Bilimni baholash agentligi
113K subscribers
3.41K photos
558 videos
145 files
3.92K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#MatbuotAnjumani #Live

Umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi tartibi bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali va AOKAning “facebook”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Milliy sertifikat imtihonlarida test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi

🔰 Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida“ 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

📱 Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertiikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

🌐 Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.

👨🏻‍🦽 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

▶️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
#Video_chat #Live
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha video chat boshlandi

🎙
Video chatda Bilimni baholash agentligining mutaxassislari va turk tilidan ekspertlar ishtirok etmoqda.

Unda chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari va baholash mezonlari bo‘yicha savollarga javob beriladi.

▶️ Video chatga turk tilidan mustaqil ekspertlar taklif etilgan bo‘lib, yozma ishlardan namunalar ham ko‘rsatiladi.

🙋‍♂️ Video chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

🔗 Video chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/BaholashUz?livestream

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream finished (1 hour)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video_chat #Chet_tili

2024-yil 17-yanvar kuni o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha video chatning to‘liq videosi

👨🏻‍🏫 Video chatda Bilimni baholash agentligi xodimlari bilan birga turk tilidan mustaqil ekspertlar ham ishtirok etdi.

Unda turk tilidan imtihonda ishtirok etgan talabgorlarning ishlaridan namunalar ko‘rsatilib, tahlil qilib berildi va mavzuga oid savollarga javob berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ 2024-yilning 1-choragida bo‘lib o‘tadigan chet tili fanlaridan mock imtihonlari

📍 Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

‼️ Natijangiz siz ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga sms xabar orqali yuboriladi.

🟢 Bu test sinovi talabgorga quyidagi bilimlarni beradi:
1. Bilimini baholashda yordam beradi
2. Imtihon formati bilan tanishtiradi
3. Vaqtni boshqarishni o‘rgatadi
4. Test topshiruvchining chet tilini bilish darajasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashiga yordam beradi
5. His-hayajonni bartaraf etadi
6. Ishonchni oshiradi
7. Tajribani o‘rgatadi
8. Imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlaydi

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🔹 (95) 507-70-72

lmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Chet tili imtihonida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ertaga 21-yanvar kuni barcha hududlarda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma qismi bo‘lib o‘tadi.

📆 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 23-yanvardan 1-fevralga qadar grafik asosida tashkil etiladi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 21-yanvar kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨🏻‍🎓 Unda jami 7 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi va 7 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 23-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi

2024-yil 22-yanvar kuni barcha hududlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi.

📌 Test sinovlari muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash maqsadida tashkil etilmoqda.

📚 Buning uchun talabgorlarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshiriqlari berilmoqda.

📆 Test sinovlar 22-yanvardan 23-fevralga qadar har bir harbiy qismda o‘tkaziladi va unda 24 mingdan ziyod harbiy xizmatchining bilimi sinovdan o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Video_chat
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha video chat

📆
2024-yil 26-yanvar (juma) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da video chat o‘tkaziladi.

Video chat chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari, jumladan, turk tilini bilsh darajasini baholash imtihonlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligining mutaxassislari va turk tilidan ekspertlar ishtirok etadi hamda ayrim talabgorlarning ishlari tahlil qilib beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 28-yanvar (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started