#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023
Test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi
▶️ Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:
🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔹 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.
📚 Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.
✅ Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:
1️⃣ oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
2️⃣ o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
3️⃣ qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.
📌 Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
👨🏻💻 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Talabgorlarni ro‘yxatdan o'tishlari va to'lov qilishlari my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 7-iyun soat 10:00 ga qadar davom etadi.
🖥 Imtihonlar 8-iyun kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.
📌 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.
👩🏫 TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
✅ Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Listening and Reading Tests —ma’lumot|qo‘llanma;
🔹 TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot|qo‘llanma.
☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
- t.iss.one/dtmtoefl
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈

Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
✅ “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 6-15-iyun kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
👨🏻💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 4-iyun kuniga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (330 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Forwarded from Bilimni baholash agentligi
⚡️ Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi
✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
📚 Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.
❕ Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda iyun oyidan diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
📅 Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (my.uzbmb.uz sayti orqali) 31-may kuni to‘xtatiladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
📚 Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.
❕ Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda iyun oyidan diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
📅 Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (my.uzbmb.uz sayti orqali) 31-may kuni to‘xtatiladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul
📌 2023-2024-o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan 30-iyunga qadar ariza.piima.uz sayti orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi.
🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
➖ fotosurat (so‘nggi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
👨🏻💻 Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tishda talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan) aniq va bexato kiritilishi lozim.
✅ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga qabul quyidagi sinflar uchun amalga oshiriladi:
1️⃣ 14 ta Prezident maktabiga — 5-sinf uchun;
2️⃣ 9 ta ijod maktabiga — 7- sinf uchun;
3️⃣ 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatining:
➖ aniq fanlar yo‘nalishiga — 5-sinf uchun;
➖ tabiiy fanlar yo‘nalishiga — 7-sinf uchun.
❕ Prezident maktablariga o‘qishga kirish uchun talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” (a’lo) bo‘lishi lozim.
📞 Murojaatlar uchun koll-markaz raqami: 1206.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
✅ 2023-yil 6-7-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.
⏳ Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 11-31-may kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.
👨🏻💻 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali elektron tarzda o‘tkazilib, unda 21,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 15 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi
⏳ 2023-yil 30-31-may kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlari o‘tkazildi.
✅ Test sinovlari Bilimni baholash agentligi binosida har kuni 2 smenada tashkil etilib, unda 1,1 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi.
📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanidan 50 ta, ingliz tili fanidan 30 ta, jami 80 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 20 daqiqa vaqt berildi.
📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Bank-moliya akademiyasiga taqdim etiladi va talabgorlar o‘z natijasini Akademiyaning rasmiy saytidan bilishlari mumkin bo‘ladi.

#Ovozli_chat
Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chat
📆 2023-yil 2-iyun kuni (bugun) 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da navbatdagi ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etadi hamda talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️⚡️⚡️ Rasman: test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi
🔰 Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi.
📌 Unga ko‘ra 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.
✅ Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
🏢 Ushbu binolar Bilimni baholash agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tanlab olingan.
❇️ Mazkur bayonda Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilgan bo‘lib, binolar ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Bilimni baholash agentligi pinned «#Qabul2023 #Abituriyent2023 ⚡️⚡️⚡️ Rasman: test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi 🔰 Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan…»