Bilimni baholash agentligi
114K subscribers
3.4K photos
558 videos
145 files
3.92K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
⚡️Agentlikda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

❇️ 24-25-avgust
kunlari respublikamizning barcha hududlarida Mustaqillik bayrami arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

🪚 Hashar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda xayriya hashari tashkil etildi.

🚮 Unda Agentlik xodimlari faol ishtirok etib, binolar va ularning atrofini tozalash, daraxtlarni butash va oqlash hamda ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun (2024-yil 24-avgust kuni) 19:00 dan 22:00 ga qadar Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlarida profilaktika ishlari olib boriladi.

Shu sababli bugun soat 19:00 dan 22:00 ga qadar uzbmb.uz, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlarida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Professional ta'lim muassasalariga tanlov davom etmoqda

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.

❗️Abituriyentlarga tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirish imkoniyati beriladi.

🗓 Abituriyentlarning professional ta’lim muassasasiga tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

⭐️ Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Statistika

⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

👨🏻‍🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🙋🏻‍♂️ 96 516 nafari (51,6 %)erkaklar;
🙋🏻‍♀️ 90 355 nafari (48,4 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%).

🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning uchinchi kuni yakunlandi

📋 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

👨🏻‍🎓 Bugun(26-avgust) 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 129 nafari (21,5 %) jarayonda ishtirok etdi, 471 nafari esa ishtirok etmadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun 11:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
#Qabul2024 #Apellatsiya

Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

2024-yil 18-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

🖥 Shuningdek, 22-avgust kuni talabalar o‘qishini xorjiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (27-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Bugun professional ta'lim muassasalariga tanlovning so‘nggi kuni

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar tomonidan 2024-yil 18-avgustdan my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlash davom etmoqda.

❗️ Bugun (27-avgust) professional ta'lim muassasalariga tanlovning so‘nggi kuni bo‘lib, abituriyentlar soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari, shuningdek, tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

⭐️ Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 27-avgust kuni 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning to‘rtinchi kuni yakunlandi

📋 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

👨🏻‍🎓 Bugun(27-avgust) 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 139 nafari (23,2 %) jarayonda ishtirok etdi, 461 nafari esa ishtirok etmadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning beshinchi kuni yakunlandi

📋 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

👨🏻‍🎓 Bugun(28-avgust) 927 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 161 nafari ( 17,4%) jarayonda ishtirok etdi, 766 nafari esa ishtirok etmadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#super_kontrakt
⚡️Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymati tasdiqlandi

‼️2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

📌 Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10% lik chegirma beriladi.

💾 PDF shaklida yuklash

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM