Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
37.7K subscribers
10.7K photos
737 videos
9 files
4.47K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI XORAZMDA

🌍Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Respublika bo‘ylab yil davomida bo’lib o’tadigan "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⌨️Festival Xorazm viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

Eslatib oʻtamiz, festivaldan maqsad:
📌to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
📌ichki turizmni rivojlantirish,
📌tajriba almashish,
📌to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
📌madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
📌ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etishdan iborat.

🌐Festivalda Xorazm viloyatidan umumiy 19 mingdan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

🎉Tanlov kuy-qoʻshiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 🔤🔤🔤🔤🔤🔤📣

“Tabiatni asraylik” challege o‘tkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Tabiatni asraylik” challengeni e'lon qiladi!

📌CHALLENGE nizomi bilan batafsil quyidagi havola tanishing!

🗓Challenge 27-iyuldan 1-avgust kuniga qadar bo'lib o'tadi.

Challengening asosiy maqsadi:
✔️o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish,
✔️ularning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

🎁Challenge g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar!
Challengeda faol ishtirok eting!

Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 28-iyul, Yakshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🪩 Butunjahon tabiatni muhofaza qilish kuni
🪩 Butunjahon gepatitga qarshi kurash kuni
🪩 Peruda Mustaqillik kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

1586-yil — Ser Tomas Xerriott Buyuk Britaniya va Irlandiyaga kartoshka olib keldi.
1821-yil — Peru Ispaniyadan mustaqilligini e'lon qildi.
1851-yil — Dunyoda birinchi marta to‘liq quyosh tutilishi suratga olindi.
1858-yil — Barmoq izlari birinchi marta identifikatsiya qilish uchun ishlatildi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1635-yil — Robert Guk — ingliz fizigi, kimyogar, matematik, astronom, biolog, ixtirochi va me’mor.
🌹 1902-yil — Karl Popper — ingliz faylasufi, ochiq jamiyat nazariyasining yaratuvchisi.
🌹 1904-yil — Pavel Cherenkov — sovet fizigi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🌹 1925-yil — Barux Blamberg — amerikalik biokimyogar, “Nobel” mukofoti sovrindori.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ota_onalar_fikri

"BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABI HAQIDA OTA-ONALAR FIKRI⚡️

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan yangi loyihaga START BERILDI.

Loyiha davomida "Barkamol avlod" bolalar maktabida tahsil olayotgan to'garak a'zolarimizning ota-onalari faoliyatimiz haqida bildirayotgan xolis fikrlarini videolavha tarzda ulashib boramiz.

Batafsil videolavhada ko'rishingiz mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 29-iyul, Dushanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🪩 Xalqaro yo‘lbarslar kuni
🪩 Moldovada Konstitutsiya kuni
🪩 Tailandda tailand tili kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

1914-yil — Nyu-Yorkdan San-Frantsiskoga birinchi transamerika telefon liniyasi ishga tushirildi.
1918-yil — bolsheviklar Maksim Gorkiyning “Yangi hayot” gazetasini yopdi.
1921-yil — Adolf Gitler Milliy sotsialistik Germaniya ishchilar partiyasining yetakchisiga aylandi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1877-yil — Uilyam Bib — amerikalik zoolog, yozuvchi, batisfera ixtirochisi.
🌹 1898-yil — Isidor Rabi — amerikalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🌹 1900-yil — Eyvind Yunson — shved yozuvchisi va publitsisti, “Nobel” mukofoti sovrindori.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍

Online toʻgaraklar
⚡️

📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan, bugun 🕐1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣da, respublikamizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun Facebookdagi rasmiy sahifamizda online toʻgarak tashkil etilmoqda.

Yo‘nalish: "Oliy ta'lim muassasalari va maktabga tayyorlov"
Mavzu: Jadidlar hayoti

🔊Diqqat!
📝Mavzuga oid bo'lgan savollarni trening tashkil etilayotgan vaqt izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

✔️Savollarga Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining ilg'or ish tajribaga ega bo'lgan mutaxassislari tomonidan javob olishingiz mumkin.

Mazkur online toʻgaraklardan maqsad, to'garak mashg'ulotlarining samaradorligini yanada oshirish va mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berishdan iborat.

Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi Xorazmda…

▪️Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bo‘lib, toʻgaraklar faoliyati bilan tanishishda davom etmoqda.

⚡️Bunda, Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir, Shovot tuman hamda Urganch shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablarida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati koʻzdan kechirilib, amaliy-uslubiy yordamlar koʻrsatildi.

📌Bundan maqsad,

✔️to‘garaklarda o‘quvchi-yoshlar qamrovini oshirish,
✔️ madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
✔️ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish.

Hududlarda amaliy-uslubiy yordamlar davom etadi...

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Shaxmat mantiq va tafakkurni rivojlantiradi"

LEKIN BU HAQIQAT EMAS!

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, shaxmat o'ynashni biladigan bolalar maktabda yaxshiroq o'qiydilar, ularda nafaqat nostandart fikrlash, balki nutq ham yaxshi rivojlangan.

Shaxmat o'yini aslida qanday ko'nikmalarni rivojlantiradi?

Mantiqiy fikrlash
Shaxmat o'yinchilardan harakatlarni hisoblash, doskadagi pozitsiyalarni baholash va mavjud ma'lumotlarga asoslanib, qaror qabul qilish kabi murakkab muammolarni hal qilishni talab qiladi.

Strategik fikrlash qobiliyati
Shaxmat bolani o'z harakatlarini bir necha qadam oldinga rejalashtirishga, raqibning harakatlarini oldindan taxmin qilishga va mavjud ma'lumotlarga asoslanib qaror qabul qilishga o'rgatadi.

Diqqat va qat'iyat
O'yin boladan doimiy konsentratsiyani talab qiladi. Shaxmat diqqatni jamlash qobiliyatida ajoyib mashg'ulot bo'lishi mumkin, bu ayniqsa maktabda muhimdir.

Xotira
O'yinda taxtadagi pozitsiyalarni, raqibning va o'zining harakatlarini eslab qolish kerak, xotira tezlik rejimida ishlaydi.

SIZ NIMA DEB O'YLAYSIZ?

📣“Barkamol avlod” bolalar maktablari barcha oʻquvchi-yoshlarni “Shaxmat-shashka” toʻgaragiga chorlab qoladi!

🤖To‘garak mashg'ulotlarimiz sizni qiziqtirgan bo‘lsa ONLINE ro‘yxatdan o‘ting!

Roʻyxatdan oʻtish
👈

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ёзги_таътил

TA'TILDA ZAKOVAT O‘YINI O‘TKAZILDI

💎 Yozgi ta'til davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan barcha to'garaklarda mahorat mashg‘ulotlari, musobaqa va tanlovlar tashkil qilish tavsiya etilgan edi.

▪️Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida to‘garak a'zolari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

🧠 O'yin 2 toifada bo'lib o'tdi:
o'quvchilar o'rtasida,
xodimlar o'rtasida.

Zakovat intellektual o'yinini tashkil etishdan maqsad, o‘quvchi va xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda ularni mantiqqa bo‘lgan mahoratini yanada oshirishdan iborat.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 30-iyul, Seshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🪩 Butunjahon kashtachilik kuni
🪩 Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni
🪩 Tojikistonda yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari kuni
🪩 Vanuatuda Mustaqillik kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

1502-yil — Kristofer Kolumb birinchi marta mayya xalqi bilan uchrashdi.
1729-yil — Amerikaning Merilend shtatidagi eng yirik Baltimor shahri tashkil topdi.
1793-yil — Kanadada York (hozirgi Toronto) shahri qurilishi boshlandi.
1858-yil — ingliz sayohatchisi Jon Spek Afrikadagi Viktoriya ko‘lini topdi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1511-yil — Giorgio Vazari — italiyalik me’mor, rassom, yozuvchi, zamonaviy san’at tarixining asoschilaridan biri.
🌹 1796-yil — Nikita Muravyov — rus ofitseri, Dekabristlar harakatining asosiy mafkurachilaridan 🌹 1863-yil — Genri Ford — amerikalik sanoatchi, “Ford” korporatsiyasining asoschisi.
🌹 1923-yil — Dipa Nusantara Aydit — Indoneziyadagi ishchilar harakati a’zosi, kommunist.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍

Online toʻgaraklar
⚡️

📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan, bugun 🕐1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣da, respublikamizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun Facebookdagi rasmiy sahifamizda online toʻgarak tashkil etilmoqda.

Yo‘nalish: "Hunarmandchilik va qo'l mehnati"
Mavzu: Yosh qizlar ko'ylagini bichish