Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
18.8K subscribers
10.6K photos
712 videos
9 files
4.37K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 10-oktabr, Seshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Butunjahon ruhiy salomatlik kuni
🗄 Yevropa Ittifoqida o‘lim jazosiga qarshi kurash kuni
🗄 Butunjahon varraklar kuni
🗄 Germaniyada buvijonlar kuni
🗄 Polshada daraxt ekish kuni

🌎VOQEALAR:

🔰 1868-yil — Astronom Jeyms Uotson Dion asteroidini kashf qildi.
🔰 1874-yil — Rossiya imperiyasida Boltiq dengizi bo‘yicha birinchi marta bo‘ron haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
🔰 1918-yil — Rossiyada islohotlarga uzoq tayyorgarlik ko‘rish natijasida yangi imlo joriy etildi.
🔰 1933-yil — AQShda dunyodagi birinchi kir yuvish kukuni sotila boshladi.
🔰 1964-yil — Tokioda XVIII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.

🎉TAVALLUDLAR:

1731-yil — Genri Kavendish — suv formulasini kashf etgan va Yer massasini o‘lchagan ingliz fizigi va kimyogari.
1861-yil — Fritof Nansen — birinchi marta chang‘i ustida Grenlandiyani kesib o‘tgan norvegiyalik qutb tadqiqotchisi, tinchlik bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1927-yil — Orifjon Hotamov — bastakor, O‘zbekiston xalq hofizi.
1936-yil — Ma’ruf Jalil — o‘zbek shoiri.
1984-yil — Pavel Durov — rus dasturchisi, “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ining asoschilaridan biri.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining qurilish jarayonlari bilan tanishildi

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul xodimi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida bo‘lib, maktab binosining bugungi holati va moddiy texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi.

✔️"Barkamol avlod" bolalar maktablari faoliyatini takomillashtirish va maktabdan tashqari ta’lim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

💠Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan binoni koʻzdan kechirdi.

📌Mazkur muassasa mutasaddilari va quruvchilar bilan suhbat jarayonida qurilish borasida ma’lum standartlarga amal qilish, o‘quvchilarning keng foydalanishlari uchun zamonaviy sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalarini berdi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan onlayn seminar o‘tkazildi

▪️Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Prezident ta’lim muassasalari agentligi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorlikda onlayn seminar tashkil etildi.

📌 Seminar davomida “Barkamol laureati” koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi boʻyicha batafsil ma’lumotlar berildi.

✔️Seminarda 1000 ga yaqin pedagog-xodimlar ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

💠Mazkur seminarni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad oʻquvchi-yoshlarning maktabdan tashqari boʻsh vaqtlarini turli xil ko‘rik-tanlovlar tashkil etish orqali mazmunli o‘tkazish hamda iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida ishtirokini ta’minlashdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

🔝 Bugun 11-oktabr, Chorshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Xalqaro qizlar kuni
🗄 Kanadada shukronalik kuni
🗄 AQSHda birodarlik kuni
🗄 Abxaziyada Qurolli kuchlar kuni
🗄 Boliviyada ayollar kuni
🗄 Shimoliy Makedoniyada xalq qo‘zg‘oloni kuni
🗄 Sint-Martinda Konstitutsiya kuni
🗄 Kiribatida ta’lim kuni
🗄 Boshqirdistonda Respublika kuni
🗄 Janubiy Afrikada siyosiy mahbuslar bilan birdamlik kuni

🌎 VOQEALAR:

1852-yil — Avstraliyada birinchi Sidney universiteti o‘z faoliyatini boshladi.
1853-yil — Nyu-Yorkda Amerikaning birinchi kliring banki ochildi.
1875-yil — Kanadadagi Vinnipegga birinchi Islandiyalik ko‘chmanchilar keldi.
1881-yil — Shimoliy Dakota shtatining (AQSh) rezidenti Devid Xyuston fotoplyonkani patentlandi.
1887-yil — Amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edison saylov ovozlarini hisoblash uchun elektr mashinasini patentladi.
1891-yil — Stokgolmda dunyodagi birinchi “Skansen” ochiq etnografik muzeyi ochildi.
1931-yil — SSSRda xususiy savdoni butunlay tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
1984-yil — birinchi amerikalik ayol kosmonavt Ketrin Sallivan kosmosga chiqdi.

🎉TAVALLUDLAR:

1671-yil — Frederik IV — Daniya va Norvegiya qiroli.
1738-yil — Artur Filipp — ingliz admirali, Avstraliyaning birinchi gubernatori.
1806-yil — Aleksandr Karageorgiyevich — Serbiya knyazi.
1821-yil — Jorj Uilyams — ingliz o‘qituvchisi, YMCA (Yosh xristianlar uyushmasi) asoschisi.
1844-yil — Genri Xaynts — nemis-amerikalik tadbirkor va ixtirochi.
1849-yil — Uilyam Noks D’Arsi — britaniyalik tadbirkor va huquqshunos, Eronda neft qidirish va qazib olishda yetakchi.
1861-yil — Jon Bell Xetcher — tritseratopsni kashf etgan amerikalik paleontolog.
1881-yil — Xans Kelsen — avstriya-amerikalik huquqshunos, sudya va faylasuf, huquqiy pozitivizmning asosiy nazariyotchilaridan biri, konstitutsiyaviy sud kontseptsiyasining asoschisi.
1884-yil — Fridrix Bergius — nemis kimyogari, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1884-yil — Eleanor Ruzvelt — AQShning BMTdagi vakili, Franklin Ruzveltning rafiqasi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni

🗓11-oktabr butun dunyo qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini amalga oshirishga ko'maklashish maqsadida Xalqaro qizlar kuni (International day of the Girl Child) nishonlanadi.

Hozirgi kunda qizlarning ta’lim olishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda!

☝️Zero, xalqimiz “Bitta oʻgʻil bolani oʻqitsangiz bir insonga taʼlim bergan boʻlasiz, bitta qiz bolani oʻqitsangiz, butun millatga taʼlim-tarbiya bergan boʻlasiz" deb bejiz aytmagan!

📃Bugungi kunda yurtimiz maktablarida 3 milliondan ortiq qiz bola tahsil olayotgan bo'lsa shulardan 200 mingga yaqin o'quvchi-qizlar "Barkamol avlod" bolalar maktablarida bilim va kasb-hunar olib kelmoqda.

👏Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi fursatdan foydalanib, barcha qizlarni bayram bilan muborakbod etadi!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
12 yildan buyon yilning 11-oktabr sanasi dunyo miqyosida “Xalqaro qizlar kuni” sifatida keng nishonlanadi.

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan joriy etilgan o‘ziga xos ushbu bayramda turli xalqaro tashkilotlar dunyo hamjamiyati e’tiborini qizlarning hayot tarzi, ularning qiziqishlari, ta’lim olish sharoitlariga qaratadi. Qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘liq holatlar o‘rganiladi va tahlil etiladi.

Aytish lozimki, O‘zbekistonda ham qizlarning ta’lim olishi, qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish borasida barcha qonunchilik asoslari va munosib sharoitlar yaratilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 6,4 mln nafar o‘quvchilarning 3,1 mln nafarini qizlar tashkil etadi.

⚡️Eng e’tiborlisi, vazirlik tizimidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 200 mingga yaqin o‘quvchi-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda bilim va kasb-hunar o‘rganib kelishmoqda. Ushbu o‘quv maskanlarida qizlar kashtachilik, to‘quvchilik, pazandalik kabi yo‘nalishlar qatorida, rabototexnika, IT va boshqa ko‘plab zamonaviy kasb va bilimlarga doir bilimlarini oshirishmoqda.

Bu ta’lim markazlarida qizlarni kasbga o‘qitish, iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Aziz o‘quvchi-qizlar!

Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu muhim sana — qizlar bayrami bilan samimiy tabriklayman. O‘zbekona odob-axloq, go‘zallik va nafosat doimo sizlarga hamroh bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMKORLIKDA OʻQUV QOʻLLANMALAR VA DASTURLAR TAKOMILLASHTIRILADI

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi ishtirokida muzokara uchrashuvi tashkil etildi.

💸Bunda, “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi qoʻllanma va dasturlarni takomillashtirish orqali toʻgaraklarni yanada rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rgangan holda tizimga bosqichma-bosqich tatbiq etish, hozirda amalga oshirilayotgan yangiliklarni sohada yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi.

✔️Shuningdek, uchrashuv doirasida Respubika ta'lim markazi bilan doimiy hamkorlik qilishga kelishib olindi.

🤝Hamkorlik doirasida "Barkamol avlod” bolalar maktablarining oʻquv qoʻllanmalari va dasturlari yanada takomillashtirilishi ma'lum qilindi.

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SPORT BIZNI BIRLASHTIRADI!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida “Shaxmat va shashka” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining xodimlari oʻrtasida tashkil etilib, gʻoliblikni qoʻlga kiritganlar diplom hamda kitoblar toʻplami bilan taqdirlandi.

Sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida ENDILIKDA respublikamizdagi barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarida haftaning har chorshanba kuni “Sport kuni” deb e’lon qilindi.

☝️Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarini sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga chaqiradi!

#Chorshanba_Sport_kuni

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM