Bilimni baholash agentligi
110K subscribers
3.43K photos
561 videos
145 files
3.94K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Qabul2023 #Abituriyent2023

⚡️ Qabul-2023: abituriyentlarni qiziqtirgan eng muhim savollarga javoblar

📆
Bugun “Yoshlar” telekanalida har hafta jonli efirga uzatilayotgan “Abituriyent-2023“ loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tadi.

📋 Mavzu: Qabul-2023: abituriyentlarni qiziqtirgan eng muhim savollarga javoblar.

📲 Abituriyentlar qabul jarayonlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarini @abituriyent2023bot telegram bot manziliga yuborishlari mumkin.

Savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi.

📺 20-iyul soat 15:20 da — “Yoshlar” telekanalida — jonli efirda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tilidan ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!

📆 Ertaga, 21-iyul kuni barcha hududlarda chet tilidan ijodiy imtihonning yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi boshlanadi.

Imtihonning yozma qismi 21-22-23-iyul kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi. Bunda:

1️⃣-smena — 08:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:00) da;
2️⃣-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 14:00) da boshlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan binoga imtihon boshlanishidan 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

❗️ Imtihonga kechikkan yoki kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ 2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 4️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 20-iyul (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 21-iyul (ertaga) soat 23:59

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Statistika

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 20-iyul 20:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 986 509 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 862 173 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 92 953 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 29 101 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 2 282 nafar;

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 566 432 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 24 106 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 388 254 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 7 717 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 35 733 nafar;
👉 Toshkent davlat transport universiteti — 29 377 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 29 261 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 017 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti — 27 463 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 116 132 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati — 110 556 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 92 462 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 86 492 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 81 709 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ 2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 3️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 20-iyul soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 21-iyul soat 23:59

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 20-iyul soat 21:00 holatiga OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 992 322 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ 2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 2️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 20-iyul soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 21-iyul soat 23:59

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ nafardan oshdi

2023-yil 20-iyul soat 22:00 holatiga OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 1 000 594 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ 2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 1️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 20-iyul soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 21-iyul soat 23:59

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 20-iyul soat 23:00 holatiga OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 1 009 041 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Statistika

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha)

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

👨🏻‍🎓 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 890 304 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 95 456 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 2 330 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
👉 Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ Chet tilidan ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga! 📆 Ertaga, 21-iyul kuni barcha hududlarda chet tilidan ijodiy imtihonning yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi boshlanadi. Imtihonning yozma qismi 21-22-23-iyul kunlari…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

❗️ Bugun test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni!

📌 Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

To‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bugun (21-iyul) soat 23:59 ga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Akademik litseylarga kirish test sinovlari

📆
2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari ertaga (24-iyul kuni) ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Bunda:

1️⃣-smena — 09:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:30) da;
2️⃣-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 13:30) da boshlanadi.

📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.

📺📺 Test sinovi test2023.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib boriladi va keng jamoatchilik jarayonlarni onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihonlar o‘tkazildi

📆 2023-yil 17-23-iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihon o‘tkazildi.

📍 Imtihonlar abituriyentlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) da tashkil etildi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

🔹 17-20-iyul kunlari — suhbat qismi;
🔹 21-23-iyul kunlari — yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

📚 Imtihonlar 12 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab, fors va uyg‘ur tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

📆 Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube