Davlat test markaziga kelib tushayotgan savollar yuzasidan
📆 2021-yil 8-oktabr kuni Davlat test markazi tomonidan test sinovi jarayonlariga oid takliflarni qabul qilish uchun maxsus telegram bot (@dtmga_takliflar_bot) ishga tushirilgan edi.
✅ Hozirga qadar mazkur bot orqali 661 ta xabar kelib tushgan bo‘lib, bot orqali yuborilgan barcha xabarlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
👨🏻💻 Lekin yuborilgan xabarlarning aksariyat qismi taklif emas, balki savollardan iborat bo‘lib qolmoqda. Unda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga ko‘chirish va tabaqalashtirilgan kontrakt (xalq tilida super kotrakt) bo‘yicha ko‘plab savollar yuborilmoqda.
Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!
❕ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballarini belgilash, tabaqalashtirilgan kontrakt uchun arizalarni qabul qilish yoki ularni ko‘rib chiqish, tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorini belgilash va magistratura uchun qo‘shimcha qabul kabi ko‘plab masalalar Davlat test markazi vakolatiga kirmaydi.
☑️ Shuningdek, klinik ordinatura uchun yakuniy natijalarni hisoblash Davlat test markazi tomonidan emas, balki Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
🔖 Shu sababli mazkur masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga hamda oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.
👨🏻💻 Agar sizda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha aniq takliflar bo‘lsa, @dtmga_takliflar_bot telegram boti orqali yuborishingizni so‘raymiz.
📋 Albatta, yuborilgan takliflar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi va takliflar asosida test sinovi jarayonlari takomillashtiriladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️ Davlat test markazining rus va qoraqalpoq tillaridagi telegram kanallari ishga tushirildi
📌 Ma’lumki, O‘zbekistonda telegram messenjeri ma’lumot olish va yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun juda qulay bo‘lgan platformalardan biridir.
📆 Shu sababli 2019-yil iyun oyida Davlat test markazining rasmiy telegram kanali ishga tushirilib, Davlat test markazi faoliyati va test sinovlariga oid eng muhim yangilik va e’lonlarni berib berish yo‘lga qo‘yilgan edi.
👨🏻💻 Fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda, ularga qulaylik yaratish maqsadida Davlat test markazining rus va qoraqalpoq tillarida faoliyat olib boradigan telegram kanallari ishga tushirilganligini ma’lum qilamiz.
✅ Endilikda Davlat test markazi faoliyati va test sinovlariga oid eng muhim yangilik va e’lonlarni quyidagi telegram kanallar orqali o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida kuzatib borishingiz mumkin:
👉 O‘zbek tilida: @dtmuzb
👉 Rus tilida: @dtmuzbru
👉 Qoraqalpoq tilida: @dtmuzbqr
📋 Shuningdek, Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha aniq takliflar bo‘lsa, @dtmga_takliflar_bot telegram boti orqali yuborishingiz mumkin.

Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovlari o‘tkazildi
⏳ 2021-yil 12-oktabr kuni Andijon, 13-oktabr kuni Namangan shahrida navbatdagi “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
🖥 Test sinovlari Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda kompyuterda o‘tkazildi.
📆 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari 72 soat ichida shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.
✅ Keyingi test sinovi 20-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈

⚡️ Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonini yo‘lga qo‘ydi
🔰 Xalqaro imtihon tizimlarini respublikamizda joriy etish orqali yoshlarga O‘zbekistonning o‘zida xalqaro imtihonlarni topshirish va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida Davlat test markazi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
✅ Ana shunday hamkorliklardan biri test savollarini tuzish va test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri bo‘lgan AQShning Educational Testing Service (ETS) tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan.
📌 Unga ko‘ra, Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan TOEFL ITP imtihonlari xalqaro miqyosda tan olinadi hamda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.
🖥 TOEFL ITP test sinovlari Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan har oy Davlat test markazi binosida onlayn tarzda o‘tkaziladi.
⏳ Mazkur test sinovining o‘ziga xos jihati talabgor test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 25-oktabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, test sinovida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovi ro‘yxatga olish yakunlangach 10 kundan so‘ng Davlat test markazida o‘tkaziladi.
🔖 Test sinovi uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravarini (945 000 so‘m) tashkil qiladi.
❇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

TOEFL ITP nima?
📌 TOEFL ITP (Test of English as a Foreign Language) – 14 yoshdan boshlab ona tili ingliz tili bo‘lmagan o‘quvchi, abituriyent, talaba, magistrant va mutaxassislarning ingliz tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro test sinovi.
📚 TOEFL ITP testi talabgorlarning ingliz tilini bilish darajasini tez, qulay, hamyonbob, obyektiv va ishonchli baholash imkoniyatini beradi.
🖥 Test sinovning o‘ziga xos xususiyati test sinovi onalyn o‘tkaziladi va talabgor test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.
✅ TOEFL ITP test sinovida tilni bilish darajasi 3 ta ko‘nikma bo‘yicha baholanadi:
👉 Tinglab tushunish – umuta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlarida ishlatiladigan og‘zaki ingliz tilining tinglash qobiliyatini baholaydi.
👉 Tilning tuzilishi va yozilishi – ingliz yozuvidagi ba’zi tizimli va grammatik muammolarni aniqlash qobiliyatini baholaydi.
👉 O‘qish – haqiqiy akademik o‘qish materiallarini o‘qib tushunish qobiliyatini baholaydi.
⏳ Test sinovida jami 140 ta test topshirig‘i beriladi va ularni bajarish uchun 1 soat-u 55 daqiqa vaqt ajratiladi.
❇️ TOEFL ITP test sinovi tashkilotchisi Educational Testing Services (ETS) bo‘lib, test sinovi haqida to‘liq ma’lumot bilan ets.org/toefl_itp sayti orqali tanishish mumkin.

⚡️ Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi 25-oktabr kunidan boshlanadi
✅ Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan bir qator malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kurslar doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
📆 Ulardan biri “Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kursi bo‘lib, navbatdagi kurs 25-oktabr kunidan boshlanadi.
⏳ Unda tinglovchilarga ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
👨🏫 Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.
👨🏻💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 22-oktabr kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68.

“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Jizzax va Termiz shaharlarida ham o‘tkaziladi
📌 Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Jizzax va Termiz shaharlarida ham tashkil etiladi.
⏳ Bunda test sinovlari Jizzax shahrida 27-oktabr kuni, Termiz shahrida esa 11-noyabr kuni o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
📆 Ro‘yxatga olish Jizzax shahri uchun 25-oktabrga qadar, Termiz shahri uchun esa 8-noyabrga qadar davom etadi.
🖥 Shuningdek, 20-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan test sinovi uchun 18-oktabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
📌 Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Jizzax va Termiz shaharlarida ham tashkil etiladi.
⏳ Bunda test sinovlari Jizzax shahrida 27-oktabr kuni, Termiz shahrida esa 11-noyabr kuni o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
📆 Ro‘yxatga olish Jizzax shahri uchun 25-oktabrga qadar, Termiz shahri uchun esa 8-noyabrga qadar davom etadi.
🖥 Shuningdek, 20-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan test sinovi uchun 18-oktabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
⚡️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
✅ Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tillaridan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi yo‘lga qo‘yildi.
📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, dastlabki kurs 28-oktabr kunidan boshlanadi.
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
👨🏫 Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.
👨🏻💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 26-oktabr kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari
📥 Davlat test markaziga kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
✅ Bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
🖥 Kollej va texnikumlar uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazi tomonidan emas, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kollej.edu.uz va texnikum.edu.uz saytlari orqali amalga oshirildi.
📆 Test sinovlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning ma’lumotlari Davlat test markaziga taqdim etilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
📋 Bunda test materiallari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tayyorlanadi va test sinovlari Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan joylarda tashkil etiladi.

Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi
2021-yil 15-oktabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish uchun Toshkent shahri va hududlarda tashkil etildi.
Imtihon davomida talabgorlarning davlat tilini bilish darajasi, publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy matnni o‘qib tushunish, o‘zbek tilining yozma adabiy me’yorlaridan – imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olishi, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish hamda tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish, shuningdek, fikrlarini yozma bayon qilish, topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.
Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.