Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
37.7K subscribers
10.7K photos
737 videos
9 files
4.47K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
⚡️Yangi ma'lumot va bilimlarni qanday qilib tez va samarali o'zlashtirish mumkin?

💭 Quyidagi 5 ta USUL sizga foydali bo'ladi degan umiddamiz:

1️⃣ Ma'lumotni qismlarga bo'lish
Katta hajmdagi ma'lumotni bir vaqtning o'zida o'zlashtirish qiyin bo'lishi mumkin. Shuning uchun ma'lumotni kichik va tushunarli qismlarga ajratish, o'rganishni yengillashtiradi.

2️⃣ Amaliyotda qo'llash
O'rgangan ma'lumotni amaliyotda qo'llash, uni mustahkamlashning eng yaxshi usulidir.

3️⃣ Takrorlash va qayta ko'rib chiqish
Takrorlash — o'zlashtirishning asosi. O'rganilgan ma'lumotni doimiy ravishda qayta ko'rib chiqish va takrorlash bilimlaringizni mustahkamlaydi.

4️⃣ Vizual materiallardan foydalanish
Rasmlar, video darsliklar va diagrammalar kabi vizual materiallar ma'lumotni tezroq va samaraliroq o'zlashtirishga yordam beradi.

5️⃣ O'z fikrlaringizni yozib boring
O'rgangan ma'lumotni yozib borish, uni qayta ishlash va tahlil qilishda yordam beradi.

❄️Muntazamlik va amaliyotga asoslangan yondashuv bilan siz har qanday ma'lumotni samarali o'zlashtirishingiz mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 13-dekabr, Juma.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🔺 Maltada Respublika kuni
🔺 Braziliyada dengizchilar kuni
🔺 Malavida daraxt ekish kuni

🌎 VOQEALAR:

❄️ 1642-yil — Gollandiyalik tadqiqotchi Abel Tasman Yangi Zelandiyani kashf etgan birinchi yevropalik bo‘ldi.
❄️ 1967-yil — AQShda “Pioner-8” kosmik kemasining muvaffaqiyatli uchirildi.
❄️ 1989-yil — Sovet Ittifoqining Liberal-demokratik partiyasi tuzildi.
❄️ 1991-yil — Ukraina futbol federatsiyasi tuzildi.
❄️ 1996-yil — Kofi Annan BMT Bosh kotibi etib saylandi.

🔃TAVALLUDLAR:

🗄 1816-yil — Verner fon Simens — nemis muhandisi, ixtirochi, olim, sanoatchi, “Siemens” kompaniyasi asoschisi.
🗄 1867-yil — Kristian Birkeland — birinchi boʻlib qutb nurlari mohiyatini tushuntirgan norveg olimi.
🗄 1884-yil — Otto Olsen — norvegiyalik miltiqdan otuvchi, 4 karra Olimpiya chempioni.
🗄 1923-yil — Filipp Uorren Anderson — amerikalik nazariy fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🗄 1982-yil — Eliza Di Franchiska — italiyalik qilichboz, 2 karra Olimpiya va ko‘p karra jahon hamda Yevropa chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI YIL SOVGʻALARINI ART SHOPDA XARID QILING!

📣Xabaringiz bor, “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi to’garak a’zolarining ijodiy ishlarini joylash uchun Art-shop elektron platformasi ishga tushirilgan.

Hozirgi kunda “Barkamol avlod” bolalar maktablarida tahsil olayotgan o’quvchi-yoshlarning qo’l mehnatlarini nafaqat oflayn balki onlayn tarzda ham sotuvi yo’lga qo’yilgan!

Ushbu platformani tashkil etishdan asosiy maqsad:

o’quvchi-yoshlarni qobiliyatlarini yanada rivojlantirish,
ularni shaxsiy daromadga olib chiqish,
ijodiy ishlar
ini keng jamoatchilikka targ’ib qilish,
qo’lda tayyorlangan buyumlarni sotish va sotib olishdan iborat!

Hoziroq kirib tanishish:
https://artshop.uzedu.uz/uz

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

GʻOLIBLAR ANIQLANDI!

▪️Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Yoshlar korrupsiyaga “Yoʻq” deydi” challenge e’lon qilingan edi.

🎉Mazkur challengening mutlaq g'oliblari aniqlandi!

🔺Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

🥇1-oʻrin: Surxondaryo viloyati, Sherobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Tasviriy san’at” to‘garagi a’zosi Xavasbek Normatov;
🥈2-oʻrin: Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Tasviriy san’at" toʻgaragi a’zosi Muslima Abdug‘afforova;
🥉3-oʻrin: Jizzax viloyat “Barkamol avlod”bolalar maktabi “Tasviriy san’at“ to‘garagi a’zosi Marjona Xolmo‘minova.

🔰G'oliblar maxsus DIPLOM bilan taqdirlanadilar.

👏 G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!

👍👍👍👍👍👍

⬇️Bizni kuzatib boring!
Eng yangi, qiziqarli tanlovlar va loyihalar bizda!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 14-dekabr, Shanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🗣 BAYRAMLAR:

🔺 Hindistonda energiyani tejash kuni
🔺 Abxaziyada Lat fojiasi qurbonlarini xotirlash kuni
🔺Turkmanistonda neft-gaz sanoati va geologiya xodimlari kuni

🌎 VOQEALAR:

❄️ 1896-yil — Glazgoda dunyodagi uchinchi yerosti metro tizimi ishlay boshladi.
❄️ 1900-yil — Maks Plankning kvant mexanikasi haqidagi taʼlimoti nashr etildi.
❄️ 1939-yil — Qishki urush tufayli SSSR Millatlar Ligasidan chiqarib yuborildi.
❄️ 1992-yil — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.
❄️ 2004-yil — Dunyodagi eng baland Viaduk Miyo transport ko‘prigi ochildi.

🔃TAVALLUDLAR:

🗄 1883-yil — Morixey Uesiba — yapon jangchisi, aykido maktabi asoschisi.
🗄 1895-yil — Jorj VI — Buyuk Britaniya qiroli.
🗄 1956-yil — Xanni Venzel — lixtenshteynlik tog‘ chang‘isichi, 2 karra Olimpiya va to‘rt karra jahon chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

"Barkamol avlod" bolalar maktabi o‘quvchilari 2024-yilda qanday yutuqlarga erishishdi?


Bugungi qahramonimiz Italiya va Turkiya davlatlarida o‘tkazilgan xalqaro tanlovlar g‘olibasi o‘z muvaffaqiyatlari bilan ortoqlashdi.

Sizchi? Siz qanday yutuqlarga erishdingiz? O‘z yutuqlaringizni biz bilan bo‘lishing: @RBABM_bot

💫Sarhisob davom etadi...


© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

YASHIL MAKON LOYIHASI “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish boʻyicha "Eko maktab" aksiyasini e'lon qiladi.

📌Aksiya doirasida Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi tomonidan maktab hududi va bino atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi hamda bog' yaratilib, ko‘kalamzorlashtirildi.

🌱Jamoa tomonidan mevali hamda manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Siz ham #Yashil_makon umummilliy loyihasida daraxt koʻchatlari ekish boʻyicha "Eko maktab" aksiyasiga qoʻshiling va daraxt eking!

☝️Tabiatni birgalikda asraylik!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM