Bilimni baholash agentligi
114K subscribers
3.4K photos
558 videos
145 files
3.92K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e’lon qilindi

📣 Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy(ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tanlovda o‘tish balli yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar.jpg
205.5 KB
#qabul2024
⚡️Tanlovda o‘tish balli yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar

❗️2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarida bir qancha ta'lim yo‘nalishlari va oliy ta'lim muassasalarida o‘tish ballari baland bo‘lgan. Ularning yuqori beshtaligi bilan rasmda tanishish mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

📆 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

📌 Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

❗️ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi

📋 Bugun (22-avgust)dan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

👨🏻‍🎓 Bugun 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 154 nafari (25,7 %) jarayonda ishtirok etdi, 446 nafari esa ishtirok etmadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga kirish test sinovlari o‘tkazildi

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 23-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlarida jami 72 nafar talabgor ishtirok etdi.

❗️Test sinovi natijalari Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan e'lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning ikkinchi kuni yakunlandi

📋 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

👨🏻‍🎓 Bugun(23-avgust) 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 118 nafari (19,7 %) jarayonda ishtirok etdi, 482 nafari esa ishtirok etmadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nostrifikatsiya_test
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

2024-yil 23-avgust kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Test sinovi talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun respublikaning 12 ta hududida tashkil etildi va unda 247 nafar talabgor ishtirok etdi.

📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan (bugungi test natijalariga ko‘ra 48 nafar) talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Agentlikda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

❇️ 24-25-avgust
kunlari respublikamizning barcha hududlarida Mustaqillik bayrami arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

🪚 Hashar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda xayriya hashari tashkil etildi.

🚮 Unda Agentlik xodimlari faol ishtirok etib, binolar va ularning atrofini tozalash, daraxtlarni butash va oqlash hamda ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun (2024-yil 24-avgust kuni) 19:00 dan 22:00 ga qadar Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlarida profilaktika ishlari olib boriladi.

Shu sababli bugun soat 19:00 dan 22:00 ga qadar uzbmb.uz, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlarida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM