Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.3K photos
531 videos
143 files
3.84K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Guruh nazoratchiligiga nomzodlarni saralashning 3-bosqichi yakunlandi

2023-yil 27-apreldan 5-mayga qadar Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etishga nomzodlar uchun suhbat imtihon o‘tkazildi.

🗓 Suhbat imtihoni guruh nazoratchiligiga nomzodlarni saralashning so‘nggi bosqichi bo‘lib, barcha hududlarda belgilangan grafik asosida tashkil etildi.

👨🏻‍🎓 Unda saralashning oldingi bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

📌 Suhbat imtihoni natijasiga ko‘ra 4 ming nafarga yaqin talabgor test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etishga tavsiya etildi va ular bilan shartnoma imzolandi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2023-yil 8-9-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

👨🏻‍💻 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali elektron tarzda o‘tkazilib, unda 13,4 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 14 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

🖥 Test natijalari 12-may kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 6-7-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda jami 21,7 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 52 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 11-31-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (7-iyun kuni) e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ 2023-2024-o‘quv yili uchun javoblar varaqasi namunasi va baholash mezoni tasdiqlandi

📌 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi namunasi va baholash mezoni tasdiqlandi.

Qayd etish kerakki, tasdiqlangan baholash mezoni (test topshiriqlari soni) va javoblar varaqasi namunasi 2022-2023-o‘quv yilidagi bilan bir xil bo‘lib, baholash mezoniga ham, javoblar varaqasiga ham o‘zgartirish kiritilmagan.

📋 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi namunasi yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​⚡️ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni

2023-2024-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida abituriyentlarga beriladigan test topshiriqlari soni va baholash mezoni:

▶️ Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:

🔹
har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 33 ball.

1️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:

🔸 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔸 har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
🔸 maksimal ball — 93 ball.

2️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:

🔹 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 63 ball.

📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

🔗 Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆
2023-yil 14-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️⚡️⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha alohida telegram kanal va bot ishga tushirildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) jarayonlari bo‘yicha ma’lumot berib borish maqsadida alohida telegram kanal ishga tushirildi.

📣 Unda xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) tartibi va o‘tkaziladigan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.

▶️ Telegram kanal manzili: @NostrifikatsiyaBBA

🖥 Shuningdek, nostrifikatsiya xizmati bilan bog‘liq murojaatlarni qabul qilish maqsadida @NostrifikatsiyaBBA_bot telegram boti ham ishga tushirildi.

📤 Fuqarolar mazkur bot orqali xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha o‘z savollarini yuborishi va javob olishi mumkin.

📩 Botga kelib tushgan savollarga Bilimni baholash agentligining Oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash va apostil qo‘yish bo‘limi xodimlari tomonidan javob beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda

👩‍🏫 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan bir qator malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

📚 Malaka oshirish kurslari asosan pedagogik o‘lchovlarga oid eng asosiy tushunchalarni berishga qaratilgan bo‘lib, test topshiriqlarini shakllantirish va to‘g‘ri baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan ma’lumotlar beriladi.

Ushbu video orqali tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslari va Ilmiy-o‘quv amaliy markazining faoliyati bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube