Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.3K photos
531 videos
143 files
3.84K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Bilimni baholash agentligi
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari…
Yig‘ilishda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi

O‘tgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar jamlandi.

Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari bilan birgalikda:

— maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;

— o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Joriy yilda Prezident maktablari ta’lim dasturi yana 1 mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi

Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.

Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyiha boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnolog kerak, degani.

Lekin, oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.

Bu borada “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini ham faollashtirish lozim. Xorijga ketgan talabalarning bor-yo‘g‘i 9 foizi muhandislik yoki texnologiyalar yo‘nalishida ekani qayd etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

2024-yil 5-fevral kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 7 ta hududida tashkil etildi.

📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Talabgorlar milliy sertifikat imtihonlari uchun my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi

📆 Ma’lumki, biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 2024-yil 5-10-fevral kunlari amalga oshirilishi e’lon qilingan edi.

🔰 2024-yil 10-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining 17-son qarori qabul qilinib, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilishi belgilandi.

⚙️ Hozirda Bilimni baholash agentligi va Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan mazkur xizmatni my.gov.uz saytida ishga tushirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

📣 Shu sababli biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish mazkur xizmat my.gov.uz saytida ishga tushirilganidan so‘ng boshlanishini ma’lum qilamiz.

Bunda mazkur xizmat my.gov.uz saytida joriy etilganidan keyin ro‘yxatdan o‘tish muddatlari va imtihon sanasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlik kengaytirilmoqda


🇬🇧 Hozirda Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Buyuk Britaniyada joylashgan Cambridge Assessment tashkilotida bo‘lib turibdi.

🖥 Uchrashuvning dastlabki kunida har ikki tomon taqdimot qilib, o‘z faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.

So‘ngra baholash sohasiga sun’iy intellektni joriy etish, test sinovlarini onlayn shaklda o‘tkazish, test topshiriqlarini shakllantirish, ekspertlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi hamda Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan ingliz tilini bilish darajasini baholash imtihonlarini Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

🤝 Kun yakunida Bilimni baholash agentligi va Cambridge Assessment tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro hamkorlik: Oxford University Press

🇬🇧 Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi 6-fevral kuni Cambridge Assessment tashkilotiga tashrifini yakunlab, 7-fevral kuni “Oxford University Press” tashkilotiga tashrif buyurdi.

🔐 Tashrif davomida “Oxford University Press” tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan test sinovlari, test topshiriqlarining validligi va ishonchliligi borasida amalga oshirilgan ishlar hamda xavfsizlik masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, Bilimni baholash agentligi va “Oxford University Press” tashkiloti tomonidan baholash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha fikr almashildi.

🤝 Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda kompyuter adaptiv testlarini shakllantirish borasida Memorandum va shartnoma imzolashga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: “Oxford University Press” tashkilotining Oksford ingliz tili testi to‘rtta ko‘nikmani baholashga qaratilgan kompyuter adaptiv test hisoblanib, dunyo bo‘yicha 600 dan ortiq ta’lim tashkilotida tan olinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 21-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro hamkorlik: Educational Testing Service Global

🏢 Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi 2024-yil 9-fevral kuni Fransiyada joylashgan Educational Testing Service Global tashkilotiga tashrif buyurdi.

💬 O‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va tajriba almashish maqsadida amalga oshirilgan tashrif davomida TOEFL testlarini shakllantirish va test sinovlarini o‘tkazishda xavfsizlik mezonlari muhokama qilindi.

Shuningdek, test topshiriqlarini shakllantirish, baholash va imtihonlarni tashkil etishda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

✍️ Kun yakunida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda TOEFL iBT va GRE testlarini Bilimni baholash agentligi tomonidan O‘zbekistonda tashkil etish borasida Memorandum imzolandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul

📱 2024-2025-o‘quv yili uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga (bakalavriat) talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda 2024-yil 1-martga qadar davom etadi.

“Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹 dastlabki tanlov;
🔹 maxsus psixologik tanlov;
🔹 yozma imtihon (diktant);
🔹 test sinovlari.

🌐 Kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar Akademiyaning rasmiy veb-sayti va telegram kanalida berib borilmoqda.

📞 Qabul bilan bog‘liq savollarga 71 202-04-96 (ichki 1727) telefon raqami orqali javob olish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 1-choragida bo‘lib o‘tadigan chet tili fanlaridan mock imtihonlari

📍 Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

‼️ Natijangiz siz ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga sms xabar orqali yuboriladi.

🟢 Bu test sinovi talabgorga quyidagi bilimlarni beradi:
1. Bilimini baholashda yordam beradi
2. Imtihon formati bilan tanishtiradi
3. Vaqtni boshqarishni o‘rgatadi
4. Test topshiruvchining chet tilini bilish darajasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashiga yordam beradi
5. His-hayajonni bartaraf etadi
6. Ishonchni oshiradi
7. Tajribani o‘rgatadi
8. Imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlaydi

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🔹 (95) 507-70-72

lmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈