Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
40.3K subscribers
10.7K photos
727 videos
9 files
4.44K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
Yangi o‘quv yili uchun dastur va qo‘llanmalar mukammallashtirilmoqda

▪️Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ishlab chiqilgan “Barkamol avlod” bolalar maktablarining yangi 2023-2024-o‘quv yillari uchun mo‘ljallangan o‘quv dastur va qo‘llanmalarni qayta ko‘rib chiqish uchun shakllantirilgan EKSPERTLAR GURUHI o'z ish faoliyatini boshladi.

Bunda,
🎼Madaniyat va san'at
🖥Texnika, konstruktorlik va modellashtirish
🏓Jismoniy tarbiya va sport
🏺Hunarmandchilik va qo'l mehnati
✈️ Turizm va ekologiya
🎓Oliy ta'lim muassasalari va maktabga tayyorlov
👩‍🏫Xorijiy tillar
yo'nalishlarida 79 nomdagi to‘garaklarning o‘quv dastur va qo‘llanmalari bo‘yicha soha mutaxassislaridan qo‘shimcha taklif va mulohazalar olindi.

📝Mazkur oʻquv dastur va qoʻllanma loyihalarini takomillashtirish uchun eng quyi boʻgʻindan, vazirlik darajasigacha muhokamaga olib chiqish orqali yanada mukammallashtirish rejalashtirilgan.

💠Ma'lumot uchun, EKSPERTLAR GURUHI, imzolangan Memorandumlar doirasida tuzilib, bunda, AKFA Universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Toshkent Davlat lqtisodiyot Universiteti, Tashkent International University of Education, Toshkent shahar Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligidan vakillar hamda tajribali "Barkamol avlod" bolalar maktablari direktorlari mavjud.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-may – Xotira va qadrlash kuni

🎉Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi koʻp millatli xalqimizni 9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

☝️Ajdodlarimizning oʻchmas xotirasi doimo qalbimizda mangu yashaydi!

🔹Inson manfaatlari e’zozlanayotgan mustaqil yurtimizning tinchligi abadiy bo’lsin!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan muzey tashkil etildi

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabida 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muzey tashkil etildi.

☝️Muzeyda uzoq yillar davomida samarali faoliyat olib borgan Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining faxriy direktorlari va ularning ish faoliyati o‘rnak qilib ko'rsatilgan.

✔️Bunda, faxriy direktorlar bilan to'garak a'zolari ishtirokida davra suhbatlari, mahorat darslari (master-klass), seminar-treninglar o'tkazish ko'zda tutilgan.

📌 Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_faxriylarini_xotirlab

"Barkamol avlod" bolalar maktablarida pedagoglik kasbini ulug‘lab, yosh avlod kamoloti yo‘lida bor mahoratini ishga solayotgan iqtidorli muallimlar, direktorlar mavjud bo'lgan.

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabida uzoq yillar davomida soha rivojiga o'z hissasini qo'shgan direktorlar faoliyatiga nazar solamiz!

Ibrohimova Oliya Jalalovna
- 1973-yildan 2002-yilgacha Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi (Respublika o‘quvchilar saroyi)ning direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1955-yil Toshkent shahar o‘zbek davlat chet tillari institutining Fransuz fakultetini tugatib, Olimpiya zaxiralari sport maktabida fransuz tili o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritishdan boshlagan.
1972-yilga kelib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi (Xalq maorifi vazirligi)da Respublika uslubiy yordam ko‘rsatish va tarbiyaviy ishlar xonasida uslubchi lavozimida ish olib borgan.

2016-yil avgust oyi vafot etgan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

“Xotira abadiy” respublika koʻrik-tanloviga ijodiy ishlar qabul qilish davom etmoqda!

#Koʻrik_tanlov

▪️ Xabaringiz bor, 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Xotira abadiy” respublika koʻrik-tanlovi e’lon qilingan edi!

Shu munosabat bilan Toshkent shahar, Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Vokal estrada” yoʻnalishidagi “Anor” bolalar shou dastasi ishtirokida koʻrik-tanlov doirasida tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz!

✔️Eslatib oʻtamiz, koʻrik-tanlovdan asosiy maqsad, o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

🔊Barchani koʻrik-tanlovda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_faxriylari

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabida uzoq yillar davomida soha rivojiga o'z hissasini qo'shgan direktorlar faoliyatiga nazar solamiz!

Islomov Elmurod Muxutovich - 2002-yildan 2011-yilga qadar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi (Respublika o‘quvchilar saroyi)ning direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Toshkent shahar Olmazor tumanida, ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1987-yil O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (A. Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instituti)ning “Madaniy oqartuv ishlari orkestr direjyorligi” fakultetini tamomlagach, “Bahor” Davlat raqs ansambliga sozanda sifatida ish boshlagan.

So'ng, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi (Respublika o‘quvchilar saroyi)da “Doirachilar” to‘garagi rahbari lavozimida ishlab, Butun jahon yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan.

Samarali mehnati, izlanuvchanligi, tashabbuskorligi uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Xalq ta’limi vazirligi)ning “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, 1987-yilga kelib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.

Doirachi sifatida hukumatimiz tomonidan O‘zbekiston delegatsiyasi bilan O‘zbek doira san’atini dunyoning juda ko‘plab mamlakatlarida namoyish etib kelmoqda. Jumladan, AQSh, Angliya, Fransiya davlatlarida gastrol safarlarida bo‘lgan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_faxriylari

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabida uzoq yillar davomida soha rivojiga o'z hissasini qo'shgan direktorlar faoliyatiga nazar solamiz!

Tovboev Zokir Eshmirzaevich - 2011-yildan 2016-yilga qadar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi ("Barkamol avlod" respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi) direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlab, shu universitetda magistraturani ham o'qigan. Ish faoliyatini Toshkent shahar Mirobod tumani 328- umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan.

So'ng, Respublika ta’lim markazining Innovatsion metodik bo‘limi yetakchi metodisti sifatida,  2005-yilga kelib esa, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi (Xalq ta’limi vazirligi)ning Pedagog kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi nazoratchisi lavozimlarida ishlagan.

2008-yilda Xalq ta’limi vazirligining Musiqa va san’at ta’lim muassasalari boshqarmasi bosh nazoratchisi lavozimida 2009-yilda esa Xalq ta’limi vazirligining Pedagog kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi nazoratchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_faxriylari

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabida uzoq yillar davomida soha rivojiga o'z hissasini qo'shgan direktorlar faoliyatiga nazar solamiz!

Ermatov Doniyor Saidqulovich - 2016-yildan 2019-yilga qadar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi ("Barkamol avlod" respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi) direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2005-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlab, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi ("Barkamol avlod" respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi) uslubchisi lavozimida ishlagan.

So'ng, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida Madaniy va ommaviy tadbirlarni tashkil etish (Umumiy-tashkiliy) bo'lim boshligi, 2011-yilga kelib esa maktabning direktor o'rinbosariga aylangan.

2013-yildan 2016-yilgacha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi (Xalq ta’limi vazirligi) “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini tashkil etish sho‘basi mudiri sifatida ishlagan.

2022-yilda Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi mudiri sifatida ishlagan bo'lsa, 2023-yildan hozirgi vaqtgacha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_faxriylari

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabida uzoq yillar davomida soha rivojiga o'z hissasini qo'shgan direktorlar faoliyatiga nazar solamiz!

Shodieva Sanobar Yakubovna - 1990-yildan 2010-yilgacha Madaniyat va turizm (Madaniyat ishlari) vazirligining yangi tashkil etilgan Respublika bolalar badiiy ijodiyoti markazi rahbari lavozimlarida ishlagan.

Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1978-yilda Toshkent Davlat Madaniyat va san'at institutini  tamomlagan.

Mukofotlari: 1-Darajali  “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, "Mustaqillikning 10 yilligi", “Madaniy-ma’rifiy ishlar a’lochisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoiysi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_faxriylari

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabida uzoq yillar davomida soha rivojiga o'z hissasini qo'shgan direktorlar faoliyatiga nazar solamiz!

Yuldashev Komiljon Adilovich - 2000-yildan 2011-yilga qadar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi (Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi) direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989-yilda Madaniyat va san’at institutining Madaniy ishlar bo‘yicha tashkilotchi fakultetini tamomlab, Respublika madaniyat uyi qoshidagi “Hilola” ashula va raqs ansablida sozanda, xonanda vazifalarida faolyat yuritgan.

Mukofotlari: “Xalq ta’limi a’lochisi” ko'krak nishoni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlangan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_faxriylari

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabida uzoq yillar davomida soha rivojiga o'z hissasini qo'shgan direktorlar faoliyatiga nazar solamiz!

Zakirova Hadicha To‘lqunovna - 2006-yildan 2019-yilga qadar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi ("Barkamol avlod" respublika bolalar texnik ijodiyot markazi) direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat politexnika universitetini tamomlagan, mutaxassisligi injener-texnolog. 1989-yili Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi (Respublika o‘quvchilar texnik-ijodiyot markazi)da uslubchi lavozimida ish faoliyatini boshlagan.

1994-yildan mazkur maktab (markaz)da bo‘lim boshlig‘i lavozimida, 2001-yilga kelib esa direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mukofotlari: "Xalq ta’limi a’lochisi" ko'krak nishoni, "Mustaqillikning 10 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_faxriylari

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabida uzoq yillar davomida soha rivojiga o'z hissasini qo'shgan direktorlar faoliyatiga nazar solamiz!

Parpiev Ubaydullaxo'ja Appoqovich - 2003-yildan 2007-yilga qadar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi (Respublika yosh sayohatchilar va o‘lkashunoslar markazi) direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. 1982-yil Toshkent avtomobil yo‘llari institutinini, 1995-yili Toshkent Davlat Iqtisodiyot unversitetini tamomlagan.

Dastlab, O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasi o‘simliklar moddalar kimyosi instituti ishchisi lavozimida ish faoliyatini boshlagan.

2001-yilda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi (Xalq ta’limi boshqarmasi) boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2019-yildan buyon esa Toshkent viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_faxriylari

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabida uzoq yillar davomida soha rivojiga o'z hissasini qo'shgan direktorlar faoliyatiga nazar solamiz!

Berdieva Shaxri Mixlievna - 2011-yildan 2013-yilga qadar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi (“Barkamol avlod” Respublika bolalar o‘lkashunoslik va ekologiya markazi) direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ish faoliyatini Jizzax viloyati Forish tumanidagi 14-umumta'lim maktabi o'qituvchisi sifatida boshlagan.

1998-yilda Arnasoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (Xalq ta’limi bo‘limi) mudiri sifatida, so'ng, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Xalq ta’limi vazirligi) Bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reabiliatatsiya qilish sho‘basi mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Mukofotlari: “Mo‘tabar ayol” ko‘krak  nishoni bilan taqdirlangan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_faxriylari

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabida uzoq yillar davomida soha rivojiga o'z hissasini qo'shgan direktorlar faoliyatiga nazar solamiz!

Yeshmurzaeva Lola Xodjimuratovna - 2013-yildan 2018-yilga qadar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi (“Barkamol avlod” Respublika bolalar o‘lkashunoslik va ekologiya markazi) direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. 1993-yil, Toshkent Davlat universiteti tamomlagach, shu universitetning Fizika fakulteti texnigi lavozimida ish faoliyatini boshlagan.

2001-yilga kelib, Respublika ta’lim markazi Umumiy o‘rta ishlar metodik bo‘limi 1-toifali metodisti sifatida keyinroq markazning markazi Tabiiy va aniq fanlar metodik bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

So'ng, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Xalq ta’limi vazirligi)ning Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari sho‘basi mudiri bo'lib, 2011-yil oxiriga kelib esa Respublika"Barkamol avlod" bolalar maktabi (“Barkamol avlod” Respublika bolalar o‘lkashunoslik va ekologiya markazi) direktor o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM