Bilimni baholash agentligi
116K subscribers
3.72K photos
575 videos
145 files
4.08K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

📋 Ma'lumki, joriy yil 22-avgustdan boshlab belgilangan sanalarda OTMlariga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentabr kuni to‘liq yakuniga yetdi.

👨🏻‍🎓 Apellatsiya komissiyasi tomonidan 4 055 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 831 nafari (20,5%) jarayonda ishtirok etdi, 3 224 nafari esa ishtirok etmadi.

🏢Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yilda ilk marta Nukus shahrida apellatsiya shikoyati bergan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarning e'tirozlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyor Apellatsiya komissiyasi tashkil etildi.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM