Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.3K photos
531 videos
143 files
3.85K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
​​#Qabul2022 #RasmiyMunosabat
Abituriyent natijasi o‘zgartirib ko‘rsatilgan

Telegram kanallardan birida abituriyent test topshiriqlariga tavakkal ravishda bir xil harf belgilagan holda 151 ball to‘plagani haqida post e’lon qilindi.

Qayd etish kerakki, mazkur postda keltirilgan javoblar varaqasi (test natijalari va umumiy ball) o‘zgartirilgan bo‘lib, aslida abituriyentning test sinovida to‘plagan bali 51,5 ballni tashkil etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #RasmiyMunosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan - 4 (qo‘shimcha)

Telegram kanallarda test topshiriqlari kitobining rasmi e’lon qilinayotgan matematika fanidan test topshiriqlari yuqorida rasmiy munosabat bildirilgan 6423832 raqamli test topshiriqlari kitobiga taalluqli bo‘lib, abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2022 #RasmiyMunosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan - 5

Fizika
va matematika fanlaridan test topshiriqlari aks etgan 6410554 raqamli test topshiriqlari kitobi 12-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib,
mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalangani videokuzatuv orqali aniqlanib, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #RasmiyMunosabat
Fizika fanidan test topshiriqlari yuzasidan

Telegram kanallarda Davlat test markazining fizika fanidan ekspertlari tanqid qilinib, fizika fanidan ayrim test topshiriqlari Turkiyadan shundayligicha ko‘chirib olingani aytilgan.

Qayd etish kerakki, fizika fanidan keltirilgan test topshiriqlari turk tilidagi test topshiriqlaridan yoki boshqa manbalardan ko‘chirib olinmagan. Balki xorijiy tashkilotlar tomonidan tuzilgan test topshiriqlari o‘rganilib, ulardan g‘oya olingan holda yangi test topshiriqlari shakllantirilgan. Bu testologiya qoidalariga va mualliflik huquqiga zid emas.

Davlat test markazining ekspertlari tomonidan tuzilgan test topshiriqlari xorijiy manbalardagi savollar bilan bir xil emas va ular O‘zbekistondagi davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari asosida tuzilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #RasmiyMunosabat
Allo, ro‘molchami bu?!

Ayrim telegram kanallarda abituriyent test sinovi vaqtida bemalol telefonda gaplashayotganiga shama qilingan rasm tarqalmoqda.

Mazkur rasm 13-avgust kuni Andijon viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, rasm abituriyent ro‘molchada yuzini artayotgan vaqti jonli efirdan olingan va butunlay boshqacha talqin qilingan.

Holatni yuqoridagi video orqali ko‘rishingiz va o‘zingiz baho berishingiz mumkin.

Shu o‘rinda Davlat test markazi blogerlarni qora PR bilan obunachilarni ko‘paytirish o‘rniga test sinovlarini xolis yoritishga chaqiradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2022 #RasmiyMunosabat
Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga qulayliklar yaratilmoqda

Davlat komissiyasining 2-son bayonida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida, ko‘rish yoki eshitishda nuqsoni bo‘lgan nogiron abituriyentlarga test topshiriqlari kitobini ishlashlari va javoblar varaqasini bo‘yashlarida qulayliklar yaratilishi belgilangan.

2022-yil 14-avgust kuni 2-smenada Xorazm viloyatida o‘tkazilgan test sinovlarida 35-guruhdagi abituriyent E.A.Sapoyev ko‘rish qobiliyatida nuqsoni borligi sababli javoblar varaqasini to‘ldirish uchun yordam so‘ragan.

Holat Davlat test markazi xodimlari tomonidan o‘rganilib, haqiqatdan ham abituriyentning ko‘rish qobiliyatida nuqsoni borligi sababli guruh nazoratchisi tomonidan javoblar varaqasiga tegishli javoblarni bo‘yash uchun yordam ko‘rsatilgan.

Jarayon guruhdagi barcha abituriyentlarning roziligi bilan Davlat test markazi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#RasmiyMunosabat
Rost24 internet nashrida e’lon qilingan maqola yuzasidan

2023-yil 20-may kuni Rost24 internet nashrida “Magistratura uchun Milliy sertifikat tizimi o‘zini oqlayaptimi?” mavzusida maqola e’lon qilindi.

Maqolada bildirilgan fikrlar asossiz bo‘lib, rasmiy saytimizda bu bo‘yicha rasmiy munosabat e’lon qilindi.

Rasmiy munosabat bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: https://uzbmb.uz/post/view/rost24-internet-nashrida-e-lon-qilingan-maqola-yuzasidan

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #RasmiyMunosabat

❗️ Ushbu 5 ta test topshiriqlari kitobining hech biri bugun bo‘lib o‘tgan test sinovlariga tegishli emas!

👉 https://telegra.ph/Ijtimoiy-tarmoqlarda-tarqalayotgan-test-materiallari-yuzasidan-08-01

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #RasmiyMunosabat

Ushbu test topshiriqlari kitobi joriy yilgi OTMlarga kirish test sinovlarga tegishli emas

Test topshiriqlari kitobida tip kodi belgilangan bo‘lib, joriy yilgi test sinovlarida 4 xonalik tip kodidan foydalanilmoqda. Ushbu kitobda esa tip kodi 3 xonalik bo‘lib, bu kitob oldingi yillardagi test sinovlariga tegishli.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #RasmiyMunosabat

Turli telegram kanallarda e’lon qilinayotgan ushbu videoda hech qanday qoidabuzarlik holati mavjud emas. Abituriyent tabiiy ehtiyoj tufayli hojatxonaga chiqishi mumkin. Ushbu holatda ham guruh nazoratchisi abituriyentni nazorat ostida hojatxonaga olib borib kelgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2023 #RasmiyMunosabat

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga yordam ko‘rsatilmoqda

Davlat komissiyasining bayonida tayanch harakat a’zolarida va ko‘rishda nuqsoni bor nogiron bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarini topshirishda javoblar varaqasini bo‘yashda qulayliklar yaratilishi belgilangan.

2023-yil 1-avgust kuni 2-smenada Denov tumanida o‘tkazilgan test sinovlarida 26-guruhdagi abituriyent S.S.Hasanov ko‘rish qobiliyatida nuqsoni borligi sababli javoblar varaqasini to‘ldirish uchun yordam so‘ragan.

Holat Bilimni baholash agentligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, haqiqatdan ham abituriyentning ko‘rish qobiliyatida nuqsoni borligi sababli guruh nazoratchisi tomonidan javoblar varaqasiga tegishli javoblarni bo‘yash uchun yordam ko‘rsatilgan.

Jarayon guruhdagi barcha abituriyentlarning roziligi bilan Bilimni baholash agentligi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

Kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 7101863 raqamli test topshiriqlari kitobi 1-avgust kuni Samarqand viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtib olib chiqib ketgani videokuzatuv orqali aniqlanib, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

Biologiya fanidan 45-60-test topshiriqlari aks etgan test topshiriqlari kitobi 2-avgust kuni Jizzax viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, abituriyent test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtib olib chiqib ketgani videokuzatuv orqali aniqlanib, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

Ushbu test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga oid bo‘lib, OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

Turli telegram kanallarda Sardor ismli abituriyentga tegishli javoblar varaqasi tarqatilib, unda 90 ta test topshirig‘ini ishlagan abituriyent 0 ball olgani muhokama qilinmoqda.

1. E’lon qilinayotgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki, ushbu javoblar varaqasi joriy yilga emas, balki 2022-yilda o‘tkazilgan test sinovlariga tegishli.

2. Internetda tarqalayotgan ushbu rasm soxta bo‘lib, aslida abituriyent test sinovi natijasiga ko‘ra 45 ball to‘plagan.

Izoh: chap tomondagi (telegram kanallarda tarqatilayotgan) rasm - soxta, o‘ng tomondagi rasm - haqiqiy.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #RasmiyMunosabat

Ushbu test topshiriqlari 2023-yil 4-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar tomonidan yodlab (yozib) chiqilgan holda shakllantirilgan.

Rasmdan ham ko‘rish mumkinki, bu test topshiriqlari kitobi emas va rasm 4-avgust kuni 12:59 da olingan. 1-smena imtihonlari esa 11:00 da yakunlangan. Ya’ni savollar test sinovidan so‘ng yodlab (yozib) chiqilgan holda tarqatilgan, test sinovidan oldin emas.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2023 #RasmiyMunosabat

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga yordam ko‘rsatilmoqda

Davlat komissiyasining bayonida tayanch harakat a’zolarida va ko‘rishda nuqsoni bor nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarini topshirishda javoblar varaqasini bo‘yashda qulayliklar yaratilishi belgilangan.

2023-yil 4-avgust kuni Toshkent shahridagi“Yoshlik” sport majmuasida o‘tkazilgan test sinovlarida 1-smenada ham, 2-smenada ham ko‘plab nogironligi bo‘lgan abituriyentlar ishtirok etgan.

Ular orasida tayanch harakat a’zolarida va ko‘rishda nuqsoni bor nogiron bo‘lgan abituriyentlar ham mavjud bo‘lib, ularga guruh nazoratchisi tomonidan javoblar varaqasini bo‘yash uchun yordam ko‘rsatilgan.

Jarayon guruhdagi abituriyentlarning roziligi bilan Bilimni baholash agentligi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.

Izoh: nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga yordam ko‘rsatilayotgani to‘g‘risida 2-avgust kuni ham ma’lumot berilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#RasmiyMunosabat

Kun.uz internet nashrida e’lon qilingan maqola yuzasidan

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizomda maqsadli qabul tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.

Hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma’lumoti bo‘yicha) abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda abituriyent mazkur hududda muayyan muddat yashagan bo‘lishi kerak degan talab belgilanmagan.

Shu sababli maqsadli kvota uchun tanlov abituriyentning doimiy yashash hududi (pasportdagi ma’lumoti bo‘yicha) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlarning doimiy yashash manzili Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimidan olinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#RasmiyMunosabat

O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat


👉 https://uzbmb.uz/post/view/o-zbek-tili-va-adabiyot-rasmiy-munosabat

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #RasmiyMunosabat

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga yordam ko‘rsatilmoqda

Davlat komissiyasining bayonida tayanch harakat a’zolarida va ko‘rishda nuqsoni bor nogiron bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarini topshirishda javoblar varaqasini bo‘yashda qulayliklar yaratilishi belgilangan.

2024-yil 18-iyul kuni 1-smenada Buxoro viloyati 3-bino (Yoshlik sport majmuasi basketbol sport zali)dagi test sinovlarida 45-46-guruhda nogironligi bo’lgan abituriyentlar test sinovlari topshirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda abituriyentga yordam ko‘rsatilyotganligi bo‘yicha video tarqaldi. 45-guruhda abituriyent X.Xaydarov ko‘zida nogironligi bo‘lganligi sababli javoblar varaqasini to‘ldirishda yordam so‘ragan. Ushbu abituriyentga javoblar varaqasini belgilashda guruh nazoratchisi tomonidan amaliy yordam berilgan.

Jarayon guruhdagi barcha abituriyentlarning roziligi bilan Bilimni baholash agentligi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM