Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.29K photos
521 videos
143 files
3.83K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

🔰 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📆 Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

👨🏻‍💻 Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

🖥 Agar talabgor haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

🔖 Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

☑️ Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning oltinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 13-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

📌 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish bir smenada tashkil etildi.

Bir smenada jami 147 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 40 nafari jarayonda ishtirok etdi, 107 nafari ishtirok etmadi.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini qabul qilish 14-sentabrga qadar davom etadi va shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayoni 17-sentabr kuni davom ettiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

📆 2021-yil 5-sentabr kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar qabul qilnadi.

Shuningdek, magistratura mutaxassisliklarining ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni chet tili fanidan test sinovi hamda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish ham 14-sentabr kuni yakunlanadi.

📌 Shu sababli, mazkur test sinovlarida ishtirok etgan va o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar bugun (14-sentabr) 23:59 ga qadar apellatsiya arizasi berishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalari Davlat test markazining apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushdi

Bu yil O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bunda 6 993 924 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 880 155 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini, elektoral madaniyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi.

Mazkur platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur ma’lumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin. Shuningdek, saytdan ro‘yxatdan o‘tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni ham yaratilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi

📌 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish, magistratura mutaxassislariklariga kirish uchun chet tili fani va talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar Davlat test markazining apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi.

Mazkur muddat davomida test sinovida ishtirok etgan 5 121 nafar talabgor onlayn tarzda apellatsiya arizasi topshirdi. Jumladan:

👉 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha - 3 759 nafar;

👉 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha - 1 205 nafar;

👉 Magistratura mutaxassisliklarining ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni chet tili fanidan test sinovi bo‘yicha - 157 nafar.

📋 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, 13-sentabrga qadar 3 ming nafardan ziyod abituriyentning apellatsiya arizalari ko‘rib chiqildi.

📆 Qolgan talabgorlarning apellatsiya arizalari 17-18-sentabr kunlari talabgorlarga taqdim etilgan xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtlarda ko‘rib chiqiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish

Hozirda abituriyentlar, talabalar hamda ularning ota-onalari tomonidan Davlat test markaziga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha minimal o‘tish bali, o‘tish balidan past ball to‘planganda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish kabi turli masalalarda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tabaqalashtirilgan to‘lov-konrakt miqdorini belgilash va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim muassasasining bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holdagi takliflariga (qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha) binoan Davlat komissiyasi qarori asosida oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati inobatga olinib amalga oshiriladi.

Shu sababli tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar Davlat test markaziga emas, balki oliy ta’lim muassasasiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Shu o‘rinda Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar va ularning ota-onalarini mazkur masala yuzasidan Davlat test markaziga yuborish o‘rniga qonunchilik asosida kerakli tushuncha va ma’lumotlarni berishni tavsiya qiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

📌
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish, magistratura mutaxassislariklariga kirish uchun chet tili fani va talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, 18-sentabrga qadar davom etdi.

Mazkur muddat davomida jami 5 121 nafar talabgordan 1 388 nafari ishtirok etdi, 3 733 nafari esa ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi

👩‍🏫
Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan “O‘qituvchilar uchun Aptis” malaka test sinovi uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Test sinovlarini sentabr oyida Toshkent va Qarshi shaharlarida, oktabr oyida esa Nukus, Navoiy va Andijon shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, shu yerda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari mazkur shaharlarda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

👉 Toshkent shahri - 28-sentabr;
👉 Qarshi shahri - 30-sentabr.
👉 Nukus shahri - 5-oktabr;
👉 Navoiy shahri - 7-oktabr;
👉 Andijon shahri - 12-oktabr.

👨🏻‍💻 Mazkur test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi muddatlarga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin:

👉 Toshkent shahri - 26-sentabr;
👉 Qarshi shahri - 28-sentabr.
👉 Nukus
shahri - 2-oktabr;
👉 Navoiy shahri - 5-oktabr;
👉 Andijon shahri - 10-oktabr.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Bilimni baholash agentligi
⚡️ “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi 👩‍🏫 Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan “O‘qituvchilar uchun Aptis” malaka test sinovi uchun…
Talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Namangan viloyatida ham o‘tkazilishi belgilandi.

Bunda test sinovi Namangan shahrida 13-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi va talabgorlarni 10-oktabrga qadar onlayn ro‘yxatga olinadi.
​​Davlat test markazining abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaati

Ma
’lumki, joriy yilda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imithonlar esa OTMlar tomonidan) ilk bor Davlat test markazi tomonidan o‘tkazildi.

Unda test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 87 486 nafar talabgordan 85 261 nafari ishtirok etdi.

Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘qishni ko‘chirish uchun minimal o‘tish bali ancha past belgilangan bo‘lsada, talabgorlarning 72 foizi mazkur minimal talabni bajara olmadi.

Aslini olganda yoshlarimizning xorijdagi nufuzli OTMlarda tahsil olishi yaxshi. Lekin maqsad xorijda ta’lim olib, o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish emas, balki qanday qilib bo‘lsa ham 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib olish bo‘ladigan bo‘lsa, bu endi yaxshi holat emas, albatta.

Hozir ko‘plab konsalting firmalar tomonidan 1 yildan so‘ng O‘zbekistonga ko‘chirib berish va’da qilingan holda qo‘shni davlatlardagi OTMlarga hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga kiritib qo‘yish taklif qilinmoqda.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Hech qaysi firma talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga oldindan kafolat bera olmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qaroriga binoan barcha talabalar o‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish uchun imtihon topshirishi va tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan o‘tish balini to‘plashi lozim.

Shu sababli, Davlat test markazi asosiy maqsadi xorijda o‘qish emas, balki 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib olish bo‘lgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga turli shaxslar va firmalarning 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib berish to‘g‘risidagi va’dalariga ishonmaslikni va o‘z bilimiga ishongan holda test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qiladi.

Izoh: quyida xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning 50 foizdan ortig‘i 56,7 ball (maksimal ballning 30 foizi) ham to‘play olmagan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021 #Ovozli_chat
Test sinovlari yakunlari bo‘yicha ovozli chat

📆
Ertaga, 24-sentabr kuni soat 19:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali ovozli chat o‘tkaziladi.

🎙 Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etadi.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:

👉 OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari;
👉 magistraturaga kirish uchun chet tili fanidan test sinovlari;
👉 talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish;
👉 apellatsiya jarayonlari va boshqalar.

Mazkur mavzular bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollarni @ovozli_chat_uchun_savollar_bot telegram botiga yuborishingiz mumkin.

🙋‍♂️ Shuningdek, ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Akademik litseylarga kirish test sinovlari yuzasidan

2021-yil 23-sentabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan akademik litseylarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

Natijalar e’lon qilinganidan so‘ng test natijasi yuzasidan apellatsiya shikoyati bermoqchi bo‘lgan nomzodlar va ularning ota-onalarini akademik litseylar tomonidan Davlat test markaziga yuborish holatlari kuzatilmoqda.

2021-yil avgust oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan “2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish uchun test sinovlarini tashkil etish to‘g‘risida” muvaqqat nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur nizomning 3-bobida test sinovlari natijalari bo‘yicha apellatsiya murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi keltirilgan.

Unga ko‘ra, akademik litseylarda nomzodlarning test sinovi natijasidan noroziligi yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha apellatsiya komissiyasi tashkil qilinadi.

Apellatsiya komissiyasi tarkibiga akademik litsey mas’ul xodimlari va fanlar bo‘yicha ekspertlar kiritiladi hamda apellatsiya komissiyasining tarkibi akademik litsey direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida apellatsiya komissiyasiga test natijalari bo‘yicha apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

Ushbu tartibdan kelib chiqqan holda apellatsiya arizalari test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni davomida akademik litseylarda tashkil etilgan apellatsiya komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, akademik litseylarga kirish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz sayti orqali amalga oshirilgan bo‘lib, nomzodlar va ularning ota-onalari tanlangan ta’lim yo‘nalishlari va ularning ustuvorligi bo‘yicha bevosita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda akademik litseylarga murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream scheduled for
Live stream started
#Qabul2021 #Ovozli_chat #Live
Test sinovlari yakunlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙 Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etmoqda.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:

👉 OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari;
👉 magistraturaga kirish uchun chet tili fanidan test sinovlari;
👉 talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish;
👉 apellatsiya jarayonlari va boshqalar.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/dtmuzb?voicechat

Ovozli chat funksiyasi ishlashi uchun telegramning oxirgi versiyasi bo‘lishi lozim. Agar sizda telegramning oxirgi versiyasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, dasturni yangilab olishni unutmang.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream finished (1 hour)
Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridan lavhalar

👉 https://youtu.be/8Di2GSxvMx8

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube