Bilimni baholash agentligi
116K subscribers
3.73K photos
576 videos
145 files
4.09K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Puchon universitetiga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi

📆 2022
-yil 21-aprel kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetiga qabul uchun test sinovi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovi Davlat test markazida tashkil etilib, unda talabgorlarning ingliz va koreys tillarini bilish darajasi aniqlandi.

Buning uchun talabgorlarning o‘qish hamda leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Test sinovida talabgorlarga har bir bo‘lim bo‘yicha 30 tadan 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt berildi.

🏫 Test natijalari hisoblangandan so‘ng Puchon universitetiga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul
Sayyor qabullar davom etmoqda

2022-yil 21-aprel kuni Toshkent viloyatida Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

👉 Batafsil: https://dtm.uz/post/view/sayyor-qabul-davom-etmoqda

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2022-yil 21-aprel kuni Davlat test markazida Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ushbu sohada o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Rus tili chet tili sifatida” (TRKI) testlarini Davlat test markazida joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Davlat test markazidan direktor o‘rinbosari Sardor Radjabov va soha mutaxassislari hamda Sankt Peterburg davlat universitetining yoshlar siyosati va qabul bo‘yicha birinchi prorektori Aleksandr Vyacheslavovich Babich, Tillarni baholash markazi direktori Dmitriy Viktorovich Ptyushkin ishtirok etdilar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🎧📗 Chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

Chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi 6-may kunidan boshlanishi belgilandi.

📆 Malaka oshirish kursi 48 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 6-19-may kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Davlat test markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 1-may kuniga qadar quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (540 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin: https://docs.google.com/forms/d/1dK6X1q1CvUuDfDeArpL16CnSf2S8rY3jYCnZXBzeWzI

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

👉 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
👉 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
👉 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

📌 Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni bilan quyidagi 2 toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun to‘lovdan ozod etildi:

👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
👉 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

❇️ Demak 2022-yil 1-iyundan boshlab mazkur 2 toifadagi abituriyentlardan ham test sinovi uchun to‘lov undirilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 26-27-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 10-14- va 16-may kunlari o‘tkaziladi.

📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

👨‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fanlar_majmuasi-2022.pdf
9.4 MB
⚡️⚡️⚡️ Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Davlat komissiyasining 13-son bayoni
bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

- - -

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

- - -

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube