Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
40.2K subscribers
10.7K photos
729 videos
9 files
4.45K links
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi

Web-site: www.babm.uz

m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/

instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/

Tel: 71-217-18-71
Download Telegram
Assalomu alaykum!

Bugun 6-aprel, Shanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🏓 Xalqaro stol tennisi kuni
🥇 Taraqqiyot va tinchlik yoʻlida xalqaro sport kuni
🏀 Qigʻizistonda jismoniy tarbiya va sport xodimlari kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸 1652-yil — Jan van Ribek Keyptaunga asos soldi.
🌸 1818-yil — Parijda baron Karl Drez ilk bor ikki g‘ildirakli velosipedni namoyish qildi.
🌸 1896-yil — Afinada birinchi zamonaviy Olimpia o‘yinlari ochildi.
🌸 1985-yil — Amerikalik Uilyam Shryoder sun’iy yurak bilan kasalxonadan chiqarilgan birinchi odam bo‘ldi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1810-yil — Filip Genri Gosse — ingliz tabiatshunosi, akvarium ixtirochisi.
🌹 1911-yil — Teodor Feliks Konrad Linen — germaniyalik biokimyogar, fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
🌹 1928-yil — Jeyms Dyui Uotson — amerikalik biokimyogar, Frensis Krik bilan birgalikda DNKning tuzilishini ochib bergan olim, molekulyar biologiya asoschilaridan biri, fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha “Nobel mukofoti” sovrindori.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi

BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TUMANLARDA O'TKAZILMOQDA!

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi  tomonidan "Barkamol avlod bolalari" festivali Qoraqalpogʻiston Respublikasida start olgani haqida ma'lum qilgan edik.

📌 Hozirda festival Qoraqalpogʻiston Respublikasida mavjud tuman (shahar) "Barkamol avlod" bolalar maktablarida ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda.

Jumladan, Qonlikoʻl tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Barkamol avlod bolalari" festivalining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Bunda,
🔹Liboslar dizayni”
🔹"Robototexnika"
🔹"Landshaft"
🔹"Milliy kashtachilik"
🔹"Shaxmat"
🔹“Mental arifmetika”
🔹"Ingliz tili" to'garak a'zolari ishtirok etishdi.

🎁Festival davomida faol ishtirok etgan to'garak a'zolari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Faoliyatimizdan

“Barkamol avlod" bolalar maktablaridagi “FIZIKA” to‘garaklari haqida…

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida hozirgi kunda “Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi bo‘yicha 2 434 ta to‘garaklarga jami 69 253 dan ortiq o‘quvchilar qamrab olingan.

🔬“Fizika” yo‘nalishi bo‘yicha 119ta to‘garaklarga jami 2770 dan ortiq o‘quvchilarga ta’lim tarbiya berib kelinmoqda.

📌Xususan, Qashqadaryo viloyatidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Fizika” yoʻnalishi boʻyicha 13ta toʻgaraklar faoliyat olib bormoqda va toʻgaraklarga 280 nafar oʻquvchi-yoshlar jalb qilingan.

Jumladan
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi qoshida tashkil etilgan "Fizika" toʻgaragida 20 nafar to'garak a’zolari o‘z bilimlarini muntazam ravishda oshirib bormoqdalar.

🤖To‘garak mashg'ulotlarimiz sizni qiziqtirgan bo‘lsa ONLINE ro‘yxatdan o‘ting!

Roʻyxatdan oʻtish
👈

SHOSHILING!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI BOʻLIM BOSHLIGʻI “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI

😊Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish boʻlimi boshligʻi Indira Xoldarova Andijon viloyatida boʻlib, Jalaquduq, Boʻston va Asaka tuman “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

❗️Dastlab maktablarda tashkil etilgan toʻgaraklar jarayonini kuzatib, pedagog-xodimlar bilan toʻgarak a’zolarining faollik darajasi haqida suhbatlashdi.

💠Soʻng viloyatdagi barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Bunda, faoliyat samaradorligini yanada oshirish uchun amalga oshiriladigan ishlar muhokama etilib, oʻquvchilar qamrovini oshirish borasida takliflar berildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM