Bilimni baholash agentligi
110K subscribers
3.43K photos
561 videos
145 files
3.94K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Qabul2023 #Statistika
📊 Hududlar kesimida joriy yil bitiruvchilarining talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan 193 421 nafar abituriyentning 111 256 nafari joriy yil bitiruvchilari hisoblanadi.

🗺 Joriy yil bitiruvchilari orasida eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

🔹 Samarqand viloyati — 11 669 nafar;
🔹 Farg‘ona viloyati — 11 619 nafar;
🔹 Qashqadaryo viloyati — 10 858 nafar;
🔹 Buxoro viloyati — 9 288 nafar;
🔹 Toshkent viloyati — 8 359 nafar.

📍 Foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

🔸 Navoiy viloyati — 43,58 %;
🔸 Buxoro viloyati — 40,24 %;
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 36,71 %;
🔸 Xorazm viloyati — 32,32 %;
🔸 Farg‘ona viloyati — 29,29 %.

📈 Talabalikka tavsiya etilgan joriy yil bitiruvchilarining test sinovida to‘plagan o‘rtacha bali 108,3 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

🔹 Buxoro viloyati — 115,4 ball;
🔹 Toshkent shahri — 114,4 ball;
🔹 Farg‘ona viloyati — 113,2 ball;
🔹 Namangan viloyati — 109,7 ball;
🔹 Navoiy viloyati — 109,5 ball.

⬆️ To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ertaga kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi

2023-yil 10-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

🖥 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 10-sentabr — professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

👨🏻‍💻 Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

👨🏻‍💻 Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Ro‘yxatdan o'tishlari va to'lovni amalga oshirishi my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 24-sentabr soat 10:00 ga qadar davom etadi.

🖥 Imtihon 26-sentabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Mo'ljal:Bodomzor metro bekati) kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi va natijalar o'sha kuni ma'lum bo'ladi.

📌 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)

👩‍🏫 TOEFL ITP sertifikati xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

🔹 TOEFL ITPma’lumot | qo‘llanma;

☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68, (95) 507-70-72
-
t.iss.one/dtmtoefl
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 25-30-sentabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-sentabr kuniga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (BHM ning bir yarim baravari 495 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68, (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 12-13-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari Bilimni baholash agentligi binosida har kuni 2 smenada tashkil etilib, unda ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanidan 50 ta, ingliz tili fanidan 30 ta, jami 80 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 40 daqiqa vaqt berildi.

📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Bank-moliya akademiyasiga taqdim etiladi va talabgorlar o‘z natijasini Akademiyaning rasmiy saytidan bilishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida:

🔸 respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga – davlat granti asosida 3 000 ta;

🔸 viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda:

🔹 davlat granti asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 68,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan;

🔹 bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkazilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha…»
#Qabul2023 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi va unda apellatsiya arizasi bergan jami 6 052 nafar talabgordan 866 nafari (14,3 %) ishtirok etdi. Ularning:

👉 790 nafari (5 482 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

👉 76 nafari (570 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ingliz tilidan milliy sertifikat Turkiyaning Kipr Fanlar Universitetida tan olinadi

🇬🇧 Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari doimiy ravishda rivojlantirib borilmoqda.

🤝 Buning uchun test formatini yanada takomillashtirish va xalqaro talablar doirasida shakllantirish yuzasidan bir qancha xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinmoqda.

Shuningdek, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikatni xorijiy universitetlar tomonidan tan olinishi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Natijada Turkiyaning Kipr Fanlar Universiteti (Kibris Ilim Üniversitesi –Cyprus Science University) tomonidan agentlikning ingliz tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikati rasman tan olindi.

👨🏻‍🎓 Endilikda Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyentlar Kipr Fanlar Universitetida tahsil olishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

❗️ Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

📆 2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2023-yilning 2-yarmida o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot, fizika, matematika, tarix va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 26-sentabr kuni barcha hududlarda professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari boshlandi.

26-sentabr kuni 61 ta binoda ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida jami 23 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.

💻 26-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Kollej #Texnikum

⚡️ Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 27-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 27-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Ma’lumot uchun: 27-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 27 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum

⚡️ Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 28-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 28-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Ma’lumot uchun: 28-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 22,5 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Kollej #Texnikum

⚡️ To‘rtinchi kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 29-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 29-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Ma’lumot uchun: 29-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 13 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube