Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
37.3K subscribers
10.7K photos
737 videos
9 files
4.47K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
9-APREL - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun!

⚔️
Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi - Amir Temur tavalludiga 688 yil to'ldi.

Buyuk davlat arbobi, o‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, bobokalonimiz Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta'lim mislsiz darajada yuksalgan.

🌟 Amir Temur, shuningdek, mamlakatda ma’naviyatning qo‘llab-quvvatlanishi, yuksalishi va o‘tmish davrlarning oliy an’analari tiklanishi uchun shart-sharoit yaratgan.

🇺🇿 Davlat arbobining ibratli hayot yo'li, adolat tamoyili asosidagi boshqaruv faoliyati yosh avlod uchun o'rnak bo'lib, ularda faxr hissini uyg'otadi.

#AmirTemur688

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 9, 2024
TARMOQ TOʻGARAKLAR FAOLIYATI KENGAYMOQDA

📌Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining Toshkent shahar, Chilonzor tuman 202-umumta'lim maktabida "Bolalar teatri" bo'yicha tarmoq to'garagi tashkil etilmoqda.

Bunda, havaskor to'garak a'zolari bilan birgalikda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi xodimi A.Xurramovning "Xo'roz nega uchmaydi" nomli pyesasi asosida musiqali spektakl sahnalashtirildi.

❗️Ushbu spektakldan maqsad, bolalarni toʻgaraklar faoliyati bilan tanishtirish orqali dan iborat.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 9, 2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 9, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

📌Ushbu muqaddas kunlarda Vatanimiz ravnaqi uchun salohiyatli barkamol avlodni kamol toptirish yo‘lida amalga oshirayotgan barcha ishlarimizda omad va zafarlar yor bo‘lishini, iqtidorli, serg'ayrat o'quvchi-yoshlarimiz ko'payaverishini niyat qilib qolamiz!

🏘 Barcha xonadonda ezgulik, mehr-oqibat va osoyishtalik hukmron boʻlsin. Kelgusi Ramazon oyiga bagʻri butunlikda, sogʻ-salomatlikda yetishishlik nasib qilsin.

💫Har doim ezgu amallar hamrohingiz boʻlsin. Musaffo osmonimizga, yurtimiz tinchligiga koʻz tegmasin!

Yana bir bor Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

Hurmat va ehtirom bilan,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi!


🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 10, 2024
Forwarded from Hilola Umarova
April 10, 2024
Assalomu alaykum!

Bugun 11-aprel, Payshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

👩‍⚕️ Xalqaro Parkinson kasalligiga qarshi kurash kuni
👶 Peruda bolalar kuni
🎆 Ugandada ozodlik kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸 1713-yil — Uterxt tinchlik shartnomasi tuzildi.
🌸 1963-yil — “Benzokolonka malikasi” kinokomediyasi ekranlarga chiqdi.
🌸 2008-yil — Vashingtongda jurnalistika va yangiliklar muzeyi yangi qurilgan binoda ochildi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1492-yil — Margeritta Navarrskaya — fransiyalik malika, qirol Frensis I singlisi, Fransiyadagi birinchi ayol yozuvchilardan biri.
🌹 1908-yil — Masaru Ibuka — yaponiyalik muhandis va tadbirkor, “Sony” kompaniyasi asoschilaridan biri.
🌹 1953-yil — ser Endryu Uayls — “Ferma” teoremasini isbotlagan ingliz va amerikalik matematik.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 11, 2024
Assalomu alaykum!

Bugun 12-aprel, Juma.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

✈️ Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni
🏛 Qozog‘istonda ilm-fan xodimlari kuni
👶 Boliviyada bolalar kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸 1903-yil — Londonda ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan avtobus qatnay boshladi.
🌸 1943-yil — Fransiyaning “Nant” futbol klubi tashkil etildi.
🌸 1961-yil — Yuriy Gagarin “Vostok” kemasida jahonda birinchi bo‘lib kosmosga uchdi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1801-yil — Yozef Lanner — avstriyalik bastakor, dirijyor va skripkachi, “Vena” valsining asoschilaridan biri.
🌹 1884-yil — Otto Meyergof — germaniyalik biokimyogar, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🌹 1903-yil — Yan Tinbergen — gollandiyalik iqtisodchi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🌹 1949-yil — Murod Muhammad Do‘st — yozuvchi va jamoat arbobi, asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan, “Hamza” nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 12, 2024
Assalomu alaykum!

Bugun 13-aprel, Shanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

👩‍⚕️ Xalqaro funktsional asab kasalliklari kuni
👨‍🏫 Ekvadorda oʻqituvchilar kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸1923-yil — Londonda “Uembli” stadionining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
🌸 1994-yil — O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi raisi Xuan Antonio Samaranch boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
🌸 1995-yil — Germaniya Federativ Respublikasining Federal Prezidenti Roman Gertsogning O‘zbekiston Respublikasiga qilgan davlat tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1771-yil — Richard Trevitik — dunyodagi birinchi parovozni yaratgan ingliz ixtirochisi.
🌹 1845-yil — Richard Assman — germaniyalik meteorology va aerolog, psixometr kashfiyotchisi.
🌹 1892-yil — Robert Uotson-Uatt — shotland fizigi, radar qurilmasi ixtirochisi. 1906-yil — Semyuel Bekket — irlandiyalik adib, “Nobel” mukofoti sohibi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 13, 2024
#Xon_atlas

XON ATLAS BARKAMOL AVLODDA
!

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi joriy yilning 13- va 15-aprel kuni butun respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Xon atlas” festivalida faol ishtirok etishga chaqiradi!

📹Ushbu festival targʻibotiga oʻz hissangizni qoʻshing: Milliy libosda foto va roliklar suratga oling hamda @RBABM_tanlovlarr_bot telegram manziliga yuboring!

✔️Biz esa ularni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining 📒Facebook va 📸Instagram ijtimoiy tarmoqlarida yoritamiz.

❗️Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 13, 2024
XON ATLAS BARKAMOL AVLODDA: Bahor faslida serjilo ranglar uygʻunligini biz bilan kashf eting

⚡️Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Xon atlas” haftaligi doirasida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Xon atlas Barkamol avlodda” shiori ostida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, chellenjlar, viktorina va bellashuvlar oʻtkazilmoqda.

🌸Mazkur tadbir doirasida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi ayollar jamoasi ham faol ishtirok etib, kiyinish madaniyati, milliy mato va liboslarimiz tarixi, moda va dizayn kabi mavzular boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlarga ega boʻlmoqdalar!

📹Ushbu festival targʻibotiga oʻz hissangizni qoʻshing: Milliy libosda foto va roliklar suratga oling hamda @RBABM_tanlovlarr_bot telegram manziliga yuboring!

✔️Biz esa ularni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining 📒Facebook va 📸Instagram ijtimoiy tarmoqlarida yoritamiz.

❗️Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 13, 2024
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi

BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TUMANLARDA O'TKAZILMOQDA!

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi  tomonidan "Barkamol avlod bolalari" festivali Qoraqalpogʻiston Respublikasida start olgani haqida ma'lum qilgan edik.

📌 Hozirda festival Qoraqalpogʻiston Respublikasida mavjud tuman (shahar) "Barkamol avlod" bolalar maktablarida ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda.

Jumladan, Amudaryo tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Barkamol avlod bolalari" festivalining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Bunda,
🔹Liboslar dizayni”
🔹"Robototexnika"
🔹"Landshaft"
🔹"Milliy kashtachilik"
🔹"Shaxmat"
🔹“Mental arifmetika”
🔹"Ingliz tili" to'garak a'zolari ishtirok etishdi.

🎁Festival davomida faol ishtirok etgan to'garak a'zolari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 13, 2024