Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
40.3K subscribers
10.7K photos
727 videos
9 files
4.44K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
"GIMNASTRADA SPORT FESTIVALI" o'tkazildi

Bugun Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston Gimnastika federatsiyasi bilan hamkorlikda 15-may - Xalqaro oila kuniga bag'isglangan "GIMNASTRADA SPORT FESTIVALI" bo'lib o'tdi.

📌Bunda, Mudofaa vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bojxona qo'mitasi, Milliy gvardiya hamda "Barkamol avlod" bolalar maktablarining jamoalari ishtirok etdi.

☝️Festivalda "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi "Eng hissiyotli jamoa" nominatsiyasi g'olibi deb topilib, mutasaddilar tomonidan DIPLOM va QIMMATBAHO SOVG'ALAR bilan taqdirlandilar.

Tadbir kuy-qo'shiqlar va iqtidorli yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlarga boy holda o‘tdi.

➡️Festival maqsadi - sportning "Gimnastrada" turini ommalashtirish, xotin-qizlarni ommaviy tarzda sportga jalb qilish va yanada rivojlantirishdan iborat.

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi faol ishtirok etgan "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasiga minnatdorchilik bildirgan holda, "Eng hissiyotli jamoa" nominatsiyasi bilan samimiy qutlaydi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 13-may, Shanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🪩 Butunjahon kokteyl kuni
🪩 Butunjahon kelajak uchun texnologiya kuni
🪩 Germaniyada otalar kuni
🪩 Braziliyada qullikni bekor qilish kuni

🌎 VOQEALAR:

1991-yi — “Apple” korporatsiyasi “Macintosh System 7”ni sotuvga chiqardi.
1993-yil — Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzuidi birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
1995-yil — Chirchiq shahrida shaharning 60 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi.
2003-yil — Atoqli o‘zbek yozuvchisi G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi keng nishonlandi va Toshkent shahrida shoir haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

1857-yil — Ronald Ross — ingliz shifokori va parazitolog, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1882-yil — Jorj Brak — fransuz rassomi, haykaltarosh, dekorativ, kubizm asoschilaridan biri.
1896-yil — Charlz Ferdinand Payu de Mortanj — gollandiyalik ot sporti ustasi, 4 karra Olimpiya chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz

"Barkamol avlod"dan navbatdagi G'ALABA!


📣Farg'ona viloyati, Quvasoy shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Milliy kurash" to'garak a'zosi MADINAXON KALIKOVA Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston chempionatida faxrli 3-o'rinni egallab, Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirtdi!

❗️Ushbu musobaqa O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan joriy yilning 8-13-may kunlari "Samo" sport majmuasida tashkil etildi.

🔰Chempionatda Respublikamizning barcha hududlaridan 100 dan ortiq sportchilar turli yosh toifasida ishtirok etdi.

▪️Madinaxon Kalikova esa 11-15 yosh toifasidagi sportchilar bilan kuch sinashib, OSIYO CHEMPIONATIGA YOʻLLANMANI qoʻlga kiritdi.

👏"Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi Madinaxonni erishga yutug'i bilan tabriklab, OSIYO CHEMPIONATIDA ham omad yor boʻlishini tilaydi!

•Telegram     •Instagram  
•Facebook     •Artshop
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_vine

“Iqtidorli bolalar Kengashi” a’zolaridan noan’anaviy targʻibot usuli


Sizda ham shu kabi targʻibot vinelari mavjudmi?
Unda @Tamanno_press telegram akkauntiga yuboring!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 14-may, Yakshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🪩 Butunjahon ko‘chmanchi qushlar kuni
🪩 Kanadada lolalar festivali kuni
🪩 Chilida muhandislar kuni
🪩 Liberiyada birdamlik kuni

🌎 VOQEALAR:

1749-yil — Ingliz vrachi Edvard Jyenner birinchi bor suvchechakka qarshi emlash ishlarini o‘tkazdi.
1862-yil — Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi chun patent oldi.
1853-yil — AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi.
2007-yil — “Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premera qilindi.

TAVALLUDLAR:

1836-yil — Vilgelm Steynits — nemis shaxmatchisi, birinchi jahon chempioni.
1905-yil — Ari Shternfeld — sobiq ittifoq olimi, zamonaviy kosmonavtika “ota”laridan biri.
1905-yil — Uyg‘un — O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, dramaturg.
1922-yil — Franyo Tudjman — xorvatiyalik siyosatchi va harbiy rahbar, sobiq Xorvatiya prezidenti.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

▪️Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan HAFTALIK DAYJEST🔰

➡️OAV biz haqimizda;

➡️OAV biz haqimizda;

➡️OAV biz haqimizda;

➡️Yangi o‘quv yili uchun dastur va qo‘llanmalar mukammallashtirilmoqda;

➡️Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan muzey tashkil etildi;

➡️Barkamol avlod faxriylarini xotirlab;

➡️ “Xotira abadiy” respublika koʻrik-tanloviga ijodiy ishlar qabul qilish davom etmoqda!;

➡️Barkamol avlod faxriylari;

➡️OAV biz haqimizda;

➡️#Natijalar_gapirsin
"Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak a'zosidan mashhur skripka kuyi!;

➡️So'rovnoma;

➡️"GIMNASTRADA SPORT FESTIVALI" o'tkazildi;

➡️#Bizning_faxrimiz
"Barkamol avlod"dan
navbatdagi G'ALABA!

❗️#Barkamol_avlod_vine
“Iqtidorli bolalar Kengashi” a’zolaridan noan’anaviy
targʻibot usuli.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 15-may, Dushanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🪩 Xalqaro oila kuni
🪩 Xalqaro astronomiya kuni
🪩 Xalqaro iqlim kuni
🪩 Hindistonda daraxtlar kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

1618-yil — nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralar harakati qonunlarini kashf etdi.
1836-yil — F. Baley “Beyli nuqtasi”ni kashf etdi.
1851-yil — Nyu-York va Buyuk ko‘lni bog‘laydigan birinchi temir yo‘l qurib bitkazildi.
1928-yil — “Plane Crazy” multfilmida ilk marotaba Mikki Mous obrazi paydo bo‘ldi.

TAVALLUDLAR:

1859-yil — Pyer Kyuri — fransiyalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1926-yil — Muxtor Sultonov — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri.
1932-yil — Jon Glen — ingliz kinorejissyori va montajchi, beshta “Jeyms Bond” filmining muallifi.
1989-yil — Syunnyove Sulemdal — norvegiyalik biatlonchi, estafetalarda 6 karra jahon chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15-MAY – Xalqaro oila kuni

☝️1993-yil 20-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Xalqaro oila yili to‘g‘risida”gi rezolyusiyasi qabul qilingan.

✔️Ushbu xalqaro xujjatiga muvofiq 1994-yildan boshlab 15-may – Xalqaro oila kuni (International Day of families) sifatida dunyoning deyarli barcha davlatlarida nishonlanadi.

💠Xalqaro oila kunini nishonlashdan maqsad oilalar bilan bog‘liq muammoli masalalarga davlat va jamoatchilik e’tiborini qaratish, oilalar ahvoliga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat.

➡️Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida azaldan insoniy qadriyatlar, milliy madaniyat va avlodlar davomiyligini asrovchi qo‘rg‘on, barqarorlik va taraqqiyot omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

⚡️Fursatdan foydalanib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi mamlakatimizda baxtli va farovon oilalar soni ko‘payishini hamda har bir oila tinch-osoyishta bo‘lib, yurtimiz ravnaqi va barqarorligiga asos bo‘lishini tilaydi!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ENDILIKDA to'garak mashg'ulotlarini online ham kuzatishingiz mumkin

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan to'garak mashg'ulotlarida qatnasha olmay qolgan to'garak a'zolarimiz uchun online tarzda har SESHANBA va JUMA kunlari to'garak mashg'ulotlarini kuzatishingiz mumkin.

☝️Bunda, 7 yo'nalishdagi barcha to'garak mashg'ulotlari Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining 📒Facebook ,
📹YouTUBE sahifalariga belgilangan kunlarda doimiy joylab boriladi.

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!

Yangi loyihalar hali oldinda!

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Malaka oshirish boʻyicha oʻquv-trening oʻtkazildi

▪️Bugun, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Qashqadaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Uzluksiz kasbiy ta’lim" elektron platformasida malaka oshirish imkoniyatlari" mavzusida o'quv-trening tashkil etildi.

☝️O'quv-trening davomida “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida ro'yxatdan o'tish orqali masofadan malaka oshirish imkoniyatlariga to'xtalib o'tildi.

O'quv-treningda Qashqadaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining uslubchilari va barcha to‘garak rahbarlari ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

➡️Mazkur o'quv-treningdan maqsad maktabdan tashqari ta'limni yuqori bosqichga olib chiqish hamda "Barkamol avlod" bolalar maktablarining rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirishdan iborat.

Oʻquv-treninglar hududlarda davom etadi…

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi XALQARO G'ALABALAR!

Moskva Davlat qurilish universiteti tomonidan iqtidorli va ijodkor o'quvchi-yoshlarni rag'batlantirish maqsadida Rossiyaning Moskva shahrida "Kelajakni  qurishni o'rganing" (Учись строить будущее) nomli maktab o'quvchilari olimpiadasi bo'lib o'tdi.

☝️Mazkur olimpiadada Buxoro viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Tasviriy san'at" to'garagi a'zosi Shafiyev Kamil ikki yo'nalish bo'yicha ishtirok etib, quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi.

➡️"Matematika" yo'nalishi bo‘yicha - I o‘rin🥇
➡️"Arxitektura grafikasi" yo'nalishi bo‘yicha - II o‘rin🥈

✔️Mazkur g'alaba bilan to'garak a'zomizni va ularning ustozlari hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM