Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
21K subscribers
10.6K photos
717 videos
9 files
4.39K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
👍👍👍👍👍👍👍

NAVBATDAGI XALQARO GʻALABA


🇷🇺Rossiyaning Moskva shahrida “ГОРДОСТ СТРАНЫ” nomli Raqs-onlayn tanlovi boʻlib oʻtdi.

🌐Ushbu Xalqaro tanlovda 100 dan ortiq davlatlar qatnashib, 1000 ga yaqin ijodiy ishlar saralab olingan.

🏆Bunda, Andijon viloyat, Asaka tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining "Tasviriy san'at" toʻgarak aʼzosi Safiya Ma'mirbekova ishtirok etib, yoʻnalishi bo'yicha 🥇1-o'rini qo'lga kiritishdi.

🎉G'oliblikni qo'lga kiritgan to'garak a’zomizni erishgan yutuqlari va xalqaro musobaqada Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoraqalpogʻiston

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi mas’ul xodimlari hududlarda…

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi, Qoraqalpogʻistondagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida boʻlib, toʻgaraklar faoliyati bilan tanishishda davom etmoqda.

⚡️Bunda, Nukus, Beruniy hamda Ellikqal’a tuman “Barkamol avlod” bolalar maktablarida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati koʻzdan kechirilib, amaliy-uslubiy yordamlar koʻrsatildi.

📌Bundan maqsad,

✔️to‘garaklarda o‘quvchi-yoshlar qamrovini oshirish,
✔️ madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
✔️ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish.

Hududlarda amaliy-uslubiy yordamlar davom etadi...

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

TO'GARAK RAHBARLARIMIZ XALQARO EKSPERTLARDAN MALAKA OSHIRMOQDA

Xabaringiz bor, joriy yilning aprel oyidan Janubiy Koreyalik mutaxassislar, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida to'garak rahbarlar malakasini oshirishni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib olingan edi.

⚡️Shu munosabat bilan bugun “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi "Robototexnika va konstruktorlik" yo'nalishidagi 14 ta toʻgarak rahbarlari uchun 3-kun malaka oshirish mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda.

💡Ayni vaqtda ishtirokchilarga IT va robototexnika yo'nalishi bo'yicha amaliy mashgʻulotlar boshlandi.

☝️Ma’lumot uchun malaka oshirish mashgʻuloti ishtirokchilari yotoqxona bilan ta’minlangan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NATIJALAR_GAPIRSIN
#BARKAMOL_AVLOD

🇺🇿Andijon viloyati, Asaka tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Biologiya” to’garak a’zosi Ibrohimjon Matmusayev Milliy sertifikat (Umumta’lim fanini bilish darajasi)ni yuqori ball bilan qo'lga kiritdi hamda yoʻnalish boʻyicha Respublikamizdagi barcha OLIY O’QUV YURTLARIGA kirish imtihonlarida eng yuqori ballni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldi.

🎊To‘garak a'zosi Ibrohimjon Matmusayev kelgusi o‘qishlarida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa, yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.iss.one/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#Malaka_oshirish

TO'GARAK RAHBARLARIMIZ XALQARO EKSPERTLARDAN MALAKA OSHIRDI

📌Xabaringiz bor, Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda "Robototexnika va konstruktorlik" yo'nalishidagi toʻgarak rahbarlari malakasi oshirildi.

✔️Bugun mazkur malaka oshirish mashgʻulotlarining ishtirokchilariga sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

😊Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari F.Boqiyev ochib berdi.

🔖Bunda jami 14 nafar toʻgarak rahbarlari ishtirok etib, mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan “Ilk qaldirgʻochlar” sertifikatga ega boʻlishdi.

⚡️Ma’lumot uchun: malaka oshirish mashgʻulotlari davomida ishtirokchilarga IT yo'nalishi bo'yicha darslar bilan birgalikda pedagogik dasturiy ta'minot ta'limi chuqurlashtirib o'rgatildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM