Bilimni baholash agentligi
137K subscribers
3.8K photos
584 videos
146 files
4.15K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Umumxalq xayriya hashari

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi tegishli farmoyishi asosida "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Davlat test markazida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda xayriya hashari tashkil etildi.

Unda Davlat test markazi xodimlari faol ishtirok etib, Markaz hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash hamda ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.


Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qadrli yurtdoshlar!

Davlat test markazi barchani dillarimizga quvonch, dasturxonlarimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!

Xalqimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​⚡️ Chet tillar o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 14-15-aprel (yozma) hamda 18-25-aprel (gapirish) kunlari o‘tkazilgan chet tillar o‘qituvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Shuningdek, test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan chet tillar o‘qituvchilari tegishli ma’lumotnomani elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📆 Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida ma’lumotnoma imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan chet tillar o‘qituvchilariga uch yil muddatga beriladi.

🔰 Eslatib o‘tamiz, o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

👨🏻‍💻 May
oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Bunda talabgorlarni ro‘yxatga olish 27-mayga qadar Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🖥 Har ikki imtihon ham 28-may kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Test sinovi uchun to‘lov:

👉 TOEFL ITP - bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari (945 000 so‘m);
👉 TOEIC - bazaviy hisoblash miqdorining 5,5 baravari (1 485 000 so‘m) ni tashkil qiladi.

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi sertifikatga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 13-14-15-may kunlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

👨‍🏫 Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 12-may kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kurslarda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈