Bilimni baholash agentligi
114K subscribers
3.3K photos
532 videos
144 files
3.85K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
📆Andijon viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 30-noyabr kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi A.Hayitov tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Andijon viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida aholi vakillari, yoshlar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi.

❗️Shuningdek, sayyor qabul davomida murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida surdotarjimon ham jalb etildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2024-yil 1-dekabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 16,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 10 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat imtihonidan videolavhalar

🇺🇿 2024-yil 1-dekabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonidan videolavhalar.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2024-yil 2-dekabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 8-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️9-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

🔰 Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorining ikkinchi va uchinchi ilovalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar test sinovi topshirishi belgilangan.

📆 Shu maqsadda 2024-yil 3-dekabr kuni Bilimni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.

🎓 Test sinovida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan 241 nafar talabgorning 234 nafari ishtirok etdi.

Unda talabgorlarning chet tillari, axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi.

📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️MUNOSABAT

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yilning 2 – 3-noyabr kunlari Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi doirasida ona tili va adabiyot fanidan imtihon o‘tkazildi.

Milliy sertifikat imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 646-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan tartibga solinadi. Unga ko‘ra tegishli umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikat darajasiga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball yoki maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilgan.

Bilimni baholash agentligi tomonidan Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim tizimiga joriy etilgan davlat ta’lim standartlariga hamda ta’lim o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Xususan, ona tili fanidan lingvistik va nutqiy kompetensiyalarni, adabiyot fanidan badiiy asarni tahlil qilish hamda adabiy-nutqiy kompetensiyalarni baholashga yo‘naltirilgan test topshiriqlaridan foydalanilgan.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan ayrim test topshiriqlari hamda esse mavzularining imtihon savollari bilan muvofiqligi agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi. Tahlil jarayonida mazkur holat turli omillar ta’sirida yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumki, yozma savodxonlikni baholashda o‘lchov vositasi sifatida yozma ishning esse turidan foydalanilmoqda. Esse yozish texnologiyasi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va o‘zlashtirish talabi yaqin yillardan boshlab ta’lim dasturlarida belgilab ko‘rsatildi. Shu sababli dastlab milliy test tizimi doirasida ona tili va adabiyot fanidan o‘tkazilgan imtihon jarayonlarida yozma savodxonlikni baholashga yo‘naltirilgan test topshiriqlari sifatida o‘quv dasturlarida belgilab ko‘rsatilgan mavzularga mos vaziyatlarga oid esse yozish talabi belgilangan ("Gender tengligi” “Maktabni bitirgach qay yo‘ldan borgan ma’qul?”, “Oliy ta’lim olish yoki ishga kirish?” kabi mavzular doirasida) edi.

Quvonarlisi shundaki, so‘nggi yillarda talabgorlar orasida yozma savodxonlikni oshirishga bo‘lgan e’tibor ortgani bois esse yozish malakasi ham to‘laqonli shakllanib borayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Shu bois o‘tkazilayotgan imtihon jarayonlarida esse mavzulari sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etayotgan, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan, e’tiborga loyiq, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb va qiziqarli mavzular tanlanmoqda. Xususan, ta’lim sohasidagi muammolar, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyati, ayniqsa, joriy yilda bo‘lib o‘tgan “Parij-2024” yozgi olimpiada o‘yinlarida yurtdoshlarimizning qo‘lga kiritgan yutuqlari asnosidagi sport va ta’limga bo‘lgan e’tibor mavzularining keng jamoatchilik muhokamasida ekanligi sir emas. Esse uchun omma e’tiborida bo‘lgan mavzular tanlanishi bir qancha sabablar tufaylidir. Talabgor uchun notanish mavzu uning tilni bilishga oid bilimlarini aniqlashga xizmat qilmasligi mumkin. Esse yozish jarayonida talabgorning jamiyatshunoslik, tarix yoki boshqa fanlarga oid bilimlari emas, balki uning yozma savodxonligi tekshiriladi, matn yaratish, matnga xos mantiqiy-mazmuniy xususiyatlar, til birliklaridan matnda to‘g‘ri foydalana olish, imlo qoidalariga amal qilish, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olish, lug‘at boyligidan unumli foydalana olish kabi bilim, ko‘nikma va malakalar baholanadi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim ochiq va yopiq turdagi test topshiriqlari ham turli muhokamalarga sabab bo‘layotgani kuzatilmoqda. Tahlillar jarayonida mazkur test savollarining ayrimlari agentlik tomonidan hozirgi kunga qadar o‘tkazilgan imtihonlarda foydalanilgan test topshiriqlariga mos kelsa-da, ularning aksariyati Bilim va malakalarni baholash agentligi test bazasiga daxldor emasligi ma’lum bo‘ldi. Muhokamaga sabab bo‘layotgan ayrim test topshiriqlarining 2- va 3-noyabr kunlarida bo‘lib o‘tgan imtihon variantlaridagi test topshiriqlari bilan muvofiqligi bevosita Rash modeli ilmiy-nazariy tahlili talablari bilan bog‘liq. Unga ko‘ra bir o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan imtihonlarda foydalaniladigan test variantlarining qiyinlik darajasi mutanosibligini ta’minlash asosiy omil hisoblanadi. Qolaversa, test variantining qiyinlik darajasi talabgorlarning test topshiriqlariga bergan to‘g‘ri javoblari orqali belgilanadi. Ayni bir savolga berilgan to‘g‘ri javoblar soni ortib borishi bilan Rash modeli asosida mazkur test variantiga beriladigan ball kamayib boradi. Muqaddam o‘tkazilgan imtihonlardan so‘ng keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim test topshiriqlarining 2024-yil 2- va 3-noyabr kunlarida bo‘lib o‘tgan imtihon test variantlarida ham takrorlanganligini mazkur ilmiy-nazariy tahlil talabi sifatida izohlash mumkin.

Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fani bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari ilmiy-statistik tahlili bilan Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-sayti (uzbmb.uz)da tanishishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM