Bilimni baholash agentligi
112K subscribers
3.3K photos
531 videos
143 files
3.84K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
⚡️ Akademik litseylarning bitiruvchilari uchun chet tili imtihoni o‘tkazildi

2023-yil 11-12-aprel kunlari akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga muvofiq akademik litsey bitiruvchilari uchun bepul tarzda o‘tkazildi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda jami 4,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 8 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​“Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalining rasmiy veb-sayti ishga tushirildi

📌 Bilimni baholash agentligining “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnali “13.00.00 – pedagogika fanlari” mutaxassisligi bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bilimni baholash agentligi tomonidan “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalining rasmiy veb-sayti ishlab chiqilib, 2023-yil 12-aprel kuni ishga tushirildi.

📋 Unda “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnali va tahririyat hay’ati haqida ma’lumotlar, nashr etilgan jurnallar hamda mualliflar uchun qo‘llanma keltirilgan.

👨🏻‍💻 Shuningdek saytda shaxsiy kabinet yaratish va undan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lib, pedagogika sohasining pedagogik o‘lchovlar yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlar olib borayotgan professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, doktorant va soha magistrantlari shaxsiy kabinet orqali dolzarb va ilmiy yangiligi yuqori bo‘lgan ishlarini tahririyat hay’atiga taqdim etishi mumkin.

🖥 “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalining rasmiy veb-sayti: ejournal.uzbmb.uz.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi

2023-yil 14-aprel kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda talabgorlarning o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.

🖥 Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi o‘tkazildi

2023-yil 14-aprel kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

👨🏻‍🎓 Unda xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun tegishli tartibda murojaat qilgan va hujjatlari Ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosa berilgan 226 nafar talabgordan 88 nafari ishtirok etdi.

📚 Test sinovlari talabgorlarning ta’lim olgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilib, talabgorlarga 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovlari Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

📌 Test natijalariga ko‘ra minimal talabni bajargan (55 va undan yuqori ball to‘plagan) 14 nafar talabgorning xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinishi belgilandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 2-aprel kuni o‘tkazilgan kimyo va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yurtimizniobodqilaylik

“Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” chellenji

Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent shahar hududiy sho'basi jamoasi boshchiligida RRTM DUK ToshRTUM filiali, O'zbekiston pochtasi Toshkent pochtamp filiali, O'zbektelekom AK "TSHTT" filiali hamda UzTTBRM DUK bilan hamkorlikda goʻzal yurtimizni yanada obod qilish maqsadida “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” chellenjida ishtirok etdilar. Siz ham ushbu chellenjda faol qatnashing.

🔥 Maqsadimiz – bu xayrli harakatga koʻproq yoshlarni jalb qilib, Oʻzbekistonimizning tabiatini ozoda saqlash va 😀“Yashil makon” tashabbusiga oʻz hissamizni qoʻshishdir.

😀Chellenjga qoʻshiling va uni ommalashtiring! Yurtimizni birgalikda obod qilaylik!

➡️ Facebook | ➡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Diagnostik test sinovlari grafigi

📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan fevral oyida OTMlarga kirish test sinovi formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨🏻‍💻 Mazkur xizmat my.uzbmb.uz saytida joriy etilgan bo‘lib, talabgorlar mazkur sayt orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishmoqda.

📍 Diagnostik test materiallari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarga yetkazib berilmoqda.

Talabgorlardan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda test materiallarini yetkazib berish va natijalarni e’lon qilish bo‘yicha grafik ishlab chiqildi.

📆 Talabgorlar mazkur grafik asosida buyurtmalarni qabul qilish, ularni yetkazib berish, javoblar varaqasini qabul qilish va natijalarni e’lon qilish muddatlari bilan tanishishlari mumkin.

Izoh: 2023-yil 21-may diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ 21-aprel kuniga belgilangan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni boshqa kunlarga ko‘chirildi

🌙 Ramazon hayiti
2023-yil 21-apreljuma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan 21-aprel dam olish kuni deb e’lon qilindi.

📌 Shu sababli 21-aprel kuniga belgilangan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni boshqa kunlarga ko‘chirildi.

📆 Bunda talabgorlarning imtihon topshirish joyi o‘zgartirilmagan holda imtihon kuni va vaqtiga o‘zgartirish kiritildi.

Hozirda imtihon kuni o‘zgartirilgan talabgorlarga qachon imtihonda ishtirok etishi bo‘yicha SMS xabarnomalar yuborilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ 21-aprel kuniga belgilangan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni boshqa kunlarga ko‘chirildi 🌙 Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel — juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan 21-aprel dam olish kuni deb e’lon qilindi. 📌 Shu sababli 21-aprel kuniga…»
🇺🇿 Qadrli yurtdoshlar!

🌙 Bilimni baholash agentligi barchani dillarimizga quvonch, dasturxonlarimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!

🤲 Xalqimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Bugun milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

👨🏻‍💻 10-aprel kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📆 Bugun, 24-aprel — mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishning (to‘lov qilish — 25-aprel) soʻnggi kuni hisoblanadi.

🖥 Unda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar kun yakuniga qadar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda test sinovlari ona tili va adabiyot fanidan 14-may kuni, tarix va geografiya fanlaridan 21-may kuni boʻlib oʻtadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun suhbat imtihoni 27-apreldan boshlanadi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 23-yanvardan 23-fevralga qadar test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar onlayn ro‘yxatga olingan edi.

👩‍🏫 Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun mart-aprel oylarida malaka oshirish kurslari tashkil etildi va kurs yakunida yakuniy test sinovlari o‘tkazildi.

🖥 Test sinovi natijalari nomzodlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilingan bo‘lib, maksimal ballning 60 % (24 ball) ni to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga o‘tgan hisoblanadi.

2023-yil 27-apreldan 5-mayga qadar keyingi bosqichga o‘tganlar bilan suhbat shaklidagi imtihon o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra nomzodlar bilan shartnoma imzolanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube