Bilimni baholash agentligi
110K subscribers
3.43K photos
561 videos
145 files
3.94K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Ovozli_chat
Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chat

📆
2023-yil 9-iyun kuni (bugun) 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da navbatdagi ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etadi hamda talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ma’lum sabablarga koʻra ovozli chat bir ozdan soʻng boshlanadi.

Noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!
Live stream scheduled for
Ovozli chat 15:30 da boshlanadi
Bilimni baholash agentligi pinned «Ovozli chat 15:30 da boshlanadi»
Live stream started
#Ovozli_chat #Live
Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi

Unda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/BaholashUz?livestream

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream finished (1 hour)
OTMlarga qabul
Bilimni baholash agentligi
2023-yil 9-iyun kuni oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boʻyicha oʻtkazilgan ovozli chatning toʻliq audiosi

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 10-11-iyun kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yozma qismining birinchi yarmi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

❗️ Ming afsuski, ayrim talabgorlar test sinoviga o‘z bilimiga ishongan holda emas, balki turli qing‘ir yo‘llarni o‘ylagan holda kelmoqdalar.

Jumladan, 10-11-iyun kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida 42 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Ma’lumot uchun: yozma imtihonning ikkinchi yarmi 17-18-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa bugundan boshlandi va 1-iyulga qadar davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 14-may kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Harbiy tavsiyanoma 5 ta oliy ta’lim muassasasiga ham o‘tadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

🔰 Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) o‘qishga kirish uchun alohida qabul parametrlari ajratiladi.

📌 Alohida qabul parametrlari umumiy qabul parametrlarining besh foizi miqdorida ajratilib, oliy ta’lim muassasalari kesimida (har bir ta’lim shakli bo‘yicha) taqsimlanadi.

Tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 2-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/7F4ELBrokXo

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imtiyozlar bor?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida qabul kvotalari ajratiladi.

📌 Ushbu kvotalar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimida taqsimlanadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar mazkur kvotalar doirasida tanlovda ishtirok etadi.

❇️ Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovdan ozod etiladi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 2-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/7F4ELBrokXo

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Davlat ta’minotidagi shaxslarga va boquvchisini yo‘qotganlarga qanday imityozlar bor?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

🔰 “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga OTMlarga kirish uchun bir foizgacha qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi.

📌 Qo‘shimcha kvotalar OTMlar va ta’lim shakllari kesimida taqsimlanadi. Ular mazkur kvotalar doirasida tanlovda ishtirok etadi.

❇️ Shuningdek, to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar test sinovlari uchun to‘lovdan ozod etiladi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 2-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/7F4ELBrokXo

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ona tili va adabiyot fanidan 3 877 nafar talabgor sertifikatga ega bo‘ldi

📣 2023-yil 14-may kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari 12-iyun kuni e’lon qilindi.

📋 Test natijalariga ko‘ra 3 877 nafar talabgor maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan holda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Ularning 191 nafari maksimal ballning kamida 86 foizini (86 va undan yuqori ball) to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bunda:

👉 O‘zbek tili va adabiyot — 3 550 nafar (sertifikat)154 nafar (86 va undan yuqori).

👉 Rus tili va adabiyot — 175 nafar (sertifikat)35 nafar (86 va undan yuqori).

👉 Qoraqalpoq tili va adabiyot — 152 nafar (sertifikat)2 nafar (86 va undan yuqori).

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Sport vazirligi
Tegishli sport razryadlari “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etishadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-sonli qaroriga muvofiq 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega boʻlgan, “Sport turining alohida yoʻnalishlari” magistratura mutaxassisligiga esa kamida “Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod” yoki “Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod” sport razryadiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul qilinishi belgilangan edi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/2293

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube