Matematika fanidan test tahlili.pdf
600.8 KB
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tahlili
⏳ Ma’lumki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazib kelinmoqda.
🔰 Mazkur test sinovlari Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.
📥 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etgan ayrim talabgorlar tomonidan test topshiriqlari qiyin, ular uchun ajratilgan vaqt esa kam degan mazmunda murojaatlar bo‘lmoqda.
❕ Mazkur murojaatlar qanchalik o‘rinli? Haqiqatan ham test topshiriqlari qiyinmi? Ushbu savollarga javob topish uchun test natijalarining statistik tahlillariga e’tibor qaratish lozim.
✅ Yuqoridagi pdf faylda 2022-yil 4-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika fanidan milliy sertifikat imtihonining statistik tahlili sodda tilda keltirilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Sayyor_qabul
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sayyor qabul
📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida o‘tkaziladi.
✅ Sayyor qabullar:
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15-mart kuni 11:00 da – Nukus shahrida joylashgan Prezident xalq qabulxonasida;
🔹 Xorazm viloyatida 16-mart kuni 11:00 da – Urganch shahrida joylashgan Prezident xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.

#Konstitutsiya
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining matni e’lon qilindi.
Shuningdek, Qonun loyihasi “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining bugungi sonida ham e’lon qilingan.

#Ovozli_chat
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat
📆 2023-yil 17-mart (juma) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari mavzusida bo‘lib o‘tadi va mavzu doirasida muhim ma’lumotlar beriladi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga shaxsan javob beradi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Jizzax viloyatida sayyor qabul
📋 Bilimni baholash agentligi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Mirzayev Farxod Isamovich tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkaziladi.
✅ Sayyor qabul Jizzax politexnika instituti akademik litseyi (Jizzax shahri I.Karimov ko‘chasi 4-“A”-uy) da 17-mart kuni 12:00 bo‘lib o‘tadi.

#Ovozli_chat #Live
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi
🎙 Ovozli chatda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari ishtirok etmoqda.
✅ Unda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha savollarga javob beriladi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.
🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/BaholashUz?livestream

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
✅ 2023-yil 4-5-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.
⏳ Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 9-11- va 13-17-mart kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.
👨🏻💻 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali elektron tarzda o‘tkazilib, unda 8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 15 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
🖥 Test natijalari 27-mart kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
Bugun respublikamizning barcha hududlarida Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Hashar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.
Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda xayriya hashari tashkil etildi.
Unda Bilimni baholash agentligi xodimlari faol ishtirok etib, agentlik hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, yerga ishlov berish, daraxtlarni butash va oqlash hamda ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.