimlar tomonidan kuzatilib, amaliy-uslubiy yordamlar ko'rsatildi.

📌 Maktab-internati faoliyati bilan tanishishdan asosiy maqsad, toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish, ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordamlar ko'rsatishdan iborat.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OʻQUVCHI-YOSHLAR OʻRTASIDA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH BOʻYICHA SEMINAR OʻTKAZILDI

✔️Bugun Toshkent shahar, Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Poytaxtdagi oʻquvchi-yoshlarni ta’limga, sportga hamda turli toʻgaraklarga yoʻnaltirish orqali ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, mutasaddi tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarga Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari U.Mamarajabov, Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari I.Tillayev, Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlari va tadbir mutasaddilar ishtirok etdi.

Seminarda oʻsib kelayotgan yosh avlodni ta’limga, sportga va “Barkamol avlod” bolalar maktablarida tashkil etilgan toʻgaraklarga jalb etish orqali ular oʻrtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish mumkinligi boʻyicha ma’ruzalar tinglandi.

✔️Bu borada Toshkent shahar Prokroturasi “Barkamol avlod” bolalar maktablari bilan doimiy hamkorlik olib borishi ta’kidlandi.

👉Seminar doirasida Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaraklar a’zolarining ijodiy ishlar koʻrgazmasi namoyish etildi.

📌Mazkur seminardan maqsad oʻquvchi-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ular oʻrtasida huquqbuzarlikni oldini olishdan iborat.

⬇️ Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi rasmiy sahifalariga ulanish:
Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM