Hunarmandchilik, tikuvchilik, kosibchilik, qandolatchilik kabi uy sharoitidagi kichik ishlab chiqarish loyihalarini mahallaning o‘zida kengaytirish kerakligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan bir oy muddatda sanoat, hunarmandchilik va kasanachilik mikro markazlarini 700 ta ixtisoslashgan mahallada tashkil etish ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Bu markazlarning 70 tasi ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda ochilishi zarur. Ushbu markazlardan 5 yil muddatda yer va mol-mulk solig‘i undirilmaydi.
Joriy yilda bu maqsadlarga 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi, ushbu sanoat markazlari orqali 50 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi.
Yana bir masala – yil boshidan buyon hokim yordamchilari tomonidan 5 mingga yaqin bo‘sh binolar aniqlandi. Hokim yordamchilari aniqlagan bo‘sh bino-inshootlarni sotish, ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar ushbu mahallaning infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanishi belgilandi.
“Umuman, yil yakuniga qadar bo‘sh bino qolishi kerak emas”, dedi Prezident.

Profilaktika inspektorlari uchun test sinovlari o‘tkazildi
⏳ 2022-yil 19-aprel kuni Davlat test markazi tomonidan profilaktika (katta) inspektorlarining bilim darajalarini aniqlash uchun test sinovlari o‘tkazildi.
🔰 Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 30-noyabrdagi PQ-23-son qaroriga muvofiq tashkil etildi.
✅ Test sinovlari Ichki ishlar vazirligining talabiga binoan Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etilib, jami 438 nafar talabgor ishtirok etdi.
📚 Unda talabgorlarga huquqshunoslik fani (30 ta) va intellektual qobiliyat (30 ta) bo‘yicha 60 ta test topshirig‘i hamda ularni ishlash uchun 2 soat vaqt berildi.
Test natijalari hisoblangandan so‘ng Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Respublika bo‘yicha 2 mingdan ziyod mahalla xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan.
Prezident aholisi ko‘p qishloqlarda shaharlardagi mavjud xizmatlarni imkon qadar yo‘lga qo‘yish lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.
Mutasaddilarga aholisi 20 mingdan oshadigan 3-4 ta mahalla uchun kamida 1 tadan mahallalararo chakana savdo va xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash topshirildi.
Ushbu markazlar ham, mikro sanoat markazlari kabi, 5 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod etilishi belgilandi.
Bu orqali viloyat hokimlari mahallalarda ikkinchi chorakda xizmatlar sohasida 140 mingta ish o‘rni yaratishi zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan hudud va tarmoq rahbarlari hisobot berdi, hokim yordamchilarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
✅ “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursi 25-apreldan boshlanadi.
📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 25-28-aprel kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
👨🏻💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 22-aprel kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (270 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil — yuqoridagi
#infografikada.
Batafsil — yuqoridagi
#infografikada.
Puchon universitetiga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
📆 2022-yil 21-aprel kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetiga qabul uchun test sinovi bo‘lib o‘tdi.
✅ Test sinovi Davlat test markazida tashkil etilib, unda talabgorlarning ingliz va koreys tillarini bilish darajasi aniqlandi.
⏳ Buning uchun talabgorlarning o‘qish hamda leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
⏰ Test sinovida talabgorlarga har bir bo‘lim bo‘yicha 30 tadan 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt berildi.
🏫 Test natijalari hisoblangandan so‘ng Puchon universitetiga taqdim etiladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📆 2022-yil 21-aprel kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetiga qabul uchun test sinovi bo‘lib o‘tdi.
✅ Test sinovi Davlat test markazida tashkil etilib, unda talabgorlarning ingliz va koreys tillarini bilish darajasi aniqlandi.
⏳ Buning uchun talabgorlarning o‘qish hamda leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
⏰ Test sinovida talabgorlarga har bir bo‘lim bo‘yicha 30 tadan 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt berildi.
🏫 Test natijalari hisoblangandan so‘ng Puchon universitetiga taqdim etiladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul
Sayyor qabullar davom etmoqda
2022-yil 21-aprel kuni Toshkent viloyatida Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
👉 Batafsil: https://dtm.uz/post/view/sayyor-qabul-davom-etmoqda

#Xalqaro_hamkorlik
Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
2022-yil 21-aprel kuni Davlat test markazida Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ushbu sohada o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Rus tili chet tili sifatida” (TRKI) testlarini Davlat test markazida joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Uchrashuvda Davlat test markazidan direktor o‘rinbosari Sardor Radjabov va soha mutaxassislari hamda Sankt Peterburg davlat universitetining yoshlar siyosati va qabul bo‘yicha birinchi prorektori Aleksandr Vyacheslavovich Babich, Tillarni baholash markazi direktori Dmitriy Viktorovich Ptyushkin ishtirok etdilar.