Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.3K photos
531 videos
143 files
3.84K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Turkiya safarining to‘rtinchi kun

📚 Davlat test markazi mutaxassislaridan iborat delegatsiya tomonidan hamkorlik yo‘llari va darajasini rivojlantirish, sohaga oid zamonaviy, sifatli va samarali tajribalar bazasini kengaytirish maqsad qilingan mazkur xalqaro safar doirasida Turkiya Respublikasining Baholash, tanlash va joylashtirish markazi faoliyatini o‘rganish davom ettirildi.

📋 17-mart kuni Davlat test markazi delegatsiyasi uchun Turkiya Respublikasining Baholash, tanlash va joylashtirish markazi tomonidan navbatdagi taqdimot tadbirlari tashkil etildi.

Markaz tuzilmasidagi boshqarma va bo‘linmalarning bu safargi taqdimotlari faoliyatning quyidagi yo‘nalishlariga bag‘ishlandi:

👉 “Nogiron nomzodlarga imtihonlarni tashkillashtirish” (Nogironlar imtihonlarini tashkillashtirish boshqarmasi);
👉 “Imtihon natijalarini baholash” (Axborot xavfsizligi va boshqaruvi boshqarmasi);
👉 “e-Imtihon elektron ilovalari” (Axborot xavfsizligi va boshqaruvi boshqarmasi).

🏢 Shu kuni Davlat test markazi delegatsiyasi a’zolari e-Imtihon markaziga tashrif buyurdilar va faoliyati bilan batafsil tanishdilar. Ularga ÖSYMning Axborot xavfsizligi va boshqaruvi hamda Imtihon xizmatlari boshqarmalari boshliqlari hamrohlik qildilar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga nomzodlar uchun test sinovlari

2022-yil 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kurslariga nomzodlar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

👨‍🎓 Test sinovlari Toshkent shahrida tashkil etilib, unda 264 nafar talabgor ishtirok etdi.

📋 Test topshiruvchilarga O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik fanlarining har biridan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i berildi.

Har bir test topshirig‘ining to‘g‘ri javobi uchun O‘zbekiston tarixi va huquqshunoslik fanlarida 1,5 balldan, iqtisodiyot nazariyasi fanida esa 1,6 balldan beriladi.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar suhbatdan o‘tishga tavsiya etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yangi formatdagi test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi

📚 Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirishda xalqaro tajribalar (Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Turkiya, Qozog‘iston va boshqalar) o‘rganilib, o‘rganilgan ma’lumotlar va amalga oshirilgan tahlillar asosida yangi formatdagi test topshiriqlari shakllantirildi.

📆 Yangi formatdagi test topshiriqlari 12 ta umumta’lim fani bo‘yicha shakllantirilgan bo‘lib, 2022-yil 15-18-mart kunlari mazkur test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi.

📍 Test topshiriqlari aprobatsiyasi barcha hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🎓 Aprobatsiya jarayonida akademik litsey, ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5 ming nafarga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tillar o‘qituvchilarini onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil aprel va oktabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tillar o‘qituvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

📚 Ma’lumotnoma uchun test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, urdu, pushtu va dariy tillari bo‘yicha o‘tkaziladi.

🔖 Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va belgilangan talablarni bajargan o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga 15 yoki 30 % miqdorida ustama belgilanadi.

📆 Test sinovi uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlat boshqaruv akademiyasida test sinovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-martdagi 120-F sonli Farmoyishiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari uchun joriy yil 18-mart kuni test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

👨‍🎓 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi binosida tashkil etilib, unda 186 nafar talabgor ishtirok etdi.

📚 Test sinovlari 14-18-mart kunlari bo‘lib o‘tgan seminar-trening o‘quv rejalari bo‘yicha Davlat boshqaruv akademiyasi tomonidan shakllantirilgan test topshiriqlari asosida elektron shaklda o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarga 40 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt berildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fan olimpiadasining respublika bosqichi uchun namunaviy test topshiriqlari

🔰 Ma’lumki, har yili iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalari tashkil etiladi va asosiy olimpiadalarning to‘rtinchi bosqichi uchun test topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan tayyorlanadi.

🖥 Asosiy fan olimpiadalarining to‘rtinchi (respublika) bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o‘quvchilarning asosiy fan olimpiadalariga yanada yaxshi tayyorlanishlari uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Namunaviy test topshiriqlari bilan https://dtm.uz/page/olimpiada havolasi orqali kerakli fanni tanlagan holda tanishish mumkin.

O‘ylaymizki, namunaviy test topshiriqlari o‘quvchilarning asosiy fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rishlarida yordam beradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda

👨🏻‍💻 2022
-yil 14-mart kuni mart oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📆 Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 24-mart kuniga qadar davom etadi.

🖥 Test sinovi esa 24-mart kuni Toshkent shahrida (Davlat test markazida) onlayn tarzda o‘tkaziladi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

❇️ Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Talabgorlar quyidagi havola orqali test namunalari bilan tanishishlari va test sinoviga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:
👉 https://www.ets.org/toefl_itp/l1v3_ebook

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈