KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
1.14K subscribers
923 photos
468 videos
1 file
308 links
Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining telegramdagi RASMIY KANALI
Download Telegram
Forwarded from Abror Ahmadaliyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Sirojiddin Boboqulov Andijon viloyatiga keldi.

Amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o’rganishni maqsad qilgan vazir o’rinbosari
dastlabki manzilda Xo’jaobod va Buloqboshi tumanlaridagi mahallalarda bo‘ldi.

@abror_ahmadaliyev
Andijonda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Sirojiddin Boboqulov Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida viloyatimizda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni hamda mahallalardagi faoliyat bilan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari dastlab Xo‘jaobod va Buloqboshi tumanlarida bo‘lib, mahallalardagi iqtisodiy loyihalarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, Xo‘jaobod tumanining “Navoiy” hamda “Yuksalish” mahallalarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ushbu hududlarda uzumchilik va qulupnaychilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan tashabbuslar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Navoiy” MFY hududidagi “Ko‘hinur Fayz” MChJ tekstil korxonasiga tashrif buyurib, korxonaning ish jarayoni o‘rganildi. Bundan tashqari, mahalladagi uzumchilik va kivi ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mahalla yettiligi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hududlardagi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, bandlik darajasini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar tahlil etildi.

Tashrif davomida mahallalardagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.