Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.3K photos
531 videos
143 files
3.84K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Ovozli_chat #Live
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙
Ovozli chatda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Unda chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari va baholash mezonlari bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/BaholashUz?livestream

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream finished (2 hours)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat #Video_chat #Video
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha video chat videosi

📆
2023-yil 31-mart kuni Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yich video chat o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan ovozli chat davomida:

🔹 chet tili (multilevel) imtihonining baholash mezonlari;
🔹 baholash mezonining ilmiy asoslari;
🔹 oldingi baholash mezoni bilan yangi baholash mezonining farqi;
🔹 apellatsiya murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi;
🔹 ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq masalalar;
🔹 sertifikatni OTMlarga kirishda inobatga olinishi;
🔹 va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga batafsil javob berildi.

🎙 Video chatda ishtirok eta olmaganlar uchun video chatning video yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ Ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yishni tezlashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi

Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq o‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish bilan bog‘liq funksiyalar Bilimni baholash agentligiga yuklatilgan.

Shu sababli o‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish bilan bog‘liq murojaatlar 2023-yil 17-fevraldan boshlab agentlik tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Murojaatlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq 2 ish kunida (ayrim hollarda 10 ish kunigacha) ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur qarorda apostil qo‘yish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (2023-yil 1-aprel holatiga 60 ming so‘m) miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan bo‘lib, undirilgan yig‘im tegishliligi bo‘yicha 4 ta tashkilot o‘rtasida taqsimlanadi. Talabgorlardan bundan boshqa hech qanday to‘lov talab etilmaydi.

Lekin bizga kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra turli firmalar tomonidan jarayonni tezlashtirib beramiz deb fuqarolardan pul so‘rash holatlari kuzatilmoqda ekan.

Hurmatli fuqarolar!

❗️ Agar kimdir sizdan hujjatlarga apostil qo‘yish uchun qo‘shimcha to‘lov so‘raydigan bo‘lsa, ularga ishonmang. Hujjatlarga apostil qo‘yish uchun BHMning 20 foizidan ortiq to‘lov talab etilmaydi. Jarayonni tezlashtirib beramiz deb pul so‘rayotganlar sizga hech narsa qilib bermaydi, shunchaki pulingizni oladi xolos.

Shu sababli, apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilmasdan, o‘zingiz 3 xil usulda ariza berishingiz mumkin:

1️⃣ Bilimni baholash agentligiga kelib.
2️⃣ Davlat xizmatlari markazlariga borib.
3️⃣ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 2-aprel kuni barcha hududlarda kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlar bo‘lib o‘tdi.

📚 Imtihonlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, unda 2 064 nafar talabgor ishtirok etdi. 10 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ingliz tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovlari (mock exam)

2023-yil 27-aprel kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovlari (mock exam) o‘tkaziladi.

📍 Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 20-aprel kuni 9:00 ga qadar (to‘lov qilish — 21-aprel 9:00) amalga oshiriladi.

☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
-
t.iss.one/mock27aprel

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Ona (o‘zbek va qoraqalpoq) tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Ona tilidan yozish ko‘nikmasini baholash” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursi 14-apreldan boshlanadi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 14-25-aprel kunlari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga ona tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida ona tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 12-aprel kuniga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni 13-aprelga qadar (300 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon:
- (95) 515-68-68

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz👈
⚡️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursi 25-apreldan boshlanadi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 25-apreldan 3-maygacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar (chet tilini bilish darajasi C1 ga teng bo‘lgan) Ilmiy o‘quv amaliy markazida shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-aprel kuniga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (300 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon:
- (95) 515-68-68

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
⚡️ Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-aprel kuni boshlanadi

🔰 Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendum bo‘lib o‘tishi belgilangan.

📆 Shu sababli 30-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari 14-may kuniga ko‘chirildi.

👨🏻‍💻 Bunda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

🖥 Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha aprel oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 8-9-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa talabgorlar soni ko‘p bo‘lgani uchun 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

📍 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (12-may kuni) e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Diagnostik test sinovlari grafigi

📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan fevral oyida OTMlarga kirish test sinovi formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨🏻‍💻 Mazkur xizmat my.uzbmb.uz saytida joriy etilgan bo‘lib, talabgorlar mazkur sayt orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishmoqda.

📍 Diagnostik test materiallari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarga yetkazib berilmoqda.

Talabgorlardan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda test materiallarini yetkazib berish va natijalarni e’lon qilish bo‘yicha grafik ishlab chiqildi.

📆 Talabgorlar mazkur grafik asosida buyurtmalarni qabul qilish, ularni yetkazib berish, javoblar varaqasini qabul qilish va natijalarni e’lon qilish muddatlari bilan tanishishlari mumkin.

Izoh: 2023-yil 21-may diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat
Nostrifikatsiya va apostil xizmatlari bo‘yicha ovozli chat

📆
2023-yil 7-aprel (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da navbatdagi ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) va ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli bo‘linma boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etadi va savollarga jonli efirda javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube