#Qabul2021 #Imtiyoz
Olis cho‘l hududlari aholisi va harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi
📌 Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlarida yashovchi va harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.
👨🏻💻 Mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining “Imtiyozli” bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.
🖥 Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.
✅ Imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2021
⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!
📚 Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirildi va 1-bosqich imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazildi.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Preziddentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida muvofiq 2-bosqich imtihonlari, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Chet tili fanidan test sinovlari 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani magistr.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.
✅ Bunda ruxsatnomalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari tomonidan mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonda necha ball olganidan qat’iy nazar ruxsatnoma chiqqan barcha talabgorlar test sinovlarida ishtirok eta oladi.
❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha uchinchi kun natijalari e’lon qilindi
✅ 2021-yil 25-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 25-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ transfer.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limidan):
👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

#Qabul2021 #Harbiy
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan abituriyentlar davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovida ishtirok etmaydi
🔰 Ma’lumki, joriy yilda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan birga o‘tkazildi va ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlarga oliy harbiy ta’lim muassasasidan tashqari fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi berildi.
📋 Test sinovlari yakunlangandan so‘ng oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan talabgorlarning test natijalari Davlat test markazi tomonidan oliy harbiy ta’lim muasssasalariga taqdim etildi va oliy harbiy ta’lim muassasalari tomonidan tanlov o‘tkazilib, tanlov natijalari e’lon qilindi.
❕ Shundan so‘ng, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan talabgorlar haqidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etildi va ular davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etmaydi.
🖥 Shu sababli oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan abituriyentlar mandat.dtm.uz saytida ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi ro‘yxatdan chiqarib tashlandi.
✅ Buning natijasida ayrim ta’lim yo‘nalishlarida abituriyentlarning soni kamaydi va ularning ballar ketma-ketligidagi o‘rni o‘zgardi, aniqroq qilib aytganda yuqoriga ko‘tarildi.