Bilimni baholash agentligi
110K subscribers
3.43K photos
561 videos
145 files
3.94K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Audio
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 2-avgust kuni 2024-2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishning tanlov bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya
#apellatsiya #qabul2024

📆 2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 2024-yil 6-8-avgust kunlari https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

Apellatsiya shikoyatlari 2024-yil 12-avgust kunidan boshlab uch kun davomida Bilimni baholash agentligida ko‘rib chiqiladi.


❗️ Ariza bergan talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni

Bugun talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Talabalar bugun (5-avgust) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin.

❗️ Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar uchun davlat granti - 2024_.pdf
177 KB
Xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha kvota va sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari
#abituriyent #kvota

Ehtiyojmand oilalardagi xotin
-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti hududlar va sohalar kesimida tasdiqlandi.

Jami: 2 000 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

🔹 Aniq va tabiiy fanlar – 453;
🔹 Texnika fanlari – 253;
🔹 Tibbiyot fanlari – 301;
🔹 Boshqa yo‘nalishlar – 993.

Hududlar bo‘yicha:

🔸 Qoraqalpog‘iston
Respublikasi – 111;
🔸 Andijon viloyati – 183;
🔸 Buxoro viloyati – 112;
🔸 Jizzax viloyati – 81;
🔸 Qashqadaryo viloyati – 193;
🔸 Navoiy viloyati – 60;
🔸 Namangan viloyati – 165;
🔸 Samarqand viloyati – 227;
🔸 Surxondaryo viloyati – 155;
🔸 Sirdaryo viloyati – 50;
🔸 Toshkent viloyati – 177;
🔸 Farg‘ona viloyati – 221;
🔸 Xorazm viloyati – 110;
🔸 Toshkent shahri – 155.

❗️ Diqqat!
Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

📝 Mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar doimiy yashash hududi bo‘yicha sohalar kesimida ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

✍️ Yuqoridagi pdf faylda qo‘shimcha kvotaning taqsimoti bilan birga sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ham keltirilgan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Besh yil stajga ega xotin-qizlar (yo‘nalishlar) - 2024_.pdf
167.9 KB
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali
#abituriyent #kvota

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi.

Unda tavsiyanoma qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

❗️ Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomaga ega abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda juda ham e’tiborli bo‘lishlari lozim.

Ma’lumki, joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

Lekin kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar oldingi klassifikatordagi ta’lim yo‘nalishlari asosida berilgan.

Yuqoridagi pdf faylda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalardagi ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan (jadval Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan).

‼️ Hurmatli abituriyentlar! Agar sizda kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma mavjud bo‘lsa, ushbu jadval bilan tanishgan holda tavsiyanomaga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashingiz lozim.

PS. Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti bilan bu yerda tanishish mumkin.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?
#abituriyent #qabul2024

Javob: my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” bo‘limida davlat oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mazkur bo‘lim orqali so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

2023-2024-o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);

2023-2024-o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);

so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).

Shuningdek, saytda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Matbuot anjumani

❇️ Bugun soat 12:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan AOKA da 2024/2025 o‘quv yili uchun ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etadi.

👉 Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imtiyozga ega abituriyentlar va umumiy qabul parametrlari doirasida o‘tish ballari
#abituriyent #qabul2024

Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozga ega abituriyentlarning 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tish ballarini bilish imkoniyati yaratildi.

🌎 Havola: https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2023

— — —

Shuningdek, mandat.uzbmb.uz saytiga 2023-2024-o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlari doirasida o‘tish ballari ham joylashtirildi.

🌎 Havola: https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2023

— — —

Bundan tashqari my.uzbmb.uz sayti orqali umumiy qabul parametrlari doirasida so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

🌎 Havola: https://my.uzbmb.uz/university/1

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Oliy taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun 11:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!
#e’lon #o‘qishni_ko‘chirish

⚡️my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

🛠 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan talabgorlar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

To‘lovni amalga oshirish esa 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.

💡 Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovni amalga oshirish mumkin, biroq yangi ariza topshirish imkoniyati yo‘q.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 9-avgust kuni 2024-2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishning tanlov bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

❗️Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning so‘nggi kuni

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugun 10-avgust soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

⚡️Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.

❇️ Hurmatli abituriyentlar! Sizdan bugun soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashingizni so‘raymiz!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalariga qabul yakunlandi

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqichi, ya’ni, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni yakunlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha

❇️ 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.

Shundan:

👉 respublikadagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan - 33 255 nafar;
👉 xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan -- 657 nafar;
👉 xorijiy davlatlarning OTMlaridan - 9 970 nafar.

❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov undiriladi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️Abituriyentlar 2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e'lon qilingandan so‘ng uni shaxsiy kabinetlari orqali bilish bilan birgalikda, 5100 raqamiga ID raqamini jo‘natib ham aniqlashlari mumkin.

❇️ Abituriyentlarda natijalarni kutmasdan ham hozirdan 5100 raqamiga SMS so‘rovini yuborish imkoniyati mavjud. Bunda abituriyentga natijalar e'lon qilingandan so‘ng SMS-xabarnoma (xizmat pulli, bitta SMS narxi 3 000 so‘m) keladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM