Yangi formatdagi test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi
📚 Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirishda xalqaro tajribalar (Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Turkiya, Qozog‘iston va boshqalar) o‘rganilib, o‘rganilgan ma’lumotlar va amalga oshirilgan tahlillar asosida yangi formatdagi test topshiriqlari shakllantirildi.
📆 Yangi formatdagi test topshiriqlari 12 ta umumta’lim fani bo‘yicha shakllantirilgan bo‘lib, 2022-yil 15-18-mart kunlari mazkur test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi.
📍 Test topshiriqlari aprobatsiyasi barcha hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👨🎓 Aprobatsiya jarayonida akademik litsey, ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5 ming nafarga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️ Chet tillar o‘qituvchilarini onlayn ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2022-yil aprel va oktabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tillar o‘qituvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
👨🏻💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.
📚 Ma’lumotnoma uchun test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, urdu, pushtu va dariy tillari bo‘yicha o‘tkaziladi.
🔖 Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va belgilangan talablarni bajargan o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga 15 yoki 30 % miqdorida ustama belgilanadi.
📆 Test sinovi uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Davlat boshqaruv akademiyasida test sinovi o‘tkazildi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-martdagi 120-F sonli Farmoyishiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari uchun joriy yil 18-mart kuni test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
👨🎓 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi binosida tashkil etilib, unda 186 nafar talabgor ishtirok etdi.
📚 Test sinovlari 14-18-mart kunlari bo‘lib o‘tgan seminar-trening o‘quv rejalari bo‘yicha Davlat boshqaruv akademiyasi tomonidan shakllantirilgan test topshiriqlari asosida elektron shaklda o‘tkazildi.
⏳ Bunda talabgorlarga 40 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt berildi.

Fan olimpiadasining respublika bosqichi uchun namunaviy test topshiriqlari
🔰 Ma’lumki, har yili iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalari tashkil etiladi va asosiy olimpiadalarning to‘rtinchi bosqichi uchun test topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan tayyorlanadi.
🖥 Asosiy fan olimpiadalarining to‘rtinchi (respublika) bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o‘quvchilarning asosiy fan olimpiadalariga yanada yaxshi tayyorlanishlari uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi.
👨🏻💻 Namunaviy test topshiriqlari bilan https://dtm.uz/page/olimpiada havolasi orqali kerakli fanni tanlagan holda tanishish mumkin.
O‘ylaymizki, namunaviy test topshiriqlari o‘quvchilarning asosiy fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rishlarida yordam beradi.

Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda
👨🏻💻 2022-yil 14-mart kuni mart oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.
📆 Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 24-mart kuniga qadar davom etadi.
🖥 Test sinovi esa 24-mart kuni Toshkent shahrida (Davlat test markazida) onlayn tarzda o‘tkaziladi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.
📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.
❇️ Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.
✅ Talabgorlar quyidagi havola orqali test namunalari bilan tanishishlari va test sinoviga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:
👉 https://www.ets.org/toefl_itp/l1v3_ebook
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈

Bitiruvchilar baholarining OTMga kirishda inobatga olinishi haqida
❕ 2022-yil 14-mart kuni “Huquqiy axborot” telegram kanalida 2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shilishi haqida post e’lon qilindi. Shundan so‘ng mazkur xabar ko‘plab telegram kanallarda ham e’lon qilindi.
🔰 Qayd etish kerakki, maktabdagi baholarni oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda inobatga olish tartibi 2021-yil 19-noyabrda belgilangan. Ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarori bilan “Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.
🖥 Unga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 2022-yil 10-iyunga qadar elektron platformalar ishga tushiriladi hamda 2022-2023-o‘quv yili va keyingi o‘quv yillari bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari elektron platformalarga kiritiladi va bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari hisoblab boriladi.
📆 2022-2023-o‘quv yili bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlari esa mazkur o‘quv yili yakunlangandan so‘ng, ya’ni, 2023-yil yoziga kelibgina aniq bo‘ladi.
✅ Bundan ma’lum bo‘ladiki, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlaridan boshlab amalga oshiriladi.

Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Assalomu alaykum muhtaram vatandoshlar!
O‘lkamizga kirib kelayotgan bahoriy tengkunlik va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam munosabati bilan Sizlarni Davlat test markazi jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etamiz!
Tobora go‘zallashib, farovonlashib borayotgan, barqaror tinch va osuda Vatanimiz rizqu barakasidan, baxtli xalqimizning mehr-oqibatlaridan doimo bahramand bo‘lish, dasturxon to‘kinligi baxti nasib etsin!
Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2022-yil 28-fevral hamda 1-, 9-11- va 14-mart kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Talabgorlar test natijalari bilan my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida tanishishlari mumkin.
📆 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini 4-aprel kunidan boshlab olib ketishlari mumkin bo‘ladi.
📍 Sertifikatlar Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa Davlat test markazining hududiy bo‘limlarida beriladi.

Sifatli tayyorgarlik yo‘lida navbatdagi tadbir
✅ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarini sifatli va adolatli tashkil etish, shaffof va xolis o‘tkazish maqsadida jarayonga guruh nazoratchisi sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan nomzodlar uchun 2022-yil 24-martdan boshlab o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlandi.
📚 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘quv seminar mashg‘ulotlari amaldagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 261-son qarori asosida tashkil etilib, ularda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tavsiya etilgan professor-o‘qituvchilar, professional ta’lim hamda xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muasssasalarida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlar ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturi asosida o‘tkazilmoqda.
📆 O‘quv-seminar mashg‘ulotlariga jami 5 830 nafar nomzod jalb etilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar 28-martga qadar davom etadi. O‘quv seminar mashg‘ulotlari bir necha bosqichda o‘tadi va yakunlangandan so‘ng imtihon o‘tkazilib, munosiblar tanlab olinadi.